Hozirgi bosqichda audit vazifalarini axborot texnologiyasi asosida markazlashtirilgan holda tashkil qilish quyidagilarni ta’minlaydi: - - foydalanuvchining ish joyida o’rnatilgan kompyuterlarni qo’llash, bu erda vazifalarni echish auditor tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi; - auditorlik tashkilotining iqtisodiy vazifalarini integratsiyalangan holda ishlab chiqilishini ta’minlovchi mahalliy va ko’p bosqichli hisoblash tarmoqlarini shakllantirish; - hisoblash texnikasida bajariladigan auditorlik hisoblashlar tarkibini ko’paytirish; - auditorlik kompaniyasi uchun korxonaning yagona taqsimlangan ma’lumotlar bazasini yaratish; - qog’ozsiz texnologiyalarga o’tish hujjatlarni yig’ish hamda ro’yxatga olish bo’yicha operatsiyalar mehnattalabligi darajasini kamaytiradi; - audit vazifalari majmualarini echishni integratsiyalash; - dialogli usulda amalga oshirish yo’li bilan axborot xizmat ko’rsatishni tashkil etish imkoniyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |