Mavzu: uyda yolg’iz mashg’ulot maqsadi
Download 17.11 Kb.
|
Katta-guruh-mashgulot-ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulotga tayyorgarlik ishi
- Mashg’ulotning borishi
Mavzu: UYDA YOLG’IZ Mashg’ulot maqsadi: Bolalarni ayrim uy ro’zg’or buyumlari boshqa naralar bilan to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatish va ularndan foydalanishni man qilish. Bolalarga uy ro’zg’or buyumlaridan foydalanishda havf tug’diradigan narsalar uch guruhga bo’linishi haqida tushuncha berish. Qatiyan taqiqlangan narsalar: gugurt, gaz plitasini yoqish, elektor rezedkalari va elektor jihozlari Bola yoshini inobadga olgan holda extiyodgorlik bilan to’g’ri foydalanish kerak bo’lgan: igna, qaychi, pichoq K attalar bolalar tega olmaydigan joylarda saqlashi kerak bo’lgan narsalar: uy ro’zg’orda ishlatiladigan kimyoviy narsalar dori darmonlar, spirtli ichimliklar, sigaret va hokozolar Mashg’ulotga tayyorgarlik ishi: uy ro’zg’orda ishlatiladigan buyumlarning 4-5 ta surati: Dazmol, gaz plitasi, pichoq, igna, dori darmon, qizil va sariq rag’bat kartochkalari Mashg’ulot mazmuni: Uyda bolalar yolg’iz qolganda qanday qoidalarga rioya qilishni ta’kidlash Agar bola extiyotkor bo’lmasa qanday noxush oqibatlarga olib kelishi mumkinligi to’g’risida bilimlarni mustahkamlash Bola olgan bilimini rasm chizish, viktorina o’yini orqali aytishga o’rgatish Mashg’ulotning borishi: Tarbiyachi: bolalar bugun biz sizlarni uy ro’zg’orimizda kerak bo’lgan buyumlar bilan tanishtirishni davom ettiramiz qayerda va nimalarga ishlatilad? (Bolalar javobi) tarbiyachi bu buyumlar nimasi bilan foydali? (bolalar javobi) Tarbiyachi: bolalr aytinglarchi bu buyumlarni zarali tomonlari ham bormi? Bo’lsa aytib o’tinglar baxtsiz hodisalarga uchramaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak? (Bolalar javobi) – Tarbiyachi: bolalar qaranglar manabu rasmda buvisining dori qutuchasini ochib tatib ko’rayabdi. Bu to’g’ri deb aytaolasizmi? Agar noto’g’ri ish qilayotgan bo’lsa dori qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? (Bolalar javobi) -Tarbiyachi: biz lolahonga barcha uy ro’zg’or buyumlari va boshqa narsalarni to’g’ri ishlatish kerakligini aytib qo’yamiz endi hozir biz “Mehmonga keldik” musobaqasini o’ynaymiz buning uchun biz 2 guruhga bo’linamiz va guruhimizni nomlaymiz bolalar 2 guruhga bo’linadi va guruhlarini nomlaydi 1-guruh “Qo’shni” 2-guruh “Qarindoshlar” guruhi – Tarbiyachi: bolalar hozir men har ikkala guruhga uy ro’zg’or buyumlari to’g’risida savollar beraman men qaysi guruhga savol bersam sh guruh javob beradi. To’g’ri javob uchun qizil olmachalar noto’g’ri olma uchun sariq olmachalar beriladi. Savol “Qo’shni” guruhiga Oshxona jihozlarining nomlarini ayting (Bolalar javobi gaz plitasi, choy qaynatgich, pichoq, qozon va hokozo) S avol “Qarindosh” guruhiga uy ro’zg’orda ishlatiladigan elector jihozlarini (Bolalar javobi telivizor, radio, changyutgich, dazmol, kir yuvish mashinasi, muzltgich va hokozolar) Savol “Qo’shni” guruhiga Aytinglarchi oshxona buyumlarining insonlarga qanday foydasi tegadi? Agar e’tiborsizlik bilan ishlatilsa yoki befarq qoldirilsa qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Bolalar javobi (tarbiyachi bolalar javoblariga ko’maklashib turadi gaz plitasida choy qaynab toshib gazni o’chirib qo’ygudek bo’lsa gaz hidi xonalarga taralib insonlar zaharlanishlari mumkin. Yoki gaz hidi chiqib tuganda bilmasdan chiroqni yoki gugurtni yoqib yuborsa bortlash sodir bo’lishi ham mumkin bundan tashqari hamma kesuvchi o’tkir sanchiladigan narsalarni o’z joyida saqlash kerak uydagi sarishtalik nafaqat go’zallik uchun balki havfsizlik uchun hamdir). 4-Savol “Qarindosh” guruhiga elektr asboblarni yoqishdan avval hamda ishlatib bo’lgandan so’ng nimalarga e’tibor berish lozim qanday vaqtda bola kattalarni yordamisiz elektor asboblarga tegishi mumkin emas? bolalar javobi (tarbiyachi bolalar javoblariga ko’maklashib turadi uydan chiqib ketayotganda dazmolni telivizorni o’chirish yoddan chiqarmasligini elektr simini qo’l bilan tormasligini hech qachon ochiq simlarga yaqinlashmaslik kerakligini elektr rezedkasiga hech narsa tiqmasligini aytish Savol “Qo’shni” guruhiga siz uyda yolg’iz edingiz to’satdan gaz hidini sezib qoldingiz qanday yo’l tutasiz? (bolalar javobi) Savol “Qarindosh” guruhiga nima uchun elektor asboblarini hamda simlarini ho’l qo’l bilan ushlash mumkin emas? (bolalar javobi tok urishi mumkin) Savol “Qo’shni” guruhiga uyda yolg’iz edingiz eshigingiz qulfini birov ochishga urinayabdi siz nima qilasiz? (Uyda ota onangiz bor tovushda qattiq tovushda ularni chaqirasiz) Savol “Qarindosh” guruhiga siz uyda yolg’iz siz to’satdan elektor simidan kichgina yong’in chiqdi o’zingizni qanday tutasiz? (zudlik bilan uyni tark etib qo’shnilarni yordamga chaqirish kerak song katalar yordamida yong’in havfsizligi hodimlariga qo’ng’iroq qilish lozim) Tarbiyachi: qani bolalar ko’raylikchi qizil olmachalar soni ko’p ekan “Qo’shnilar” guruhiga oshxona buyumlaridan na’munalar chizib ko’rsatishingiz kerak “Qarindoshlar” guruhiga elektr asboblaridan 2 tadan namuna chizib ko’rsating Download 17.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling