Mavzu: ustav kapitalini tekshirishning maqsad va vazifalari


 Dastlabki hujjatlarni tekshirish


Download 21.37 Kb.
bet3/3
Sana22.04.2023
Hajmi21.37 Kb.
#1381003
1   2   3
Bog'liq
10 MAVZU

3. Dastlabki hujjatlarni tekshirish 
Ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga qo’shilganligini tasdiqlovchi 
hujjatlarga 
dalolatnomalar, 
nakladnoylar, 
bank 
ko’chirmalari, 
to’lov-
topshiriqnomalari nusxalari, kassa kirim orderlarining kvitantsiyalari va boshqa 
dastlabki hujjatlar misol bo’la oladi. Ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shiladigan 
mulklarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ko’chmas mulk, er 
uchastkalari, transport vositalari, intellektual mulk va shunga o’xshashlarga egalik 
qilish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar kiradi.
Tashkiliy hujjatlar: 

davlat ro’yxatiga olinganligi to’g’risida guvohnoma; 

buyruqlar va farmoyishlar; 

aktsiyadorlar va ta’sischilar bilan yozishmalar

aktsiyalarga obuna bo’lish natijalari to’g’risidagi, savdo natijalari 
to’g’risidagi, ta’sischilar yoki aktsiyadorlar majlisining bayonnomalari; 

soliq inspektsiyada hisobga olinganligi to’g’risida ma’lumotnoma, davlat 
statistika organlari, tegishli sug’urta tashkilotlari va boshqa byudjetdan tashqari 

tashkilotlarda ro’yxatga olinganligi to’g’risida guvohnoma; 



amaldagi qonunchilikka muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat 
turlari uchun berilgan litsenziyalar; 

yuritilayotgan hisob shaklidan qat’iy nazar ochiq turdagi aktsiyadorlik 
jamiyatlari aktsiyadorlar reestrini ham tekshiruvga taqdim qiladi.
Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlarni qo’shish muddatlariga rioya 
qilinishini va to’liqligini tekshirishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim: 

ustav kapitalining to’liq shakllanganligi; 

ta’sischilar haqiqatda qo’shgan ulushlarining ta’sis hujjatlarida belgilangan 
shartlarga mosligi; 

ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulushlarni qo’shishda qonunchilik va 
ta’sis hujjatlarida belgilangan muddatlarga rioya qilinishi.
Ustav kapitalining shakllanishini tekshirish chog’ida tekshirilayotgan 
korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini ham e’tiborga olish zarur. Chunonchi, 
aktsiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali aktsiyadorlar tomonidan sotib olinadigan, 
jamiyat aktsiyalarining nominal qiymatidan, ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda 
esa uning ishtirokchilari tomonidan qo’shiladigan ulushlar qiymatidan tashkil 
topadi. Davlat korxonalarida esa davlat mulki hisoblangan ustav fondi 
shakllantiriladi.
Auditor tekshiruv chog’ida barcha ta’sischilar qonunchilikka muvofiq o’z 
ulushlarini ustav kapitaliga o’z vaqtida va to’g’ri hamda to’liq qo’shganliklarini 
aniqlashi kerak.
Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustav kapitaliga jamiyatni 
ro’yxatga olish paytida har bir ishtirokchi kamida 30 % ulushini qo’shgan bo’lishi kerak.
Korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlar qo’shilmagan yoki to’liq qo’shilmagan holatlarning aniqlanishi, tegishli boshqaruv organlar uchun korxonta’sis etilmagan va tugatilishi kerak deb topilishiga asos bo’ladi.
Ta’kidlash joizki, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulush sifatida 
qo’shiladigan mablag’lar O’zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka 

muvofiq QQS ga tortilmaydi. Shuningdek, korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil 
etish chog’ida pay (ulush) ko’rinishida natura yoki pul shaklida olingan mablag’lar 
ham, ularning ustav fondidan hamda yuridik shaxslar pay (ulushi)dan oshib 
ketmagan miqdorda, QQS ga tortilmaydi.
Ustav kapitaliga ulushlar pul, qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar yoki 
mulkiy huquqlar hamda pulda baholanadigan boshqa huquqlar shaklida qo’shilishi 
mumkin. Shu boisdan auditor ta’sischilar ulushlarini pulda baholashning 
to’g’riligini tekshirishi muhimdir. Xo’jalik jamiyati ta’sischisining ulushini pulda 
baholash jamiyat ta’sischilar o’rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. 
Qonunda ko’zda tutilgan ayrim hollarda esa mustaqil ekspert tomonidan baholanishi 
kerak.
Download 21.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling