Mavzu. Uy-joy kommunal xo‘jaligida sifatni boshqarish (4-soat)


Download 89.14 Kb.
bet1/6
Sana05.02.2023
Hajmi89.14 Kb.
#1168387
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-Мавзу (2)


Mavzu.Uy-joy kommunal xo‘jaligida sifatni boshqarish (4-soat)

  1. Uy-joy sohasida xizmat ko‘rsatishni boshqarish asoslari.

  2. Uy-joy kommunal xizmatlar sifatini boshqarishda texnologik yondashuv.

  3. Uy-joy kommunal xizmatlarining sifat standartlari.

  4. Qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati. Ish sifatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi

Bugungi kunda mamlakatimizda 37 ming 402 ta ko‘p qavatli uy, ularda 1 million 300 mingdan ortiq xonadon bor. Bu uylarning 68 foiziga shirkatlar, 24 foiziga boshqaruv kompaniyalari xizmat ko‘rsatadi, 8 foiz uylar esa mulkdorlar tomonidan umuman boshqarilmaydi.


Uy-joy mulkdorlari shirkatlari 4 ming 430 ta bo‘lib, shundan atigi 1 ming 350 tasi yoki 30 foizi yaxshi ishlaydi, xolos. Qolgani o‘rta va og‘ir sharoitda. O‘rganishlarda aniqlanishicha, to‘lovlar bo‘yicha tariflarning norentabelligi, hisob-kitoblarning shaffof emasligi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining eskirgani muammolarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘p shirkatlar o‘z vazifasini bajarmaydi, buning uchun ularda kadrlar yetishmaydi. Oqibatda xonadon egalarining shirkat va boshqaruv kompaniyalariga ishonchi yo‘qolgan. Badallarning to‘liq yig‘ilmasligi tufayli debitorlik qarzdorligi oshib ketgan.
Davlatimiz rahbari ko‘p qavatli uylarda yashovchi odamlarni qiynab kelayotgan bu masalaga e’tibor qaratib, xizmat ko‘rsatish tizimini yaxshilash bo‘yicha mutasaddilar oldiga vazifa qo‘ygan edi.
Shunga muvofiq, chet ellik mutaxassislarni jalb etgan holda joylarga chiqilib, aholi va shirkatlar vakillari bilan fikrlashilib, muammolar chuqur o‘rganildi. Xorij tajribasi asosida ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Xususan, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy boshqarmalari huzurida Ko‘p kvartirali turar joy fondini ta’mirlash jamg‘armasini tashkil etish, uni 35 foiz respublika byudjeti, 35 foiz mahalliy byudjet va qolgan 30 foizini mulkdorlar to‘lovidan jamg‘ariladigan mablag‘lar hisobidan shakllantirish rejalashtirilgan.
Hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlash maqsadida boshqaruv tashkilotlari va shirkatlarning elektron reyestrini yuritish, har bir ko‘p qavatli uyga alohida shaxsiy hisobraqam ochish, uyning xizmat ko‘rsatish hududini aniq belgilash, mulkdorlarga hisobot berish tartibini takomillashtirish, hisob-kitoblarga billing tizimini joriy qilish mo‘ljallangan.
Shuningdek, yangi ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirilganidan keyin ikki yil mobaynida quruvchi tashkilot boshqaruvida bo‘lishini belgilash, turar joylarni saqlash va undan texnik foydalanish qoidalarini ishlab chiqish ham talab etilmoqda. Boshqaruv kompaniyalari va shirkatlar xodimlarini o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish ham nazarda tutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev sohani tubdan takomillashtirib, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy tizim yaratish yuzasidan topshiriqlar berdi. Ko‘p qavatli uylarni qurishdan oldin xizmat ko‘rsatishni o‘ylash, turar joylar fondi va hududini oqilona saqlash kerakligini ta’kidladi.
Ta’mirlanadigan uy-joylar qamrovini kengaytirish, boshqaruv kompaniyalari va shirkatlar uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi. Moliya vazirligiga belgilangan chora-tadbirlar uchun mablag‘ ajratish vazifasi qo‘yildi.
ommunal xizmatlar millionlab aholi turmushiga daxldor masala. Ilgari ko`p qavatli uylarga xizmatni faqat mulkdorlar shirkati ko`rsatar, texnika va mutaxassislar etishmasligi sababli uning sifati past edi. Bugungi kunda esa boshqa boshqarish shakllari ham joriy qilingan.
2020 yilda tajriba tariqasida Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 110 ta ko`p qavatli uy qonunchilikda belgilangan tartibda boshqaruv kompaniyalariga berilgan edi. Bu tajriba 2021 yilda barcha viloyat markazlari, Chirchiq va Angren shaharlarida davom ettirilib, 15 ta boshqaruv kompaniyasi tomonidan xizmat ko`rsatish yo`lga qo`yilgan.
Masalan, Navoiy shahridagi 116 ta ko`p qavatli uyga bitta boshqaruv kompaniyasi tomonidan xizmat ko`rsatilgan bo`lib, muddati o`tgan qarzdorlik 2 baravar qisqargan. Bu kompaniya 34 turdagi maxsus texnika olib, aholi va tadbirkorlarga 20 dan ortiq yangi xizmatlarni yo`lga qo`ygan.
Davlatimiz rahbari bu tizimni kengaytirishni rag`batlantirish kerakligini, yil yakunigacha boshqaruv kompaniyalari tomonidan xizmat ko`rsatishni Toshkent shahrining barcha xizmat sifati past tumanlarida joriy etish zarurligini ta`kidladi. Xizmatlaridan aholi rozi bo`lgan shirkatlar va uy-joyni bevosita boshqaruvchilar bundan mustasno ekaniga alohida e`tibor qaratildi.
- Bu ishlarni tizimli tashkil etishimiz lozim. Axir bu odamlarimizning kundalik muammolari, ularni hal etmasak, xalqimiz bizdan rozi bo`lmaydi, - dedi Prezident.
Buning uchun maxsus ishchi guruh joylarga chiqib, uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati, aholi fikrlarini o`rganadi, shirkatlar va boshqaruv kompaniyalarining moliyaviy muammolarini hal etib boradi.
Faoliyati va moliyaviy ahvoli qoniqarsiz bo`lgan shirkatlar hududini ochiq tanlov asosida boshqaruv kompaniyalariga berish masalasini o`rganish topshirildi.
Umuman, uy-joy boshqaruv kompaniyalariga muayyan imtiyoz va engilliklar berilishi qayd etildi. Jumladan, ular foyda va mulk solig`idan ozod etiladi, ijtimoiy ob`ektlarga autsorsing asosida xizmat ko`rsatish uchun to`g`ridan-to`g`ri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi, maxsus texnika va uskunalar sotib olishga 90 milliard so`m kredit ajratiladi va foizlarining bir qismi qoplab beriladi, import qilinadigan uskuna va texnikalarga bojxona bojlari kelgusi 3 yilda “nol” stavkada qo`llaniladi, tugatilayotgan shirkatlarning muammoli kreditlari 3 yilga muzlatiladi.
Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligiga bunday ishlarni barcha hududlarda tashkil etish vazifasi qo`yildi.
Taqdimotda 2022 yilda issiqlik ta`minoti tizimida amalga oshiriladigan loyihalar to`g`risida ham ma`lumot berildi.
Xususan, joriy yilda 10 ta qozonxonani modernizasiya qilish va 2 ta yangi qozonxona qurish, 120 kilometr issiqlik tarmoqlarini yangilash, natijada 24 ming 400 ta xonadon va 51 ta ijtimoiy soha ob`ektlarining issiqlik energiyasi ta`minotini yaxshilash rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari har bir mahallaning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy markazi bo`lishi kerakligini aytgan edi.
Taqdimotda shu borada Toshkent shahrida amalga oshiriladigan ishlar haqida axborot berildi. Qayd etilganidek, mahallalarda bolalar va sport maydonchalari quriladi, yo`laklar tartibga keltirilib, daraxtlar ekiladi. Buning uchun 579 ta mahallaning har biriga byudjetdan 1 milliard so`mdan ajratilgan.
Prezidentimiz bu mablag`dan samarali foydalanish, zarur bo`lsa, mahalliy byudjetdan qo`shimcha resurs yo`naltirish bo`yicha ko`rsatma berdi. Boshqaruv kompaniyalarini jalb qilib, 2 mingta ko`p qavatli uylarni joriy va kapital ta`mirlash kerakligi aytildi.



Download 89.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling