Mavzu: V. A. Motsartning simfonik ijodiyoti


V.A.Motsartning opera ijodi


Download 261.5 Kb.
bet10/14
Sana20.06.2023
Hajmi261.5 Kb.
#1632568
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
V.A.Motsartning simfonik ijodiyoti 21 yangi

V.A.Motsartning opera ijodi

Opera Motsartning sevimli janri bo’lib, u butun ijodiy yo’li davomida operalar yozgan. Ularning soni 15 ta. Birinchi operasini kompozitor 11 yoshidayoq yaratgan. Motsart operalari turli mavzularda yozilgan. Ular orasida qadimgi grek afsonalari asosida yozlgan operalar ("Apollon va Giacint", "Idomeney"), tarixiy mavzulardagi operalar ("Luciy Sulla", "Mitridat - Ponta podshohi"), ertak operalar ("Sehrli nay") bor. Kompozitorning eng taniqli, yetuk operalari ijodining Vena davrida yaratilgan. Ular "Figaroning tuyi", "Don Juan" va "Sehrli nay" operalaridir. Motsart opera janrining barcha qonun - qoidalarini juda chuqur bilgan. Opera yaratishda kompozitor Glyukning opera islohati principlariga amal qilgan, ularni yanada rivojlantirgan. Faqat Glyukning "Operada drama birinchi o’rinda, musiqa esa uni yorituvchi yordamchi vosita" degan fikridan farqli ravishda "Operada drama va musiqaning mavqei bir xil" - deb hisoblagan.
Kompozitorning opera teksti - libretto qanaqa bo’lishi kerakligi haqidagi fikri ham e’tiborga loyiq. "Libretto iloji boricha lo’nda va qisqa bo’lishi lozim.Unda opera voqeasini cho’zadigan yoki to’xtatadigan xech qanday ortiqcha narsa bo’lishi kerak emas", -deb hisoblagan.
Opera asarida qahramonlarning haqqoniy musiqiy xarakteristikasini yaratish Motsartning eng katta ijodiy yutuqlaridan biridir.
Motsartning opera ijodi bu janrda ijod qilgan boshqa kompozitorlarning ilg’or yutuqlarini umumlashtirdi va nemis milliy opera san’atining yaratilishiga olib keldi. Uning "Sehrli nay" operasi esa kompozitorlar E.T.Gofman va K.M.Veber ijodida yaratilgan nemis romantik operasining yaratilishiga poydevor bo’ldi.
"Figaroning to’yi" operasi.
"Figaroning to’yi" operasini Motsart 1786 yilda yozgan. Mashhur frantsuz yozuvchisi Per Bomarshe yaratgan "Be’mani kun yoki "Figaroning uylanishi" nomli komediyasi bu operaga asos bo’ldi.Opera hajviy asar bo’lib uning mazmuni kuyidagicha:
Graf Almaviva uyida uning hizmatkorlari Figaro va Syuzannaning to’yiga tayyorgarlik ko’rilmokda.Ammo grafning o’zi hizmatkor qizni yoqtiradi.Shuning uchun turli xiylalar ishlatib to’yni to’xtatishga urinadi.Ammo Figaroning topqirligi va uddaburonligi barcha to’siqlarni engadi. Xo’jayin noqulay ahvolga tushib hammaga kulgi bo’ladi. Opera quvnoq to’y marosimi bilan yakunlanadi.
Nohaqlik va o’z huquqlarining poymol etilishini boshidan kechirgan kompozitorga komediya syujeti juda yoqqan. Oddiy kishining boy-badavlat adolatsiz kishi ustidan ustunligini ko’rsatish imkoniyati Motsartni ayniqsa qiziqtirdi. Opera teksti - librettoni yozgan italyan shoiri Lorenco da Ponte cenzura talablariga ko’ra komediyaning o’tkir hajviy joylarini silliqlashga majbur bo’ldi. Shunga qaramay operaning asosiy g’oyasi - hizmatkorning ho’jayin ustidan ustunligi g’oyasi saqlab qolindi.
Operaning uvertyurasi sho’x, quvnoq xarakterda yozilgan va o’zida butun operaning mazmunini aks ettiradi. Uvertyura sonata shaklida yozilgan, lekin unda rivojlov bo’limi yo’k. Bosh mavzu re majorda yozilgan va sho’x, g’ayratli, quvnoq Figaro obrazini ifodalaydi. Orkestrda asosan skripkalar ijro etadigan yordamchi mavzu juda go’zal va jozibali bo’lib boshqa kahramon Syuzannaning musiqiy xarakteristikasidir.
"Figaroning to’yi" operasiga yozilgan uvertyura shu xildagi asarlar orasida o’zining ajoyib xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun uni alohida, ya’ni operadan ajratib kontsertlarda ijro etish ham odat tusiga kirgan.
Opera bosh kahramoni Figaro partiyasi bariton ovozi uchun yozilgan. Uning ariyalari va u qatnashgan ansambllar Figaro xarakterining turli tomonlarini -quvnoqlik, topqirlik, g’ayratlilik va uddaburonlikni ko’rsatadi. Ayniqsa birinchi pardadagi ariyasi nihoyatda mashhur. Ariyada harbiy hizmatga borish buyurilgan yosh hizmatkor Kerubinoning kelajagi haqida so’zlanadi. Ariya rondo shaklida yozilgan. Marsh xarakteridagi asosiy tema - refren uch marta takrorlanadi, orasida esa engil, jozibali va harbiy signal xarakteridagi musiqa eshitiladi.Bu mashhur ariya boshqa cholg’u sozlari ijrosi uchun ham moslangan.
"Figaroning tuyi" operasidagi barcha nomerlar - ariyalar, ansambllar, xorlar, raqs nomerlari juda chiroyli kuylar asosida yozilgan. Shuning uchun opera musiqasi o’sha davrdayoq mashhur bo’ldi. Hozirgi kunda ham bu opera millionlab musiqa ixlosmandlarining eng sevimli asarlaridan biri hisoblanadi.
Motsart butun ijodiy yo’li davomida simfonik orkestr uchun asarlar yozgan. Bu soxa kompozitor ijodining muhim tarkibiy qismidir. Orkestr ijrosi uchun yozilgan 41 ta simfoniya, divertismentlar, serendalar, marshlar va raqslar Motsartning simfonik ijodini tashkil qiladi. Shubhasiz, simfoniyani kompozitor asosiy janr deb hisoblagan.
Kompozitor 8 yoshida yaratgan dastlabki simfoniyalarda I.X.Bax asarlarining ta’siri sezilib turadi. Keyinchalik Gaydn yaratgan klassik simfoniya qonuniyat-larini chuqur o’zlashtirgan Motsart bu borada yuksak natijalarga erishdi. Birinchi simfoniyalar xali yosh kompozitor o’z uslubini topmaganligini ko’rsatadi. Ular syuita, serenada, divertismentga yaqin bo’lib turkumdagi bir umumiy mavzu va yaxlitlik sezilmaydi. Lekin bu asarlarda kompozitorning o’sib, rivojlanib borayotgan qobiliyati va ijodiy salohiyatini sezish mumkin. Nihoyatda chiroyli kuylar, musiqiy fikrni orkestr vositalari orqali ifodalashdagi yangilik va o’ziga xoslik bu fikrni isbotlaydi. O’zining qisqa ijodiy yo’li davomida Motsart bir paytning o’zida ham operalar, ham simfoniyalar yaratish ustida ishlagan. Shuning uchun bunday turli janrdagi asarlarning xususiyatlari bir-biriga ta’sir o’tkazganini ko’rish mumkin. Ya’ni Motsart operalarining musiqasni simfonik rivojlanish uslublari bilan boyitgan, simfoniyalar musiqasi esa operaga xos bo’lgan kuylash san’ati, kuychanlik xususiyatini o’zida mujassamlashtirgan.
Motsart 1788 yil yozgan uchta oxirgi simfoniyasi (№39, №40, №41) eng yetuk va barkamol asarlar bo’lib, kompozitorning bu janrdagi izlanishlarining natijasi, to’plagan bilimlari va boy tajribasining yorqin namunasidir.

Download 261.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling