Mavzu: vaqt haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda sechonov va pavlov tajribalari
Sinfdan tashkari mashg’ulotlarda yoki tanaffuslarda vaqtni his qilishni rivojlantiruvchi o’yinlarni taklif etish foydalidir
Download 39 Kb.
|
VAQT HAQIDAGI TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISHDA SECHONOV VA PAVLOV TAJRIBALARI
3.Sinfdan tashkari mashg’ulotlarda yoki tanaffuslarda vaqtni his qilishni rivojlantiruvchi o’yinlarni taklif etish foydalidir.
1. Sekundlarni baland ovoz bilan sanab, har sanoqda qo’lingizni yuqoriga ko’taring. Keyin xohlagan o’quvchilar navbat bo’yicha shu ishni bajarishsin. Maromidan adashib ketgan bolalarni to’g’rilab ko’ring. Keyin sekundlarni jamoa bo’lib sanang. Yorug’lik tablosida vaqt ko’rinib turadigan soatlardan yoki metronomdan foydalanilsa, ish yaxshi samara beradi. 2. Bolalarga eslating: oltmish sekund bir minutga teng. Har bir o’quvchi Sizning ishorangiz bo’yicha to’liq sukunatda o’z ichida sanay boshlasin va 1 minut o’tgandan so’ng qo’lini ko’tarsin. Ishni yakunlang - kim vaqtida ko’tardi, kim ilgari, kim esa keyin qoldi. 3. Bolalar bo’ylariga qarab safga tizilishlariii taklif eting. Bu ishni ular qancha vaqtda bajarishlarini soatga qarab kuzatib turing. Safga bundan ham tezroq tizilish mumkinligini va zarurligini tushuntiriig. Bolalar tarqalishsin va Sizning buyrug’iigiz bo’yicha yana safga tizilishsin. Bolalar bilan birgalikda bu ishga kerak bo’ladigan eng kam vaqtni aniqlang. 4. Bolalarni safga tizing va ular ishora bo’yicha tarqalishlarini, biroq rosa uch minutdan so’ng har bir bola o’z o’rniga qaytishi lozimligini e’lon qiling. Yakunlang: kim oldin, kim o’z vaqtida keldi, kim chiqdi. Uchinchi sinfda juda katta o’lchovlar: asr, davr va kichik o’lchov - sekund o’rganiladi. Yilni tasavvur etish uchun ushbu grafik ish taklif etiladi: 10 sm uzunlikdagi kesma chiziladi. Uni teng 10 bo’lakka bo’linadi. Bir bo’lim 10 yilga mos bo’lsin. Butun kesma necha yilga mos keladi? (100 yil = 1 asr.) Shunday qilib, biz asr kesmasini chizdik (3-rasm). A B 6.5 3-rasm Unda 5 sm ga teng kesma qo’ying. Asr kesmasiga turli tarixiy sanalar bo’yicha misollar tuzish mumkin. 10 yil - bu Sizning yoshnngizga mos kesma. Asr haqidagi tushuncha eng murakkabdir: bola fikran bu ulkan vaqt oralig’ini qamrab olishi qiyin. Asr haqidagi tushuncha sekin-asta, asosan turli tarixiy voqealar bilan tanishish jarayonida rivojlanadi. «Vaqt kesmasi» dan foydalanib, uchinchi sinf o’quvchilari u yoki bu voqea qaysi asrda sodir bo’lganligini, biz qaysi asrda yashayotganimizni, 21 asr qaysi yili boshlanishini aniqlaydilar va hokazo. O’zining qisqaligi tufayli, «sekund» sekin-asta o’zlashtiriladi. Sekundni qo’lda «tutib» olish mumkin: «kaftlaringizni yaqinlashtirib ochib, lablaringiz yaqinida tuting, men bilan birga yigirma uch deng. Bir sekund o’tdi». Sekundning davomiyligini metronom yordamida ko’rsatish mumkin yoki 25 sm li ipga osib, mayatnik yasab oling. Uning bitta to’la tebranishini namoyish eting, bir sekund o’tdi. O’quvchilarni vaqt o’lchovlari bilan tanishtirilganidan so’ng o’lchovlar tizimga solinadi, vaqt o’lchovlari jadvali tuziladi. Vaqt o’lchovlarini o’rganish jarayonida o’qituvchi tarbiyaviy suhbatlar o’tkazish imkoniyatiga ega. Bu odam o’tmishda vaqtni qanday o’lchaganligi haqida, dastlabki taqvimlar haqida yoki soatlar haqida va hokazolar bo’lishi mumkin. O’quvchilarning kundalik hayotda ko’p ishlatadigan vaqt tushunchalari, bu yil, oy, hafta kabi tushunchalardir. Bu tushunchalar ayrim o’quvchilarga tanish ammo, bu tushunchalar o’quvchilarga o’rgatishdan maqsad: ularga yil, oy, hafta kabilar to’g’risida tasavvurlarni shaklllantirish tizimlashtirish va amaliyotda qo’llay bilishga o’rgatishdan iborat. Ushbu tushunchalarni shakllantirish uchun kerakli o’quv vositalari: Yil taqvimi, fasllar, oylarni o’zida mujassamlantirgan ko’rgazmali qurol. Ushbu mavzu yuzasidan tahminan quyidagicha savol javoblarni o’tkazish mazmuni. -o’quvchilar bu yil qaysi yil? -2020 yil (ikki ming yigimanchi yil) O’qituvchi 2020yil taqvimi ko’rsatilgan ko’rgazmali qurolni doskaga ilib o’quvchilar diqqatini yil tashkil qilgan oylarga qaratadi. Bir yilda 12 oy borligi, bu oylar yanvar, fevral, mart, aprel, may, iyun, iyul, avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr, dekabr Taqvimni qarang va ayting. 1) yil qaysi oy va qaysi kundan boshlanadi? 2) bir yilda necha oy bor? Ularni tartibi bilan ayting? Har qaysi oy necha kundan iborat? 3) sizning tug’ilgan kuningiz qaysi oyda? Shu oy necha kundan iborat ? Shuncha kundan iborat oylarni aytib bering. 4) etti sutka yoki 7 kun bir hafta kunlarini tartibi bilan aytib chiqing. Bu yil 21 mart haftaning qaysi kuniga to’g’ri keladi? 8 martchi? 1 yanvarchi? 1 sentyabrchi? o’qituvchi taqvimga qarab O’zbekistonimizda bo’ladigan bayram kunlarini aniqlashni aytadi. Ya’ni yil hisobi qaysi sanadan boshlanadi? (1-yanvardan boshlanadi). -xalqaro xotin qizlar bayramiga mos keluvchi sanani ayting. (8-mart) -navro’zi olam qaysi sanadan boshlanadi? (21-martdan) -hotira va qadrlash kuni qaysi oy va qaysi kunni bildiradi? ( 9-may) -O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan kun (1-sentyabr) -o’qtuvchilar kuni qaysi sana? (1-oktyabr) Taqvimiy sanalarni puhta o’zlashtirgan o’quvchilar bilan bir yil 4 ta faslga: bahor, yoz, kuz va qish fasllariga bo’linishi har bir fasl tashkil etgan oy necha kundan iboratligi o’quvchilarga etkaziladi. Bu uchun ko’rgazmali vosita yahshi yordam beradi. Bu vosita yordamida “yil qanday fasllardan tashkil topgan?”, “kuz fasli oylarini ayting”, “bahor fasli o’zida qaysi oylarini qamrab olagan?”, “qish fasli oylari nomlarini keltiring”, “yoz faslida qaysi oylar to’g’ri keladi?”, “31 kun bo’lgan oylar nomini keltiring”, “yilning qaysi oyi eng qisqa?”, “ u oy necha kun?” kabi savollarga javob olinadi. O’qituvchi ijodiy yondashgan holda o’z mashg’ulotlarini ahborot tehnalogiyalaridan foydalangan holda tashkil etib, o’tsa dars juda qiziqarli va samarali bo’ladi. Vaqtga doir masalalar yechishga o’rgatish O’quvchilarni vaqtga doir masalalar echishga tayyorgarlik ishlari birinchi sinfdan boshlanadi. O’quvchilarda “erta”, “kecha”, “bugun”, “ertalab”, “kundo’zi”, “kechasi” kabi tasavvurlar shakllangach kechadan bugungacha, bugndan ertagacha qancha vaqt o’tganini o’quvchilar bir kun o’tdi deb hisoblashadi. Yoki ertalab maktabga kelgach to’rt soat dars o’qiydilar. Uyga borganlarida ota-onalari “qizim bugun necha soat dars o’qidingizlar?” deb savol berganlarida, “bugun to’rt soat dars o’qidik” deb javob beradilar. Bu bilan o’quvchilar hodisa davomiyligi to’g’risida tasavvur qila boshlaydilar. Ikkinchi sinfda o’quvchilar soat, minut kabi vaqt tushunchalarini o’rganishadi. Vaqt o’lchov birliklari orasidagi bog’lanishlarni bilib olishadi. Vaqtga doir sodda ko’rinishdagi masalalarni bajarishadi. Vaqtga doir masalalar echish ishi uchinchi sinfning uchinchi choragidan boshlanadi. Biror voqea qachon boshlnganligini yoki qachon tugaganini, u qancha vaqt davom etganini bilishga doir masalalarni soat moduli, taqvimlardan foydalanib echish mumkin. Bunday masalalarni arifmetik amallar yordamida ham echish mumkin.1 Vaqtga doir masalalar jumlasiga uchinchi ko’rinishdagi masalalarni kiritish mumkin. Biror hodisa yoki voqeaning boshlanishi va davom etish vaqtiga ko’ra tugallangan vaqtni topishga doir masalalar Biror hodisa yoki voqeaning boshlanishi va tugallanishiga ko’ra davom etishini topishga doir masalalar hodisa yoki voqeaning davom etishi va tugallaniiga ko’ra qachon boshlanishini topishga doir masalalar Masalaning echilishini tushuntiring: 1) Sport to’garigining mashg’udoti soat 15 da boshlanadi va ikki so’at davom etadi. To’garak mashg’ulotlari qachon tugaydi? 15+2=17 javob: soat 17 da 2) Bolalar bog’da 3 soat sayr qildilar va soat 14 da uylariga keldilar. Ular bog’ga qachon kelganlar? 14-3=11 javob: soat 11 da 3) Dorixona soat 12 dan soat 20 gacha ochiq bo’ladi. Dorixona necha soat ishlaydi? 20-12=8 javob: 8 soat Vaqtga doir masalalar 3-4 sinf darsliklarida keltirilgan. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida vaqt tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan usuliy tavsiyalar Boshlang’ich sinf o’quvchilarida vaqtga oid tasavvurlar shakllanishi bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisining kasbiy tayyorgarligi va mahoratiga bog’liq. Nazariy jihatdan chuqur bilimga ega bo’lgan o’qituvchi o’quvchilarga vaqt tushunchalarini o’rgatish bo’yicha quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi talab etiladi. 1. Boshlang’ich matematika kursining nazariy asoslarini puhta bilish miqdorlar nazariyasiga oid bilimlarga ega bo’lishi zarur. 2. Boshlang’ich sinflarda asosiy miqdorlar ustida ishlash metodikasini chuqur bilishi va uni amalda qo’llay bilishi kerak. 3. Yangi tahrirdagi boshlang’ich sinflar uchun Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturida matematika faniga oid o’quv materiallarining joylashishi va DTS talablariga rioya qilgan holda vaqt tushunchalarini o’rgatishni tizimli tashkil eta bilishi zarur. 4. O’quvchilarda vaqtga oid tasavvurlarni shakllantirish maqsadida yangi pedagogik tehnologiyalar tatbiq etib, dars jarayonida o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatini faollashtiruvchi, matematika faniga bo’lgan qiziqishini oshiruvchi, turli hildagi ta’limiy o’yinlar, klaster, BBB, aqliy hujum kabi metodlarni qo’llab, o’quv jarayonini tashkillashtirish maqsadga muvofiqdir. 5. Vaqtga oid tasavvurlarni shakllantirish maqfsadida o’qitish vositalaridan unumli foydalana bilish. Ayniqsa yil taqvimi bilan ishlash, fasllar va sutkani ifodalovchi doiraviy ko’rgazmali qurol, soat modellari va boshqa ko’rgazmali materiallardan samarali foydalana bilishi kerak. 6. Ushbu mavzuni o’tish jarayonida umumsinf ishi guruh ishi va yakka tartibdagi o’quv faoliyatlarini unumli tashkil eta bilishi kerak va ishlar mutanosibligini ta’minlay bilishi kerak. 7. O’quvchilarning vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirish maqsadida tajribada ko’p uchraydigan amaliy harakterdagi o’quv-topshiriqlar tizimini tuza bilishi kerak. 8. Vaqt tushunchalarini shakllantirishga qaratilgan sinf o’quvchilari bilim, malaka va ko’nikmalarini hisobga olish daftarini tashkil etishi maqsadga muvofiq. Ya’ni sinfdagi har bir o’quvchi vaqt haqida tushunchani qay tarzda o’zlashtirishini ifodalovchi jadval tuziladi. Download 39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling