Mavzu: uzatmalar va ularning turlari
Chervyakli uzatmani tasvirlash
Download 346.28 Kb.
|
очик дарс Узатмалар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. Xrapovikli mexanizm ishlamasining tasvirlanishi
- 11. Shlitsali birikmalar (GOST 2.409-74)
3. Chervyakli uzatmani tasvirlash. 21-shakl, a da chervyakli uzatma keltirilgan. Ilashmani chizish uchun quyidagi ma’lumotlar zarur:
O‘q moduli m; chervyakli qirqimlar soni z1; g‘ildirakning tishlari soni z2; chervyak tipi (arximed, evolventali yoki konvolyutali). Bu ma’lumotlar ilashmaning o‘zidan olinadi yoki konstruktor tomonidan berilgan bo‘ladi. Ilashmaning qolgan o‘lchamlari formulalar bo‘yicha hisoblab olinadi (1-jadval). O‘qlararo masofasi aniqlanadi va o‘lchab qo‘yiladi (22-shakl, a). Ilashmaning taxt qilingan chizmasi 21-shaklda keltirilgan. 21-shakl 10. Xrapovikli mexanizm ishlamasining tasvirlanishi Xrapovikli mexanizm valning orqaga aylanib ketmasligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Mexanizm ikki asosiy detaldan: tishli g‘ildirakdan (xrapovikdan) va g‘ildirak tishlari bilan ilashmada bo‘lgan sobachkadan tuzilgan (22-shakl). Agar val orqaga aylansa, sobachkaning uchi valga o‘rnatilgan xrapovik tishlari (o‘yiqlari) orasiga tushib, valning orqaga aylanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Xrapovik chizmalarda faqat bitta yoki ikkita tishlari ko‘rsatilga holda soddalashtirib chiziladi (GOST: 305-68). O‘yiqlari aylanasi ingichka tutash chiziq bilan ko‘rsatiladi (22-shakl, b). 22-shakl 11. Shlitsali birikmalar (GOST 2.409-74) Shlitsalar aylanma sirt (val, vtulka) larda joylashgan qator tishlardan iborat bo‘lib, bu tishlarning profili: uchburchaklik, to‘g‘ri burchaklik va evalventa shaklida bo‘lishi mumkin. Val shlitsasi vtulka shlitsasi bilash tishlashib aylanma harakatni uzatadi va o‘q bo‘ylab yengil siljiydi. Shlitsali birikmalar chizmani GOST 2.409-74 ga muvofiq bajariladi. Val va vtulkadagi shlitsa tishlarining yasovchilari va tishlar profilining aylanasi asosiy tutash chiziqlarda tasvirlanadi. O‘yiqlar aylanasi va yasovchilari ingichka tutash chiziqlarda ko‘rsatiladi (23-shakl, a, b). Val va vtulkaning bo‘ylama qirqimida o‘yiq sirtlarning yasovchilari asosiy tutash chiziqlari tasvirlanadi (24-26 shakllar). Shlitsali detallarga o‘lchamlar GOST 1139-80 muvofiq qo‘yiladi. Masalan, o‘quv chizmalari to‘g‘ri burchakli shlitsalarning soni (8), ichki va tashqi diametrlari hamda tishning eni (7) ni ko‘rsatish bilan chegaralanadi. 8 x 36 x 40 x 7 GOST 1139-80.
23-shakl 24-shakl
25-shakl 26-shakl
27-shakl 28-shakl Download 346.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling