Asosiy ta’sir etuvchidan tashqari vaksina tarkibiga yana quyidagilar kirishi mumkin: -konservant (preparatlarning sterilligini ta’minlash uchun), - to‘ldiruvchi, - stabilizatorva nospetsifik aralashmalar (virusli vaksinalarning kultivatsiyalanish substratining oqsillari, antibiotikning kam miqdori, hayvon zardobining oqsillari) Vaksinalarni ishlab chiqarishda inson organizmiga kiritish mumkin bo‘lgan mikroorganizmlardan foydalaniladi. VAKSINA VA ZARDOBLAR O‘RTASIDAGI FARQ - -vaksinalar uzoq muddatli immunitetni hosil qilib – antitelolar organizm tomonidan ishlab chiqariladi.
- Zardoblar o‘z tarkibida tayyor antitelolarni saqlab, qo‘zg‘atuvchi bilan zararlangan organizmga qisqa muddatli ta’siri uchun kiritiladi.
- - Vaksinalarning asosiy vazifasi – kasallik profilaktikasi hisoblanadi, bu vaqtda zardoblar kasallikni davlash maqsadida qo‘llaniladi;
- -vaksinalar ta’siri uzoq muddatga cho‘zilgan bo‘lib, zardoblar o‘sha ondayoq ta’sir etadi (shuning uchun zardoblarni organizm zararlangandan so‘ng qisqa muddat ichida kiritilish kerak);
- -vaksinalar uzoq muddatga turg‘un immunitetni hosil qiladi, zardoblar esa faqatgina qisqa vaqt davomida ta’sir etadi;
- -vaksinalar yordamida oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklar spektori ancha keng, zardoblar yordamida oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklar esa u darajada ko‘p emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |