Mavzu: Uzatmalar. Topshirdi: Zaripov Sanjar. Qabul qildi


Download 37.81 Kb.
bet1/5
Sana18.03.2023
Hajmi37.81 Kb.
#1283090
  1   2   3   4   5
Bog'liq
texnik mehanika uzatmalar (referat)


Urganch tumanidagi maishiy xizmat kasb hunar
kollejining 84-15 gurux tolibi Zaripov Sanjarning
Texnik mexanika fanidan





Mavzu: Uzatmalar.

Topshirdi: Zaripov Sanjar.

Qabul qildi: Rajapboyev Otabek.

____________________________

Reja:
1. Uzatmalar haqida umumiy ma’lumot.
2. Uzatmalarning asoiy parametrlari.
3. Friksion uzatmalar.
4. Tasmali uzatmalar.
5. Tishli uzatmalar.
6. Zanjirli uzatmalar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar.


1-§. Uzatmalar haqida umumiy malumot.

Ma’lumki, barcha zamonaviy mashinalar energiya manbayi — uzatma mashinaning ish bajaruvchi qismidan iborat (3.24 -shakl). Ichki yonuv dvigateli, bug‘ dvigateli, elektrodvigatel kabilar energiya manbayi hisobla nib, ular energiya hosil qiladi.


Gidravlik nasos va ventilatorlarning ish bajaruvchi qismi energiya manbayiga bevosita ulanadi. Ammo ko‘pincha energiya manbayi sifatida ishlatiladigan uzellarning ishlash turi ish bajaruvchi qismga qo‘yilgan talablardan farq qilganligi bois, uzatmalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Demak, uzatma shunday mexanizm ekanki, u energiya manbayi bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi oralig‘iga joylashgan bo’lib: - ularni o‘zaro bog‘lash; - ularning ishlash rejimlarini bir-birlariga moslash; - harakatni uzatish, ba’zan bir turdan boshqasiga aylantirish; - harakatni talab darajasida boshqarishga xizmat qiladi.
Uzatmalar ishlash prinsipiga ko‘ra to‘rt xil bo‘ladi: - mexanik; - elektrik; - pnevmatik; - gidravlik. Mashinasozlikda mexanik uzatmalar ko‘p tarqalganligi bois, faqat ularni o‘rganish bilan chegaralanamiz. O‘z navbatida mexanik uzatmalarni ikki turga ajratish mumkin: - ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar; - ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar. Ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalarga friksion va tasmali uzatmalar misol bo‘ladi. Bunday uzatmalardagi g‘ildirak, shkiv va shu kabi asosiy detallarning sirti silliq bo‘ladi. Ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalarga tishli, chervyakli va zanjirli uzatmalar misol bo‘ladi; ularda burovchi momentlar g‘ildirak va chervyaklardagi tishlar vositasida uzatiladi.
Bundan tashqari mexanik uzatmalar vallarning o‘zaro joylashuviga qarab
parallel, kesishgan va ayqash valli, uzatish sonining o‘zgarishiga qarab esa
o‘zgarmas, pog‘onali, pog‘onasiz o‘zgaruvchi uzatmalarga ajratiladi.
Uzatmada yetakchi va yetaklanuvchi vallar mavjud.
Energiya manbayidan energiyani bevosita qabul qiluvchi val uzatmaning
yetakchi vali, o‘z navbatida bu valdan energiyani qabul qilib, ish bajaruvchi
organga uzatuvchi val esa yetaklanuvchi val deyiladi.

Download 37.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling