- Auditorlik tashkiloti ma’lumotlarning kompyuter ishlovining eng ko’p tarqalgan tizimilari kutubxonasiga ega bo’lishi va ularni amalda qo’llash xususiyatlarini o’rganishga harakat qilishi kerak. Auditorlik tashkiloti kompyuter vositalaridan foydalanganda mijozlarning doimiy ma’lumotlarini saqlash uchun fayllar ochadi.Fayllarga asosan auditorning ishchi hujjatlari ma’lumotlari kiritiladi. Ishchi hujjatlarning muhimligi ulardagi ma’lumotlarning ham muhimligini nazarda tutadi. Agar auditor o’z ishchi hujjatlarida zarur hajmdagi ma’lumotlar va dalillarni keltirmasa yoki buxgalteriya hisobi,ichki nazoratning ahvoli va hokazo haqida ahamiyatli ma’lumotlar bermasa, natijada auditorlik xulosasi ham asoslanmagan yoki noto’g’ri bo’lishi mumkin. Demak, asoslangan va to’g’ri auditorlik xulosasini olish uchun talabga javob beradigan mazmundagi ishchi hujjatlarni ishlab chiqish lozim. Mijoz bilan imzolangan birinchi shartnomadagi tarixiy yoki asosiy yangilanadigan hamda joriy va kelgusi auditorlik ekspertizasi va tekshiruvlarga aloqador bo’lgan axborotlar doimiy fayllarda saqlanadi. Doimiy fayllarga kiritiladigan axborotlarning ko’pincha qat’iy belgilangan chegaralari mavjud: mijozning qisqacha tarixi, faoliyat turi, kompaniyaning ta’sis hujjatlari, shartnomalari va bitimlaridan ko’chirmalar yoki ularning nusxalari, direktor va menejment; hisob yuritish siyosati; aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar bayoni, oldingi tekshiruvlar, tahlil ma’lumotlari va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |