3. Ishlovchi personalni viruslar bilan zararlanmaslik oldini olish choralarini ko‘rish kerak. 4.Vaksina ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish texnologiyasini bo‘zilishi natijasida vaksinaning ba’zi partiyalariga etarli darajada jonsizlanmagan viruslar tushib qolishi mumkin. 5. Attenuirlangan shtammlar reversiyalanishi mumkin va boshlang‘ich shtamm xolatiga qaytadi. 6. Saqlash muddatini chegaralanganligi. Immunobiotexnologiya – immunologiyaning yangi yo‘nalishi bo‘lib, biotexnologiya asosida yuqori samarali diagnostik va davolovchi vositalarning olinishini ishlab chiqadi. Infeksion kasalliklar bilan kurashishda vaksina profilaktika katta o‘rinni egallaydi.Vaksiana profilaktika tufayli suvchechak, poliomielit, diftiriya kabi kasalliklar bilan kasallanish kamaygan, qizamiq, ko‘kyo‘tal, sibir yazvasi, tulyaremiya va boshqa infeksion kasalliklar hozirgi vaqtda juda kam uchraydi. Vaksinoprofilaktikaning muvaffaqiyati vaksinaning sifatiga va kasallik tarqalgan kontinentning vaqtida privivkalarni etkazib berishga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |