Mavzu: Usmoniylar davlatining tashkil topishi va taraqqiyoti Bajardi: Ilmiy rahbar


II. Bob. XVI-asr oxiri XVII-asrning ikkinchi yarmida Usmonlilar davlatining ichki va tashqi ahvoli


Download 1.18 Mb.
bet6/9
Sana07.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1081222
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Usmoniylar davlatining tashkil topishi va taraqqiyoti

II. Bob. XVI-asr oxiri XVII-asrning ikkinchi yarmida Usmonlilar davlatining ichki va tashqi ahvoli
2.1. Usmoniylar imperiyasining davlat tuzumi va Salim I hukmronligi
XVI asr birinchi yarmida usmoniy xukmdorlar Evropa, Osiyo va Afrikada yangi xududlarni bosib olib, o’z erlarini ancha kengaytirdilar. XVI asr birinchi yarmida usmoniy hukmdorlar Yevropa, Osiyo va Afrikada yangi hududlarni bosib olib, o’z yerlarini ancha kengaytirdilar. XVI asr boshida Turkiyaning8 Sharqiy chegarasida Safaviylar xokimiyati (1502 –1736 yillarda Eronda turkiy qavmdan bo’lgan Safaviylar sulolasi boshqargan davlat. Ular shialarning o’ram sallasini o’rab yurganligi uchun qizilboshlar deb xam atashgan) kuchaydi. 1510 yilga kelib Ismoilshox I (1502 –1524) ilgari Oqquyunli davlati tarkibiga kirgan deyarli barcha erlarni qo’lga kiritdi. Islom dinining shialik oqimini davlat diniga aylantirgan Safaviylar davlatining kuchayishi, nafaqat Usmoniylarning Sharqdagi ekspansiyasini cheklab qo’ydi, balki uning ichki xotirjamligiga xam putur yetkazdi. 1514-yili Manu shaxri yaqinidagi Chaldiron tekisligida bo’lib o’tgan jangda Usmoniylar qo’shini qizilboshlilarga qattiq zarba berdi. Usmoniylar Safaviylarning poytaxti Tabrizni egalladi, lekin Eronda mustaxkamlanib ololmasdan Onado’liga chekinishdi. Tabrizni tashlab chiqayotib usmoniylar 700 dan ziyod xunarmandlar oilasini o’zlari bilan olib ketishdi va Istambulga joylashtirdi. 1515-yili imzolangan sulxga ko’ra Armanistonning bir qancha tumanlari Erzurum shaxri va Iroqning shimoliy qismi Mosul shaxri bilan birga Turkiyaga tasarrufi o’tdi. Eron urushi tugagandan so’ng usmoniylar arab erlariga yurish boshladi. Bu paytda Suriya va Misr mamluklar qo’l ostida birlashtirilgan bo’lib, bu davlatga Ismoilshoxning ittifoqchisi Sulton Kansux al-Guri boshchilik qilardi. 1516 yil yozida Usmoniylar armiyasi Sulton Salim I (1512 –1520) qo’mondonligida Shimoliy Suriyaga bostirib kirdi. Xalab yaqinidagi birinchi jangdayoq (1516-yil 24 avgust) turklar to’liq g’alabani qo’lga kiritdilar. Jangda turk artilleriyasi qo’shinning ustunligini ta’minladi. Mamluklar sultoni Kansux al-Guri xalok bo’ldi. Misrda esa mamluklar ancha qattiq, ammo muvaffaqiyatsiz qarshilik ko’rsatdilar. 1517-yil boshlarida Salim I armiyasi Qoxiraga kirdi. Mamluklar qo’shinlari Yuqori Misrga chekinishdi. Lekin tez orada ular xam tor-mor qilindi. Ularning yo’lboshchisi Tumanbey Qoxirada osib o’ldirildi. Shundan so’ng musulmonlarning muqaddas yurti xisoblangan Xijoz (G’arbiy Arabiston) bosib olindi. Tez orada Salim I Ka’baning kalitini xam qo’lga kiritdi. Suriya va Misr ustidan Turkiya xukmronligi o’rnatilganidan keyin xam bu mamlakatlardagi feodal tartib va feodal munosabatlarda xech qanday o’zgarishlar bo’lmadi. Urush paytida mamluklarni quvvatlagan Suriya va Livan feodallari er-mulklarining bir qismidan ajraldilar, ammo Salim I tomoniga o’tgan feodallar esa, aksincha mamluklardan tortib olingan yerlar xisobiga er-mulklarini kengaytirib oldilar. Faqat Xalab okrugidagina turklar xarbiy tizim joriy qilib, erlarni turk sipoxlariga taqsimlab berdilar. Xalab viloyati Suriya xalqining qo’zg’olonlarini bostirish uchun xarbiy istexkomga aylantirildi. Sulaymon I (1520 –1566) davrida Usmoniylar imperiyasi o’z xarbiy yutuqlarining eng cho’qqisiga ko’tarildi. Misr egallab olinganidan so’ng Usmoniy sultonlarning xokimiyati butun Shimoliy Afrika qirg’oqlaridan to Marokkogacha bo’lgan xududlarda o’rnatildi. 1522-yili turk floti Rodosni egalladi, bu esa usmoniylarga Sharqiy O’rta Er dengizida ustunlikka erishish imkonini berdi. Oradan 30 yil o’tgach, turklar xatto Maltani egallashga xarakat qilib ko’rishdi, biroq bu ekspeditsiya muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Evropada esa Sulaymon I Gabsburglar imperiyasi bilan qattiq kurash olib bordi. Belgradning bosib olinishi va Moxich yaqinida venger-chex qo’shinining tor-mor keltirilishi (1526) turklarga Venetsiyani bosib olish uchun yo’l ochib berdi. 1520 yili usmoniylar Venani egallashga xarakat qilib ko’rdi. Biroq xarakat muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 1547 yilgi shartnomaga ko’ra, Vengriya xududlari Turkiya va Avstriya o’rtasida bo’lib olindi. Transilvaniya Turkiyaning vassaliga aylandi, oldinroq bosib olingan Moldaviya va Valaxiyaning ichki avtonomiyasi sezilarli darajada qisqartirildi.
Janubda esa usmoniylarning qo’shinlari Qizil dengizning butun qirg’oqbo’yi erlarini va Janubiy Arabistonni bosib oldi. 1537-yil turklar yirik flot tuzib, Qizil dengiz orqali savdoga katta ziyon etkazayotgan portugallarni Xind okeanidan quvishga xarakat qilishdi, biroq bu ekspeditsiya muvaffaqiyat keltirmadi. Sharqda esa, turklar qator janglardan so’ng, 1555-yili Eron shoxi Taxmaspni tinchlik shartnomasini imzolashga majbur qildi. Unga ko’ra, butun G’arbiy Armaniston (Van ko’li xavzasi), G’arbiy Gruziya va Iroq (Bag’dod bilan birga) Turkiyaga o’tdi. Sulaymon Qonunchi (evropaliklar uni Sulaymon Аjoyib deb atashadi) oʼzining 46 yillik hukmronligi davrida 13 marotaba harbiy yurishlarda ishtirok etdi, shulardan 10 tasi Yevropada olib borildi. Venaning qamal qilinishi, Hindiston qirgʼoqlariga ekspeditsiya, Maltani bosib olishga urinish – bular hammasi usmoniylarning bosqinchilik rejalari katta boʼlganligidan dalolat beradi. XVI asr birinchi yarmida turk armiyasi uyushtirgan yirik bosqinchilik yurishlari, uning katta harbiy kuchga ega boʼlganligini tasdiqlaydi. Maʼlumotlarga koʼra, Usmoniylar imperiyasining aholisi 25 –30 mln kishini tashkil etgan. Bu paytga kelib turk sultonlari sharqdan gʼarbgacha 7 ming km, shimoldan janubgacha 5 ming km va hammasi boʼlib, taxminan 8 mln km2 yerni egallab turishar edi. (Turk manbalarida Qonunchi Sulton Sulaymon I vafot etgan 1566-yili Usmoniylar imperiyasining hududi 14 mln 893 ming km2 ni tashkil etardi. Shundan 2 mln km2 ga yaqini Yevropada, 4,5 mln km2 ga yaqini Osiyoda va qolgan qismi Аfrikada joylashgan). XVI-asr ikkinchi yarmida Usmoniylar davlati imperiyaga aylandi (shungacha Usmoniylar sultonligi deb atalgan boʼlsa, endi Usmoniylar imperatorligi deb yuritila boshlandi), uning hukmdorlari esa harbiy kuchga tayangan holda cheklanmagan hokimiyatga ega boʼldilar. Markaziy hokimiyatning va sultonning taʼsiri sezilarli darajada oʼsdi. Islom qonunshunoslari tomonidan «Xudoning yerdagi soyasi» deb eʼlon qilingan sulton cheklanmagan huquqlarga ega boʼldi. Uning shaxsi muqaddas va dahlsiz hisoblanardi. Imperiyada sultondan keyingi asosiy shaxs buyuk vazir boʼlib, u siyosiy-maʼmuriy va harbiy masalalar bilan shugʼullanardi, boshqa hamma vazirlar, davlat arboblari, viloyat hokimlari esa unga boʼysunardi. Аsosiy masalalar davlat kengashi – devonda muhokama qilinardi. Dastlabki sultonlar devonning hamma yigʼilishlarida ishtirok etishar, lekin XV asr oxirlaridan boshlab kamroq qatnashadigan, keyinroq esa umuman qatnashmaydigan boʼlishdi. Devonning asosiy tarkibi buyuk vazir, asosiy davlat arboblari, moliya boshqarmasi boshligʼi, vazirlar, qonun ishlab chiqaruvchilar va tashqi aloqalar boʼyicha masʼul kishilar, shuningdek, davlatning oliy ruhoniysi – poytaxt muftiysi yoki Shayx-ul-islomdan iborat boʼlgan.
XVI asr oʼrtalarida Usmoniylar imperiyasi 21 ta viloyatga boʼlingan edi. Ularning har biriga viloyatdagi harbiy va maʼmuriy hokimiyatni toʼliq qoʼlida tutib turuvchi beklarbegi boshchilik qilardi. Har bir beklarbegi oʼz saroyi, devonxona va devoniga ega edi. Viloyatlar sanjaklarga boʼlingan boʼlib, ularga sanjakbeylar boshchilik qilardi. Sulaymon I hukmronligi davrida 250 ta sanjak bor edi. Usmoniy hukmdorlar butun diqqat-eʼtiborlarini jangovar armiya tuzishga va bosib olingan hududlarda harbiy tartib-qoidani joriy qilishga qaratdilar. Usmoniylarning harbiy kuchlari quruqlikdagi qoʼshinlar va flotdan iborat edi. Turk floti XV-asr oxiridan boshlab, yaʼni, sulton hukumati imperiyaning port shaharlarida dengiz va daryo kemalarini doimiy qura boshlagandan keyingina juda tez oʼsa boshladi. XVI asrning birinchi yarmida turk floti ispan, portugal va Venetsiya eskadralari ustidan gʼalaba qozonib, Oʼrta Yer dengizida hukmronga aylandi. Bir qator hollarda, masalan, Malьtani qamal qilishda 300 tagacha harbiy kemalar ishtirok etgan. Usmoniylar imperiyasining quruqlikdagi armiyasi ham juda kuchli edi. Bu armiya «Saroy qullari» deb ataluvchi markaziy qoʼshin va viloyatlardagi koʼngillilar qismlaridan iborat edi. Markaziy qoʼshinda butunlay davlat tomonidan taʼminlanadigan yanicharlar korpusiga alohida eʼtibor qaratilar edi. Bundan tashqari, qoʼshinda artilleriya qismlari ham alohida ahamiyatga ega boʼlib, turk sultonlari uning holati yaxshi boʼlishi uchun koʼproq qaygʼurar edilar. Sulaymon armiyasida 300 dan ortiq turli hajmdagi toʼplar bor edi. Yanicharlarning piyodalar korpusidan tashqari sultonning otliq gvardiyasi ham mavjud boʼlib, u yurishlar paytida sulton va buyuk vazirni qoʼriqlar, janglarda yanicharlarga yordam berar edi. Turk sultonlarining markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun qilgan harakati qoʼshin sonining oshib borishida ham oʼz aksini topdi. XV asr oʼrtalarida yanicharlar korpusi hammasi boʼlib 3 –5 ming kishidan iborat boʼlgan boʼlsa, Sulaymon davriga kelib 12 ming kishini tashkil etdi. Umuman muntazam armiyada shu davrda 50 ming kishi xizmat qilardi. Usmoniylar armiyasining asosiy qismini viloyatlardagi koʼngillilar tashkil qilardi. Аyrim maʼlumotlarga koʼra, sipohiylar armiyasi XVI asr oʼrtalarida 130 mingdan 200 ming kishigacha boʼlgan.9
Bu davrga kelib imperiyaning ichki ahvoli ancha yomonlashdi. Hatto XVII asr 40-yillarida ham xazinaga kelib tushayotgan soliq yigʼimlarining miqdori XVI asr 90-yillaridagi miqdorni, yaʼni, 360 mln aqchani tashkil etardi. Shaharlar va shahar hunarmandchiligi taraqqiyoti ham sekinlashdi. Harbiy mulk tizimining buzilishi va yerga xususiy mulkchilikning shakllanishi maʼlum darajada qishloq xoʼjalik mahsulotlari ishlab chiqarishning koʼpayishiga olib kelgan, biroq bu jarayon boshqa oqibatlarga – dehqonlarning xonavayron boʼlishi va ular xarid quvvatining pasayishiga ham olib keldi.
Usmoniylar imperiyasi iqtisodiyotidagi oʼzgarishlar uning butun ijtimoiy-siyosiy hayotida siljishlarni keltirib chiqardi. Uning taʼsiri asosan armiyada kuchli boʼldi. Muntazam qoʼshinlar sonining oshishi davlat byudjetiga ogʼir taʼsir qildi. Аrmiya xarajatlarining oshib ketishi byudjet tanqisligiga va xazinaning boʼshab qolishiga olib keldi. Natijada, juda koʼp marotaba yanicharlarning qurolli qoʼzgʼolonlari boʼlib oʼtdi. Bu holatdan bir-biriga qarama-qarshi boʼlgan feodal guruhlar ustalik bilan foydalandi. Faqat 1617–1623 yillarning oʼzida yanicharlarning isyonlari natijasida toʼrt marotaba sultonlar almashdi. XVI asr oxirlarida imperiyaning turli viloyatlarida ayirmachilarning chiqishlari kuchaydi. Markaziy hokimiyatning zaiflashuvidan foydalanib yirik feodallar mustaqil hukmdorlarga aylanib ola boshladilar. Odatda, sulton hokimiyati faqat viloyatlardan keladigan soliq tushumlaridangina manfaatdor boʼlganligi uchun, ularning ichki boshqaruviga aralashmas edi.
XVII asr birinchi yarmida Usmoniylar olib borgan urushlar natijasi uning harbiy quvvati zaiflashganligini koʼrsatdi. Аrmiyaga yirik mablagʼlar ajratilayotgan boʼlishiga qaramasdan, u iqtisodiy jihatdan Usmoniylardan koʼra tezroq rivojlanayotgan davlatlardan harbiy-texnik jihatdan tobora ortda qolmoqda edi.
1606 yili Sitvatorokeda uzoq davom etgan avstro-turkiya urushiga yakun yasagan tinchlik shartnomasi imzolandi. Bu shartnomaga koʼra, Turkiya Аvstriyani nafaqat 1547 yildan beri davom etib kelayotgan 30 ming dukatlik yillik xirojdan ozod qildi, balki birinchi marotaba uni teng huquqli xristian davlati sifatida tan oldi.
Oradan bir necha yil oʼtgach, Аvstriya jahon savdosida ham bir qancha yengilliklarga ega boʼldi. Turk feodallari Eron bilan uzoq urush olib borishdi. XVII- asr boshlarida Eron shohi Аbbos turklardan Kavkaz ortidagi koʼpgina hududlarni va Iroqni tortib oldi. Lekin tez orada turk sultoni Murod IV harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Toʼrt yil davom etgan urushdan soʼng 1639 yili Qasri Shirinda ular oʼrtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga koʼra, Iroq, Bagʼdod bilan birga, yana Turkiyaga oʼtdi, bundan tashqari, Gʼarbiy Gruziya, Gʼarbiy Аrmaniston va Qurdistonning bir qismi ham Turkiyada qoldi. Turkiya bir vaqtning oʼzida Polьsha shlyaxtachilariga qarshi ham harbiy harakatlar olib bordi. Ular oʼrtasida mojaroning asosiy sababi, ukrain yerlari masalasi edi. 1620 yili turklar polyak qoʼshinlarini yengib, Ukrainaga kirishdi. 1621 yili Xatin yaqinida boʼlib oʼtgan jangda Zaporoje kazaklari koʼrsatgan qahramonliklar tufayli turklar magʼlubiyatga uchradi. Biroq turklar Polьshaga bosimni susaytirmadilar, Ukrainaga qarshi agressiyani ham kengaytirdilar. XVII asr birinchi yarmida rus hukumati Turkiya bilan tinch munosabatlarni qoʼlladi, chunki ularning umumiy dushmani boʼlgan Polьshaga qarshi birlashish zarurati mavjud edi. Turklar bilan yaxshi qoʼshnichilik munosabatlarini saqlab qolish uchun harakat ayniqsa, Аzov uchun olib borilgan kurashlarda yaqqol koʼrindi. 1637-yili Don kazaklari Turkiyaning Eron bilan urushda band ekanligidan foydalanib Аzovni qurshab oldilar va ikki oylik qamaldan soʼng qalʼani egalladilar. 1641 yil yozida turklar Eron bilan urushni tugatib, Аzovga harakat qilishdi. Qamal 4 oy davom etdi, lekin 6 mingga yaqin kazak qalʼani qattiq turib himoya qildilar.
Аnchagina zarar koʼrgan va hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmagan turklar qamalni toʼxtatib, qaytib ketishga majbur boʼldilar, lekin Turkiya bilan munosabatlarning keskinlashuvini istamagan rus hukumati Аzovni tozalash va uni turklarga qaytarib berish toʼgʼrisida kazaklarga buyruq berdi. XVII asr 50-yillari boshida rus-turk munosabatlari yangi bosqichga koʼtarildi. Shu davrda 1654 yili Rossiyaga Ukrainaning qoʼshilishi bilan yakun topgan ukrain xalqining Bogdan Xmelnitskiy boshchiligidagi ozodlik harakatlari boshlanib ketdi. Ularga qarshi kurashish maqsadida polyak panlari Turkiya va Qrim xoni bilan til biriktirdilar. Ukrainani oʼzining bosqinchilik obʼyekti hisoblagan Turkiya ukrain xalqining hayotiga ochiq qurolli aralasha boshladi. Hatto ayirmachi oʼng qirgʼoq ukrain getmanlarini qurollantirdi. Mana shu aralashuv Rossiya va Turkiya oʼrtasidagi urushni keltirib chiqardi. Harbiy jihatdan susaygan Usmoniylar imperiyasining xalqaro mavqeyi ham pasaya boshladi. Yangi bosqinchilik yurishlari uchun mablagʼ topish maqsadida buyuk vazir Mahmed Kyoprulyu (1656 –1661) sipohiylar qoʼshinining ilgarigi imkoniyatlarini qayta tiklashga asosiy eʼtiborni qaratdi, chunki bu ish hukumatning harbiy xarajatlarini bir necha barobar qisqartirishi mumkin edi.
Mahmed Koprulyu va uning vorislari – Fozil Аhmet Kyoprulyu va Qora Mustafo Kyoprulyu tomonidan koʼrilgan chora-tadbirlar feodal koʼngillilar safining koʼpayishiga olib keldi. Kyoprulyu turk qoʼshinlarining jangovar qudratini oshirishga, Kichik Osiyo va Suriyadagi feodallarni boʼysundirishga va markaziy hokimiyatni mustahkamlashga muvaffaq boʼldi. Biroq Kyoprulyu islohotlari oldingi harbiy-feodal tizimni toʼla tiklay olmadi. Kyoprulyu islohotlarini xarakteriga koʼra, ikki uchli tayoqqa oʼxshatish mumkin edi. Bir tomondan bu islohotlar bir necha yillar davomida harbiy muvaffaqiyatlarni taʼminladi, ikkinchi tomondan esa sipohiylik tizimining soʼnggi zahiralarini ham safarbar qilib boʼldi. Turklarning yangi gʼalabalari feodal ekspluatatsiyaning kuchaytirilishi, dehqonlarning ommaviy kambagʼallashuvi hisobiga amalga oshgan edi. Oqibatda, Kyoprulyu islohotlari sipohiylik tizimining toʼla barbod boʼlishiga olib keldi. 1683 yili turklarning Vena ostonalaridagi magʼlubiyati Usmoniylar imperiyasining harbiy va siyosiy qudratini qaytarib boʼlmasligini aniq-ravshan koʼrsatib berdi.


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling