Mavzu. Variatsiya, asimmetriya va ekssess ko`rsatkichlari reja: Variatsiya to`g’risida tushuncha. Variatsiya ko`rsatkichlari


Download 42.17 Kb.
bet3/6
Sana05.01.2022
Hajmi42.17 Kb.
#212552
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Maruza manti (2)

2. Variatsiya ko`rsatkichlari.

Statistikada variatsiya quyidagi ko`rsatkichlar yordamida tavsiflanadi (jadval):



Variatsiya ko`rsatkichlari


tt/r


Ko‘rsatkichlar


ishora


Hisoblash tartibi

oddiy qatorda

vaznli qatorda

1

O‘zgaruvchanlik ko‘lami (kenglik)

R


R = Xmax - Xmin


22


O‘rta chiziqli (mutloq) tafavut.




= ;

=;


3

O‘rta kvadrat chetlanish (dispersiya)

σ2



=;

Σ (x - )2f

σ2 = -------------:

Σf


4

O‘rta kvadratik chetlanish.





σ

Σ (x-)2

σ = √ -----------

n

(x - x)2f

σ = √-------------;

Σf


5

5


O‘zgaruvchanlikkoeffitsienti.


V

σ x 100

V=------------;





Bu erda: Xmaxbelgining eng katta darajasi; Xminbelgining eng kichik darajasi; x – variatsion qatorning alohida miqdorlari;



x – ularning o`rtacha miqdori;

f – hadlar soni (vazn);

Σ f – hadlar yig’indisi.

Variatsion kenglik (R) deyilganda belgining eng katta va eng kichik darajalari o`rtasidagi farq tushuniladi. Bu ko`rsatkich ranjirlangan qatorning ikkita chetki hadlariga asoslanganligi sababli ayrim hollarda o`zgaruvchanlikni noto`g’ri ta`riflashi mumkin. Bunday holat, odatda, chetki hadlar tasodifiy bo`lgan taqdirda sodir bo`ladi. Bu ko`rsatkichdan qatorning hadlari bir-biridan unchalik katta miqdorda farq qilmaydigan sharoitlarda foydalanish maqsadga muvofiqdir.

O`rtacha mutlaq tafovut (d ) alohida miqdorlar bilan ularning o`rtacha miqdori o`rtasidagi farqlarning to`plamdagi birliklar soni yig’indisiga bo`lgan nisbat natijasidir.

Dispersiya (σ 2) alohida miqdorlar bilan ularning o`rtacha miqdori o`rtasidagi farqlar kvadratining to`plamdagi birliklar soni yig’indisiga bo`lgan nisbat natijasidir.

Agar dispersiyani kvadrat ildizdan chiqarsak, u holda o`zgaruvchanlikning haqiqiy darajasi kelib chiqadi. Bu ko`rsatkich o`rtacha kvadratik tafovut deb ataladi.

Variatsiya koeffitsienti (v) o`rtacha kvadratik tafovutning (σ) o`rtacha miqdorga (x ) bo`lgan nisbat natijasiga teng. Bu koeffitsient qiymati, agar u foizda ifodalangan bo`lsa, 0 bilan 100 orasida bo`ladi. U 0 ga qancha yaqin tursa, o`zgaruvchanlik shuncha kuchsizligidan va 100 ga qanchalik yaqinlashsa, o`zgaruvchanlikning shunchalik kuchliligidan dalolat beradi.

Variatsiya koeffitsientini foizda ifodalash yordamida turlicha ifodalangan o`rtacha kvadratik tafovutlar bir xil asosga keltiriladi va ular yordamida turlicha hodisalar o`zgaruvchanligi qiyosiy tahlil qilinadi.




Download 42.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling