Mavzu: Valyuta kursi Mundarija


-rasm. Markaziy bank Boshqaruvi «O’zbekiston Respublikasida


Download 243.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana20.11.2023
Hajmi243.93 Kb.
#1787904
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5429552305319979821

15-rasm. Markaziy bank Boshqaruvi «O’zbekiston Respublikasida 
valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida»gi 
qarorni qabul qildi (31.08.2020 yilda 
3281
-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan). 


37 
 Xalqaro amaliyotga muvofiq Qoidalar bilan valyutani tartibga solish 
sohasidagi qonunosti hujjatlari normalarini birxillashtirish yo’li bilan valyuta 
operatsiyalarini amalga oshirishning yagona tartibi belgilandi. 5 ta normativ-
huquqiy hujjatning o’z kuchini yo’qotgan deb topilishi valyuta operatsiyalarini 
amalga oshirish tartibining soddalashtirilishiga zamin yaratadi. 
 Hujjat bilan quyidagilar tartibga solingan: 
• 
tijorat banklari tomonidan rezidentlarning va norezidentlarning chet el 
valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish; 
• 
ichki valyuta bozorida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan chet el 
valyutasini sotish va sotib olish operatsiyalarini amalga oshirish; 
• 
jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga 
oshirish; 
• 
O’zbekiston hududida naqd chet el valyutasini qabul qilish; 
• 
tijorat banklari tomonidan naqd valyuta mablag’larini O’zbekiston 
hududidan olib chiqish va olib kirish. 
Qoidalar bilan quyidagi yangiliklar joriy etilmoqda: 
Birinchidan, quyidagi normalar bekor qilindi: 
• 
jismoniy shaxslardan valyuta operatsiyasini amalga oshirish uchun pasport 
nusxasini taqdim etish talab etilardi; 
• 
banklarning mijozlari bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish chog’ida 
ortiqcha vaqt va hujjatlar talab etilardi; 
• 
valyuta birjasi savdolarida ishtirok etish uchun mijozning hisobvaraqlarida 
albatta mablag’lar zaxirasi mavjud bo’lishi talab etilardi. 
Markaziy bankning valyuta ayirboshlash shoxobchalarini ro’yxatga olish va 
ularga guvohnomalar berish amaliyoti bekor qilinmoqda. 
Ikkinchidan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mablag’larni ayirboshlash 
jarayoni, shuningdek banklar tomonidan ularning chet el valyutasini sotib olish 
uchun arizalarini ko’rib chiqish tartibi soddalashtirildi. 


38 
Uchinchidan, sotib olingan valyutadan foydalanishda qulayliklar, xususan 
turli sabablarga ko’ra hisobvaraqqa qaytarilgan valyuta mablag’lari bilan takroran 
operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. 
To’rtinchidan, ayirboshlash 
operatsiyalarini 
rasmiylashtirish 
tartibi, 
ayirboshlash shoxobchalari xodimlarining soni, xavfsizlikka doir talablar, ularni 
monitoring qilish tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. 


39 
Xulosa 
2020 - yilda valyuta siyosati milliy valyuta almashuv kursi keskin 
tebranishlari oldini olishga, inflyatsion jarayonlarni jilovlashga hamda 
mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning ichki va tashqi bozorlardagi 
raqobatbardoshligini qo’llab-quvvatlashga yo’naltirildi. 
Bunda valyuta bozorini samarali tartibga solish maqsadida valyuta kursining 
o’zgarib boruvchi boshqariladigan strategiyasini qo’llash orqali so’mning AQSh 
dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko’rildi. 
Mazkur davrda so’mning Buyuk Britaniya funt sterlingiga nisbatan 
almashuv kursi 11 foizga, evroga nisbatan 2,8 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 15,8
foizga, Yaponiya ienasiga nisbatan 17 foizga va Janubiy Koreya voniga nisbatan 
8,7 foizga pasaydi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy binkining monetar siyosati o’ziga xos 
xususiyatlarga ega. Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari tizimida Markaziy 
bankning pul-kredit va valyuta siyosatining iqtisodiyotga ta’siri kapitallarni eksport 
va import qilishni rag’batlantirishda namoyon bo’ladi. Buning mazmuni milliy 
valyuta kursini barqaror saqlab turish bilan belgilanadi. Milliy valyuta kursini 
barqaror ushlab turish uchun esa, hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankiga oltin-valyuta zahiralarini boshqarish topshirilgan. Sumning
nisbiy barqarorligiga faqat makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni bir maromga 
etkazilgandagina erishish mumkin. 
Valyuta munosabatlarini tartibga solishni erkinlashtirish makroiqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlash, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini bosqichma-bosqich 
kamaytirish, kapitallar harakatiga nisbatan o’rnatilgan cheklovlarni olib tashlash, 
moliya tizimida izchil islohotlarni o’tkazish kabi shart-sharoitlarni yuzaga 
keltirishni taqozo etadi.So’mni muomalaga kiritilishi bilan O’zbekistonda milliy 
valyuta tizimi shakllandi va uning elementlariga xos bo’lgan quyidagi xususiyatlar 
aniqlandi: 


40 
a) valyuta tizimining birlamchi asosi bo’lib so’m hisoblanadi va uning joriy 
valyuta 
operatsiyalari 
bo’yicha 
xorijiy 
valyutalarga 
erkin 
konvertirlanishi 2003 yilning 15 oktyabridan boshlab ta’minlangan; 
b) “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi 
Qonuniga muvofiq so’mning kurs rejimi erkin suzish rejimi hisoblanadi; 
v) O’zbekiston Respublikasi hududida xalqaro kredit muomala vositalaridan 
foydalanish tartibini belgilaydigan qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlar mavjud 
emas. Shu sababli mazkur tartib Xalqaro umumlashgan qoidalar asosida 
belgilanadi; 
g) O’zbekistonning xalqaro valyutaviy likvidliligini ta’minlashda XVFning 
oltin-valyuta zaxiralarining uch oylik importni qoplashga etishiga asoslangan 
metodikasidan foydalanilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi milliy valyuta tizimining barqarorligiga salbiy 
ta’sir qilayotgan muammolar quyidagilardir: 
a) milliy valyuta qadrsizlanishi jarayonining davom etayotganligi; 
b) xorijiy valyutalardagi to’lovlarni amalga oshirish ketma - ketligida 
noaniqliklarning mavjudligi. 
Milliy valyuta kursi rejimlarini qo’llash amaliyotini tahlil qilish natijalari 
shuni ko’rsatdiki, birinchidan, to’lov balansining tushumlar va to’lovlar qismi 
eksport-importga qattiq bog’liq bo’lgan mamlakatlarda belgilangan kurs rejimini
qo’llash maqsadga muvofiq sanaladi; ikkinchidan, belgilangan kurs rejimi 
moliyaviy barqarorlik va inflyatsiyaning mo’’tadil darajasini ta’minlash imkonini 
beradi, degan g’oya amaliyotda o’z isbotini topmadi; uchinchidan, erkin
suzish rejimini qo’llashda mamlakat etakchi savdo hamkorining milliy 
valyutasidan bazaviy valyuta sifatida foydalanish milliy valyutaning barqarorligiga 
ijobiy ta’sir ko’rsatadi.Mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining asosiy
qismi AQSh dollarida amalga oshirilishini inobatga olib, so’mning boshqa xorijiy 
valyutalarga nisbatan almashuv kurslarini belgilashda operatsion mo’ljal sifatida 
so’mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursidan foydalanildi; 


41 
So’mning etakchi valyutalarga nisbatan almashinuv kursi yillar mobaynida 
pasayib kelmoqda. Bu holat ayniqsa AQSh dollarida sodir bo’layotganligini 
inobatga olsak, eksportni qo’llab-quvvatlashda muhim o’rin tutadi. Chunki 
mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining asosiy qismi AQSh dollarida amalga 
oshiriladi; 
Xohlagan bir valyuta bo’yicha ochiq valyuta pozitsiyasi deganda bankning 
shu xorijiy valyuta bo’yicha aktivlarining majburiyatlaridan oshgan 
summasi tushuniladi va u uzun valyuta pozitsiyasi deb yuritiladi.
Bank valyutani sotib olganda u uzun valyuta pozitsiyasiga ega bo’ladi va uni 
shu valyuta bo’yicha boshqalar oldida talabi oshadi, sababi sotgan tomon 
valyutani etkazib berish majburiyatini olgan; 
Valyuta pozitsiyasiga limit har bir davlatda uning iqtisodiyotining holati va 
mamlakatning moliyaviy tizimining o’ziga xosligidan kelib chiqib o’rnatilishi 
mumkin. 


42 

Download 243.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling