Mavzu: Uzatmalar. Topshirdi: Zaripov Sanjar. Qabul qildi


Download 37.81 Kb.
bet4/5
Sana18.03.2023
Hajmi37.81 Kb.
#1283090
1   2   3   4   5
Bog'liq
texnik mehanika uzatmalar (referat)

5-§. Tishli uzatmalar
Aylanma harakatni yaqin masofaga uzatish maqsadida tishli uzatma ishlatiladi.
Tishli uzatma yetaklovchi va yetaklanuvchi tishli g‘ildiraklardan iborat. Ko‘pincha yetaklovchi (kichik) tishli g‘ildirak shesternya deb ham yuritiladi.
Tishli uzatmalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
--- silindrsimon g‘ildirakli
--- konussimon g‘ildirakli
--- vintli silindrik
--- gipoid konussimon
--- reykali
Tishli uzatmalar ichki va tashqi tomondan ilashadi. Ularning g‘ildiraklari to‘g‘ri, qiyshiq, shevron va aylana tishli qilib yasaladi.
Tish profilining shakliga ko‘ra tishli uzatmalar evolventa, aylana yoyilmasi va sikloida bo‘yicha ilashadigan turlarga bo‘linadi. Bularning eng ko‘p ishlatiladigani 1760-yilda L.Eyler tavsiya etgan evolventa bo‘yicha ilashuvchi profilli tishlardir.
6-§. Zanjirli uzatma
Zanjirli uzatma yetaklovchi va yetaklanuvchi ikkita tishli g‘ildirak (yulduzcha) hamda ularga kiydirilgan cheksiz zanjirlardan iborat.
Zanjirli uzatmalar juda ko‘p afzalliklarga ega:
_ harakatni uzoq (hatto 8 metrgacha) masofaga uzata oladi;
_ foydali ish koeffitsienti yuqori (baozan 0,98 ga teng);
_ tasmali uzatmaga nisbatan kattaroq quvvatni uzata oladi;
_ tasmali uzatmaga nisbatan vallarga tushadigan kuch kichikroq;
_ uzatish soni o‘zgarmas, chunki zanjirlar ilashish prinsipi asosida ishlaganligi bois sirpanish hodisasi ro‘y bermaydi;
_ zanjirning qismlari standartlashtirilganligi bois, ular asosan ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlanadi.
Zanjirli uzatmalarda quyidagi kamchiliklar mavjud:
_ tannarxi yuqori;
_ yulduzchalarni tayyorlash jarayoni murakkab;
_ zanjirning qismlari tez yeyiladi;
_ tasmali uzatmaga qaraganda ko‘proq texnik qarov (moylash, sozlash, rostlash kabilar)ni talab qiladi.
Zanjirli uzatmalar turlicha ko‘rinishda tayyorlanadi:
_ zanjirning turiga ko‘ra vtulkali, vtulka-rolikli, tishli;
_ zanjirning soniga ko‘ra bir qatorli, ko‘p qatorli.
Zanjirli uzatmalar asosan qishloq xo‘jalik mashinalari, ekskavator va yuk ko‘tarish-tashish mashinalarida ko‘p ishlatiladi.
Vtulka-rolikli zanjir tashqi bo‘g‘in 2 ga presslab o‘rnatilgan valik 3 va ichki
bo‘g‘in 1 ga presslab joylashtirilgan vtulka 4 hamda uning atrofida bemalol
aylanadigan rolik 5 dan tuzilgan.
Zanjir yulduzchaga roliklar vositasida ilashadi. Natijada, sirpanib ishqalanish dumalab ishqalanishga aylanadi hamda tishlarni tez yeyilishdan saqlaydi. Vtulkali zanjirning vtulka-rolikli zanjirdan farqi shundaki, unda rolik 5 bo‘lmaydi. Shu sababli yulduzchaning tishlari tez yeyiladi.

Download 37.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling