Mavzu: Vaksina ishlab chiqarish


-o‘ldirilgan yoki kuchsizlantirilgan mikroblar


Download 0.8 Mb.
bet5/7
Sana05.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#227161
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish . Vaksina.

-o‘ldirilgan yoki kuchsizlantirilgan mikroblar;

-ularning toksinlari yoki antigenlari, bu komponentlarga nisbatan inson immun tizimi antitelolar ishlab chiqara boshlaydi.

  • Vaksinalarning maqsadi – organizmda adaptiv immun javobni rag‘batlantirib maxsus turdagi hujayralarni ishlab chiqarishga qaratiladi, ya’ni organizm kasallik qo‘zg‘atuvchisi bilan qayta to‘qnashganda tezkor va kuchli immun javobni qaytara oladi.
  • Immunogenni tabiatiga qarab vaksinalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  • -tirik yoki butun mikrobli yoki tirik virionli vaksinalar, o‘zida kuchsizlantirilgan mikroorganizmlarni saqlab (bakteriya yoki viruslar), tayyorlanish jarayonida uzining butunligini saqlab qoladi;
  • -korpuskulyar vaksinalar (ularning tarkibiga ulik qo‘zg‘atuvchilar kiradi);
  • -kimyoviy yoki sintetik vaksinalar (tarkibida qo‘zg‘atuvchiga nisbatan antigenlarni saqlaydi), mikroorganizmlarning hayot faoliyati mahsulotalaridan (misol uchun - anatoksinlar) yoki integral komponentlaridan olinadi, ya’ni submikrob yoki subvirion vaksinalar;
  • -rekombinant yoki gen-muhandislik vaksinalari, mikroorganizmlarning alohida genlarining ekspressiya mahsulotlaridan olinadi, ular maxsus hujayra tizimlarida gen muhandisligi usullari yordamida olinadi, bunda mikroorganizm genlari achitqi hujayralariga joylashtiriladi, shundan so‘ng antigenlar vaksina ishlab chiqarish uchun achitqilardan ajratib olinadi.
  • Monovaksinalar organizmda bitta qo‘zg‘atuvchiga nisbatan immunitetni ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘sa, polivaksinalar esa organizmni bir vaqtning o‘zida bir necha kasallikardan himoyalaydi.
  • Brutsellez, tulyaremiya, o‘lat, sibir yazvasi, tuberkulyoz, chechak, gripp, qizamiq, qutirish, tepki va poliomielitga qarshi vaksinatsiya o‘tkazishda tirik vaksinalardan foydalaniladi, bu vaksinalar o‘z tarkibida bakteriya va viruslarning kuchsizlantirilgan shtammlarini saqlaydi.
  • Korpuskulyarvaksinalar aholini ko‘kyo‘tal, tif, dizenteriya, poliemielit, ensefalit, paratif va boshqa kasalliklardan himoyalash uchun qo‘llaniladi.
  • Kimyoviy vaksinalar korpuskulyar vaksinalarga nisbatan nisbatan samaraliroqdir. Tayyor antigenli kimyoviy vaksinalar tif, ko‘k yo‘tal, tuberkulez, paratif A va paratifa V ning profilaktikasi uchun qo‘llaniladi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling