Мавзу: Валюта биржаси ва унинг фаолият йўналишлари
Валюта биржаси тушунчаси Валюта биржаси тушунчаси
Download 0.72 Mb.
|
Валюта биржаси ва унинг фаолият йўналишлари
Валюта биржаси тушунчасиВалюта биржаси тушунчаси“O‘zRVB” AJning o‘rta va uzoq muddatli Rivojlanish strategiyasiga muvofiq operatsiyalar hajmi va bozor likvidligini oshirish, birja bozorlarini faollashtirish va savdo ishtirokchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tarif siyosatini optimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar doimiy ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Shu munosabat bilan, ayrim birja instrumentlari, jumladan RUB/UZS (Rossiya rubli/so‘m) va CNY/UZS (Xitoy yuani/so‘m) valyuta juftliklari oldi-sotdisi, banklararo valyutaviy svop, dilerlararo RЕPO operatsiyalari bo‘yicha vositachilik mukofoti 2022 yil 1 avgustdan 2022 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan muddatga undirilmasligi bo‘yicha qaror qabul qilindi. O‘zRVB - respublikaning eng yirik va ko‘p funksiyali birja platformasi, savdo maydonlari, hisob-kitob va kliring tizimi hamda depozitariyni o‘z ichiga olgan noyob integratsiyalashgan tizim bo‘lib, valyuta, pul va muddatli bozorlarda, shuningdek, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida birja savdolari tashkilotchisi hisoblanadi. Мисол тариқасида O‘zbekiston respublika valyuta birjasi savdolarida ilk marotaba inflyatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlari muvaffaqiyatli joylashtirildi
Savdolar davomida ishtirokchilar tomonidan umumiy qiymati 180,8 mlrd. so‘mlik 191 ming dona obligatsiyani sotib olish uchun buyurtmalar kelib tushdi. Auksion natijalariga ko‘ra, 106,30 mlrd.so‘m miqdoridagi 111 ming dona obligatsiya joylashtirilgan bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha kupon daromadining o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi yillik 19,2436% ni tashkil etdi. O‘zRVB birja mahsulotlari qatorida savdo ishtirokchilariga taklif etilayotgan ushbu investitsiya vositasi inflyatsiya bilan bog‘liq yo‘qotishlarga qarshi kafolat instrumenti hisoblanib, inflyatsiya xatarlarini xedjlashga imkon beradi.
Bunda, mazkur obligatsiyalarning asosiy afzalligi bo‘lib, ular bo‘yicha kupon daromadi foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hisoblab chiqilgan iste’mol narxlari indeksiga muvofiq indekslanishi hisoblanadi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling