Dehqonchilik va chorvachilikning Markaziy Osiyoda bundan 7-6 ming yil avval ilk asoslari paydo bo’lgan. «Zamonbobo va Capazm» madaniyati dalolat beradiki, Zarafshon vohasi yurtimizdagi qadimiy dehqonchilik mintaqalaridan biri hisoblangan. U eneolit davriga to’g’ri keladi. Qadimgi dehqonchilik O’zbekiston janubi hamda Xorazm vohasida mavjud bo’lgan. SHu davrda odamlar o’troq yashashga o’ta boshladilar, natijada sug’orma dehqonchilik vujudga kela boshlagan. CHust madaniyatining tahlili shuni ko’rsatadiki, Farg’ona vodiysida ham o’troq dehqonchilik mavjud bo’lgan va ko’plab katta kichik qishloqlar yaratilgan. Toshkent vohasida, Xususan Ohangaron atrofida ham qadimdan dehqonchilik bilan shug’ullanib kelganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |