5. To‘g‘ri tishli konusaviy g‘ildiraklar.
To‘g‘ri tishli konusaviy g‘ildirakning chizmasi (11-shakl., a) asosan silindrik g‘ildirak chizmasini bajarish kabi bajariladi. Konusaviy g‘ildirak elementlari o‘lchamlarini hisoblashda silindrik g‘ildirakni hisoblashdagi formulalardan foydalinadi (1-jadvalga qarang) Konusaviy g‘ildirakni hisoblashda modulning maksimal (eng katta) qiymatini olinadi.
11-shakl
Konusaviy g‘ildirakni o‘ziga qarab eskizini chizishda birinchi navbatda, burchak o‘lchagi ni o‘lchash kerak (12-shakl). Bunday o‘lchashni qo‘shimcha konus konturi SA yasovchisi DS ga perpendikulyar bo‘lgan shartda bajariladi.
12-shakl
So‘ngra bo‘luvchi konus burchagi hisoblab chiqariladi.
=900- =900-
Shtangersirkul tishlar cho‘qqilarining eng katta aylana diametri da ni ulchab va tishlar soni z ni sanab chiqib modul m ni aniqlaymiz.
Hisoblab olingan qiymatni GOST 9563-60 ga ko‘ra yaxlitlab bo‘luvchi aylana diametri hisoblab chiqamiz.
D=mz
Tishli uzunligi b ni va konus tishli g‘ildirakning qolgan elementlarni o‘lchaymiz so‘ngra g‘ildirakni chizishga kirishamiz.
6. Chervyak chizmasini chizish.
Chervyakli uzatma chervyakdan va chervyakli g‘ildirakdan iborat (13, 14 – shakllar). Chervyakval bilan birga tayerlanadi. Uzatmada chervyak odatda yetakchi bo‘ladi.
13-shakl 14-shakl
Chervyak tishlar qismining uzunligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Bu yerda z2 - chervyakli g‘ildirak tishlarining soni: 11 va 12 sonlar –doimiy koefitsentlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |