Milliy g’urur, milliy faxr, iftixor tuyg’ularini vujudga keltirish bilan birga, ayni vaqtda milliy istiqlol mafkurasi haqidagi tushuncha va bilimlarni ham tezroq o’zlashtirilishini osonlashtiradi. Milliy istiqlol o’zbek xalqining asriy orzusi, armoni edi. Bu yo’lda minglab Vatan, yurt fidoyilari aziz jonlarini qurbon qildilar. Milliy mustaqillikning qo’lga kiritilishi katta yutuk, uning kadriga yetish, mustahkamlash, avaylab saqlab qolish mushkul vazifa. Xar qanday mamlakatning qudrati, uning milliy mustaqilligi, davlat chegaralarining daxlsizligi-o’sha mamlakat fuqarolarining o’z yurtiga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalanganliklari, Vatan mustaqilligi va milliy istiqlol uchun kurashda zarur bo’lsa jon fido qilishga ham tayyor bo’lishdek olijanob fazilatlarga ega bo’lishliklariga bog’liqdir. Bu fazilatlarni mehnatkashlar ommasi, yurtimiz kelajagi - yoshlar ongida qaror toptirish va shakllantirishda Vatan tarixini o’rganishning o’rni va imkoniyatlari cheksizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |