Oltinsoy Maishiy xizmat ko`rsatish kasb-hunar kollejida kiyinish madaniyati to’g’risida nizom


Download 23.14 Kb.
bet1/3
Sana01.04.2023
Hajmi23.14 Kb.
#1316310
  1   2   3
Bog'liq
Кийиниш маданияти Олтинсой маиший


Oltonsoy maishiy xizmat ko`rsatish kasb-hunar kolleji ilmiy-pedagogika kengashining 2015-yil 15-yanvardagi navbatdan tashqari o`tkazilgan 5-sonli yig`ilish qaroriga ilova
Oltinsoy Maishiy xizmat ko`rsatish kasb-hunar kollejida kiyinish madaniyati to’g’risida
NIZOM
Mazkur Nizomning maqsadi – kollejda o’qituvchi, xodim (kabinet mudirlari, laborantlar, kotibalar) hamda o’quvchilar uchun tartibli kiyinish me’yorlarini belgilash, kollejdagi sog’lom ma’naviy, ijtimoiy-psixologik muhit barqarorligini ta’minlash, kasbga nisbatan va o’zaro hurmat munosabatlarini mustahkamlashdan iborat.




I. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Nizomning maqsadi - kollejda o’qituvchi, xodim (kabinet mudirlari, laborantlar, kotibalar, bo’lim xodimlari) hamda o’quvchilar uchun tartibli kiyinish me’yorlarini belgilash, kollejdagi sog’lom ma’naviy, ijtimoiy-psixologik muhit barqarorligini ta’minlash, kasbga nisbatan va o’zaro hurmat munosabatlarini mustahkamlashdan iborat.
1.2. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining 1997- yil 29-avgustdagi “Ta’lim to’g’risidagi Qonuni”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” hamda “Odob-axloq qoidalari”ga muvofiq ishlab chiqilgan.
1.3. Ushbu Nizomning talablari barcha o’qituvchi, xodim (kabinet mudirlari, laborantlar, kotibalar, bo’lim xodimlari) hamda o’quvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
1.4. O’quvchilikka va ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs Nizomda ko’rsatilgan “Qoidalar” bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishni o’z zimmasiga olib imzo qo’yishi shart.
II. Kollej o’qituvchi, xodim va o’quvchilarining kiyinishiga qo’yiladigan talablar
2.1. Dunyo miqyosida qabul qilingan xizmat protokoli qoidalariga muvofiq jiddiy, ishchan va didli, ziyoli shaxs qiyofasini shakllantirish maqsadida korporativ kiyinish uslubi talablariga amal qilinadi.
2.2. Kollejga orasta bo’lib, unga monand kiyimda kelish talab etiladi.
2.3. Tanaga bodiard uslubda turli suratlar chizdirish, tatuaj va pirsinglar tushirish odob-axloq qoidalariga zid hisoblanadi hamda kollejga bu holda kelish ta’qiqlanadi.

Download 23.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling