Mavzu: Valyuta kursi Mundarija


-rasm. Valyuta kursini targetlash rejimini qo‘llanishi quyidagi shart


Download 243.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana20.11.2023
Hajmi243.93 Kb.
#1787904
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5429552305319979821

12-rasm. Valyuta kursini targetlash rejimini qo‘llanishi quyidagi shart 
sharoitlar bilan chambarchas bog‘liq: 
• 
valyuta kursining maqsadli ko‘rsatkich doirasida bo‘lishini ta’minlashda 
markaziy banklarning imkoniyati oltin-valyuta zaxiralarining hajmiga 
bog‘liq bo‘ladi. 
• 
Zaxiralarning yetarlicha bo‘lmasligi valyuta kursining kadrsizlanishiga olib 
keladi, bu esa keyingi davrlarda ham devalvatsion va inflyatsion kutilmalarni 
oshiradi. Bu, o‘z navbatida, import narxlarining oshishiga hamda ichki 


30 
valyuta bozorida cheklovlarning o‘rnatilishi natijasida iqtisodiyotda xufyona 
valyuta bozori va turli ayirboshlash kurslarining yuzaga kelishiga sabab 
bo‘ladi; 
• 
milliy valyuta ayirboshlash kursining bir necha marta rejali devalvatsiyasi 
amalga oshirilganda, devalvatsion va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi 
oqibatida inflyatsiya darajasi oshishi xatari yuzaga keladi; 
• 
nominal ayirboshlash kursi qat’iy belgilanadigan sharoitda real ayirboshlash 
kursining oshishi to‘lov balansining yomonlashishiga va iqtisodiyotda 
devalvatsion xatarlarning ortishiga olib keladi; 
• 
narxlar darajasi va ayirboshlash kursiga bo‘lgan bosimning kuchayishi 
markaziy banklarning moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi imkoniyatiga 
nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Mazkur sharoitda barqarorlikni 
ta’minlashga foiz stavkalarining oshirilishi orqali erishiladi. Bu esa o‘z 
navbatida, iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini 
ko‘rsatadi. 
Xorijiy mamlakatlar, shu jumladan, mustaqil davlatlar hamdo‘stligi 
davlatlari tajribasi ayirboshlash kursini targetlash oltin-valyuta zaxiralarining 
sezilarli darajada kamayishi, kursning sun’iy ravishda ushlab turish oqibatida 
mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligining pasayishi, eksport sektori 
rivojlanishining sekinlashishi va iqtisodiyotning tashqi omillarga ta’sirchanligining 
oshishi kabi qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. 
Bugungi kunda aholining inflyatsion kutilmalari ko‘p jihatdan valyuta 
bozoridagi almashuv kursining dinamikasi bilan bog‘liqligini inobatga olgan holda, 
qisqa muddatli davrda milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlash pul-kredit 
siyosatining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Bunda, almashuv kursi barqarorligini ta’minlash vazifasi bevosita markaziy 
bankning to‘g‘ridan-to‘g‘ri intervensiyalari hisobiga emas, balki quyidagi 
choralarni bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish orqali ta’minlanadi: 
• 
qisqa muddatli davrda valyuta kursi o‘zgarishi tebranishlari kengligini 
bosqichma-bosqich oshirish yo‘li bilan valyuta bozoridagi talab va taklif 


31 
muvozanatiga erishish hamda valyuta bozorini ta’minlanganlik darajasini 
oshirish; 
• 
pul-kredit siyosatining foiz va boshqa instrumentlarini ustuvor ravishda 
qo‘llash hamda bank tizimida tegishli hajmdagi likvidlikni saqlab turish 
orqali valyutaga bo‘lgan talabga ta’sir ko‘rsatish. 
Ushbu maqsadlarga erishish uchun Markaziy bank “xalqaro valyuta 
zaxiralarining neytralligi” tamoyiliga amal qiladi, ya’ni ishlab chiqaruvchilardan 
qimmatbaho metallarni xarid qilish natijasida bank tizimiga tushgan milliy 
valyutadagi mablag‘larning sterilizatsiyasini amalga oshiradi. 
Shu bilan birga, iqtisodiyotda mavjud yuqori inflyatsion bosimning milliy 
valyuta kursi barqarorligiga salbiy ta’sirini inobatga olib, kelajakda valyuta 
kursining barqarorligini ta’minlash ko‘p jihatdan inflyatsiya darajasini 
pasaytirishga bog‘liq bo‘ladi. 
Real almashuv kursining muvozanatli darajasini ta’minlash uchun valyuta 
kursining dinamikasi ichki bozordagi hamda asosiy savdo hamkor mamlakatlardagi 
narxlar darajasining o‘zgarishini o‘zida aks ettirishi kerak. 
Ushbu jihatlar hamda valyuta bozorining joriy rivojlanganlik darajasini 
inobatga olgan holda, Markaziy bank intervensiya siyosatida dastlabki 
bosqichlarda asosiy e’tibor fundamental omillar emas, balki qisqa muddatli davrda 
valyuta bozorida talab va taklifning nomuvofiqligi natijasida yuzaga keladigan 
valyuta kursidagi keskin tebranishlarning oldini olishga qaratiladi. 
O‘rta muddatli istiqbolda ichki valyuta bozorini rivojlantirish vazifasiga 
valyutani tartibga solish va valyuta kursi shakllanishini liberallashtirish, jumladan, 
almashuv kursi tebranishi chegaralarini oshirish vositasida erishiladi. 
Bu, o‘z navbatida, valyuta bozorining rivojlanish va ta’minlanganlik 
darajasini oshirishga hamda valyutaga bo‘lgan talab va taklifning muvozanatiga 
erishish uchun bozor mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. 
Valyuta svopi, valyuta opsionlari, fyucherslar va shu kabi instrumentlarni 
amaliyotga joriy qilinishi valyuta bozorini rivojlantirish va valyuta almashuv kursi 
barqarorligini ta’minlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratadi. 


32 
Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish jarayonida samarali pul-kredit 
siyosatini amalga oshirish, o‘z navbatida, pul-kredit siyosati instrumentlari ta’sirini 
cheklovchi omillarni aniqlash va bartaraf qilishni talab etadi. 
Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosati 
instrumentlari 
samaradorligiga 
hamda 
uning 
transmission 
mexanizmini 
ko‘rilayotgan choralarni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga o‘z vaqtida va to‘liq 
o‘tkazish imkoniyatiga bog‘liq. 
Pul-kredit siyosatini rivojlantirishning hozirgi bosqichida zamonaviy pul-
kredit instrumentlarini joriy etish, amaldagilarini takomillashtirish va ularning 
ta’sir mexanizmini mustahkamlash, shuningdek ichki iqtisodiy cheklovlarni 
bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor 
ravishda e’tibor qaratiladi. 
Yangi iqtisodiy voqelikda pul-kredit instrumentlaridan foydalanish 
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari kompleksida majburiy zaxira talablarini 
takomillashtirish ham ko‘zda tutilgan. 
Bunda, amaldagi majburiy zaxiralash tartibi banklarning likvidligiga 
qo‘yilgan prudensial talablarni hisobga olgan holda zaxiralash me’yorlari, 
valyutasi va hisoblash bazalarini optimallashtirish orqali takomillashtiriladi. 

Download 243.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling