Mavzu: vatan taraqqiyotida mening hissam reja


Download 2.92 Mb.
Sana06.11.2023
Hajmi2.92 Mb.
#1750115
Bog'liq
vatan taraqqiyoti

MAVZU:VATAN TARAQQIYOTIDA MENING HISSAM

Reja:


1
2
3
Mas'uliyat haqida tushuncha
Inson daxldorligi
Vatan taraqqiyotiga kim munosib hissa qòsha oladi.✍️
Mas'uliyat nima:

Mas'uliyat bu majburiyatlarga rioya qilish va qaror qabul qilishda yoki biror narsa qilishda ehtiyot bo'lishdir. Mas'uliyat, shuningdek, kimdir yoki biror narsa uchun javobgar bo'lish faktidir.

Boshqacha qilib aytganda, mas'uliyat odamlarning bir-biriga bo'lgan ishonchiga javoban o'zingizga va boshqalarga g'amxo'rlik qilishni anglatadi. Biz mas'uliyat bilan javob beradigan bo'lsak, biz boshqalarga qilgan jamoat va sadoqatimizni ifoda etamiz.
Mas'uliyat bu qadriyat va axloqiy amaliyotdir, chunki u oilaviy, o'quv, ish va fuqarolik hayotiga ta'sir qiladi. Mas'uliyatli shaxs o'z vazifalarini o'z vaqtida va samarali bajaradi. Masalan, topshiriq va vazifalarni iloji boricha eng yaxshi bajaradigan, o'z ishiga mas'uliyatli shaxs javob beradi.
Shuningdek, kimdir o'z xatti-harakatlarining oqibatlarini o'z zimmasiga olganida javobgar deb aytiladi. Masalan, odam tasodifan begona narsaga zarar etkazsa va uni ta'mirlashga yoki yangisini almashtirishga tayyorlansa.
Qonunda javobgarlik deganda, harakatning boshqalarga etkazgan zararlari uchun javob berishning qonuniy majburiyati tushuniladi, har doim har bir ish uchun qonun bilan belgilangan muddatlarda.
Mas'uliyat ijtimoiy hayotning ko'plab sohalarida qo'llaniladi. Shuning uchun biz javobgarlikning har xil turlari, masalan, fuqarolik, ijtimoiy, fiskal, qo'shma va cheklangan javobgarlik va boshqalar haqida gaplashamiz.
Mas'uliyat so'zi lotin tilidan olingan reaksiya, fe'ldan Men javob beramanbu o'z navbatida takrorlash, orqaga qaytish va fe'l haqida fikr bildiruvchi re prefiksi bilan hosil bo'ladi. shimgichni, "va'da", "bog'lanish" yoki "majburiyat" degan ma'noni anglatadi.
“Mas’uliyat” tushunchasi arab tilidan tarjima qilinganda “javobgarlik”, “hisob bermoqlik” ma’nolarini anglatib, biror ish, xatti-harakat oqibati, natijasi uchun javoblarlikni anglatadi O‘zbek tilida “mas’uliyat” tushunchasining muqobili sifatida “javobgarlik” tushunchasi bevosita qo‘llaniladi. Masalan, davlat javobgarligi, huquqiy javobgarlik, ma’muriy javobgarlik va hokazo...
Daxldorlik xissini eng yuksak namunasi bu milliy g‘oya ruxiyati bilan yashashdir. Lekin, har doim ham daxldorlik bilan yashashga qarshi qaratilgan shunday tahdidlar borki bu avvalo insonlarni, jamiyat va davlatni strategik yo‘nalishini izdan chiqarib tashlaydi. SHulardan biri ma’naviy tahdiddir. Hozirgi murakkab sharoitda mamlakat kelajagi uchun bunday xurujlarga xalqimizning barcha qatlamlari bir tanu-bir jon bo‘lib kurash olib borishlari zarur. Agarki, biz bunday xatarlarga qarshi o‘z vaqtida qat’iyat va izchillik bilan kurash olib bormasak, turli zararli oqimlar bizning yurtimizga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarimizni o‘z girdobiga tortib ketishi, oqibatda ularning ota-ona, oila, el-yurt oldidagi burchi va mas’uliyatini o‘ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan xudpisand kimsalarga aylanib qolishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Mana shu achchiq haqiqatni yurtimizdagi har bir inson, har qaysi ota-ona, eng muhimi, har qaysi yigit-qiz chuqur anglab olishi va uni ongli ravishda tushunish hamda g‘arazli maqsadlarga qarshi kurashga shay bo‘lishi lozim. “Agarki mendan, deb yozgan edi Birinchi Prezidentimiz, hozirgi kunda ma’naviyatimizni asrash uchun nima qilish lozim va unga tahdid soladigan xurujlarga nimani qarshi qo‘yish kerak, deb so‘rasa, men avvalambor, shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirish, bugungi tez o‘zgarayotgan hayot voqeiligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi kerak.
Ona Vataniga muhabbati va sadoqati cheksiz bo‘lgan har bir fuqaro uchun mamlakat taqdiri o‘z taqdiridanda ustun turadi. Yurtga daxldorlik hissi har bir vatandoshimizni fidoyilikka, jonkuyarlikka undaydi. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasini kuzatib, barcha yurtdoshlarimiz qalbida ana o‘sha daxldorlik va fidoyilik hissi yana bir karra ortgan bo‘lsa, ajab emas.
O‘tgan davrda yurtboshimiz rahnamoligida ko‘plab keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi, qisqa fursatda yurtimizning barcha jabhalarida tub burilishlar yasaldi va misli ko‘rilmagan ishlar qilindi. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston o‘z taraqqiyotida yangi bosqichga qadam qo‘ydi.
«Inson qadri ulug‘ bo‘lgan diyor – Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi» dadil qadamlar, buyuk tashabbuslar ushbu Murojaatnomada aks ettirilib, mamlakatimizni yanada rivojlantirish, uni taraqqiy ettirish, jahon hamjamiyatidagi nufuzini oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yuksak loyihalar, barcha ezgu sa’y-harakatlarni inson qadri va uning manfaatlari uchun yo‘naltirish, yurtimiz istiqboli, ertamiz egalari – yosh avlod ta’limiga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish yo‘lidagi yangi istiqbollar o‘z ifodasini topdi.
Prezidentimiz tomonidan 2023 yilga «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb nom berilishi, yurtimizda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining yana bir namunasi bo‘ldi. Bejizga emas, mamlakatimizda inson qadr-qimmatini ulug‘lash, xalq manfaatlarini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha sa’y-harakatlarga eng ustuvor vazifa sifatida qaralib kelinadi.
Vatan - bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargohdir. Vatan - bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib boradigan zamindir.
Vatan deganda, hamisha o‘zimiz tug‘ilib o‘sgan, ko‘z ochib ko‘rgan, ta’lim-tarbiya olib voyaga yetgan, necha-necha avlodu ajdodlarimiz yashab o‘tgan, ularning aql-idroki, mehnati sarf qilingan yurt ko‘z oldimizga keladi.
Vatan ona kabi aziz va mukarramdir. Vatan insonga baxt-iqbol beradigan zamindir. Abdulla Avloniy aytganidek: «Har bir kishining tug‘ilib o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sgan joyini jonidan ortiq suyar... Biz turkistonliklar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar arabistonlarini, qumlik issiq cho‘llarini, eskimuslar shimol taraflar, eng sovuq qor va muzlik yerlarni boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi turonlik oson yerlarga o‘z vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi».
Download 2.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling