Mavzu: Uzatmalar. Topshirdi: Zaripov Sanjar. Qabul qildi
Download 37.81 Kb.
|
texnik mehanika uzatmalar (referat)
4-§. Tasmali uzatmalar
Tasmali uzatmalar yetakchi 1, yetaklanuvchi 2 shkivlar va ularga tarang qilib kiydirilgan tasma 3 dan iborat . Tasma bilan shkiv orasida paydo bo‘luvchi ishqalanish kuchi hisobiga yetakchi shkivdan harakat va energiya tasma orqali yetaklanuvchi shkivga uzatiladi. Tasmalarning ko‘ndalang kesimi yassi, ponasimon, doiraviy va tishli qilib yasaladi. Tasmali uzatmalar bir necha xil bo‘ladi: — to‘g‘ri yoki ochiq uzatma -bir tomonga aylanadigan parallel vallar orasida aylanma harakatni uzatadi, — ayqash uzatma -yetakchi va yetaklanuvchi shkivlari qarama-qarshi tomonga Aylanadi. — yarim ayqash uzatma -aylanma harakatni o‘zaro ayqash joylashgan vallarga uzatadi, — burchakli uzatma -aylanma harakatni o‘zaro perpendikular tekislikda joylashgan vallarga uzatadi. Tasmali uzatmalar 1015 m, ba’zi hollarda 2540 m gacha masofaga aylanma harakatni uzatish uchun xizmat qiladi. O‘lchamlari standartlashtirilganligi bois, hozirgi paytda dastgoh, avtomobil va qishloq xo‘jalik mashinalarida yassi tasmali uzatmalar ko‘p ishlatilmoqda. Yassi tasmalarning ko‘ndalang kesimi yon yog‘ining eniga nisbatan sezilarli darajada kichik bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakdan iborat. Yassi tasmalar charm, rezinalangan, ip-gazlama va jun tasmalarga bo‘linadi Tasmali uzatmalar quyidagi afzalliklarga ega: _ harakatni katta masofaga uzata oladi; _ tuzilishi oddiy, tannarxi arzon; _ shovqinsiz, ravon ishlaydi. Bundan tashqari, to‘satdan yetakchi val katta tezlik bilan aylana boshlasa, tasma bilan shkiv orasida sirpanish yuzaga kelib, aylanma harakat uzatilishdan to‘xtaydi. Natijada, yetakchi valga ulangan mashina yoki uning qismlariga zarar yetmaydi. Tasmali uzatmalar quyidagi kamchiliklarga ega: — tashqi o‘lchamlari katta; — uzatish soni o‘zgaruvchan; — val va tayanch (podshipnik)- larga katta kuch tushadi; — tasmaning chidamliligi kichik. Tasmali uzatmalar tasmasining keluvchi va ketuvchi tarmoqlaridagi kuchlar orasida quyidagicha bog‘lanishlar mavjud Tasmali uzatmaning shkivlari gardish (to‘g‘in) 1, kegay (disk) 2 va gupchak 3 dan iborat. Shkivlar iloji boricha yengil va mustahkam bo‘lmog‘i lozim. Ular cho‘yan, po‘lat, yengil qotishma va plastmassa materiallardan tayyorlanadi. Odatda, uzatmaning tezligi 30 m/sek gacha bo‘lsa cho‘yan shkivlar, undan yuqori bo‘lganda esa po‘lat shkivlar ishlatiladi. Juda katta tezlik bilan harakatlanuvchi uzatmalarning shkivlari esa yengil qotishmalardan yasaladi. Shkivlarning sirtiga maxsus ishlov berish yo‘li bilan tasmaning yeyilishi kamaytiriladi. Download 37.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling