Mavzu: Vektorli grafik muharrirda polygon uskunasi bilan ishlash. Maqsad
Download 402.63 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Vektorli grafik muharrirda polygon uskunasi bilan ishlash. 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Многоугольник
- 3. Стандартные фигуры
- 4. a.-rasm. 4. b.-rasm.
- Savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
Mavzu: Vektorli grafik muharrirda polygon uskunasi bilan ishlash. Maqsad: Talabalarda polygon uskunasi yordamida ko‘pburchak chizishga oid malakalarini oshirish Nazariy qism: Ko‘pburchak CorelDRAW dasturida eng murakkab grafik shakl hisoblanadi. Ko‘pburchakni loyiha oynasida chizish uchun grafik uskunalar panelidagi Многоугольник bo‘limi yoki loyiha oynasida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali konteksli menyudan Создать объект bo‘limidan Многоугольник bandi tanlanadi. Bundan so‘ng, chap tomondagi tugmani tutib turib sichqoncha ko‘rsatkichi surilib, rasmda ko‘rsatilgandek besh qirrali ko‘pburchaklik hosil qilinadi: 1-rasm. Ko‘pburchak tayyor bo‘lganidan so‘ng, uni xohlagancha o‘zgartirish mumkin. Ko‘pburchakning parametrlari, uni chizishdan oldin ham berilishi mumkin. Многоугольник bo‘limida ko‘pburchak bilan birga ko‘plab shakllar va jadvallar hosil qilishda ham foydalanish mumkin: 2-rasm. Ushbu bo‘limda quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin: 1. Звезда – besh qirrali yulduzcha hosil qilish; 2. Спирал – yoysimon shakl hosil qilish; 3. Стандартные фигуры – parallelogram shaklini hosil qilish; 4. Инструмент «Динамика» – bir nuqtadan chiquvchi ko‘p sonli chziq chizish; 5. Разлинованная бумага – ko‘p sonli kvadratlar chizish. Keltirilgan shakllarni loyiha oynasida hosil qilingandan so‘ng, ularning aniq o‘lchamlarini ko‘rsatishda menyular satridan ham foydalanish mumkin: 3-rasm. Mazkur menyudan shaklni o‘lchamlarini o‘zgartirish bilan birga, uning chetki chiziqlarini yo‘g‘on va ingichka qilish, nuqta va uzuq chiziqli holatlarga o‘tkazish mumkin. Shuningdek, shaklni turli holatda taqdim etishda foydalaniladi. Hosil qilingan shakllarga rang berish uchun dastur oynasining o‘ng yoki quyi qismida joylashgan ranglar palitrasidan foydalaniladi: 4. a.-rasm. 4. b.-rasm. Keltirilgan shakllar yordamida loyiga oynasida turli bannerlar, reklamalar tayyorlash, manzaralar chizish, infografik ma’lumotlarni hosil qilishda foydalanish mumkin. Yuqorida keltirilgan nazariy ma’lumotlar asosida quyida amaliy topshiriqlarni ko‘rib chiqamiz. Savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar 1. Grafik uskunalar panelining bo‘limlarining imkoniyatlarini tushintirib bering. 2. CorelDRAW 21 dasturida kubni chizing. 3. CorelDRAW 21 dasturida Parallelepipedni chizing. 4. CorelDRAW 21 dasturida quyidagi shakllarni hosil qiling: 5. CorelDRAW 21 dasturida quyidagi shakllarni hosil qiling: 6. CorelDRAW 21 dasturida quyidagi shakllarni hosil qiling: 7. CorelDRAW 21 dasturida quyidagi shakllarni hosil qiling: Download 402.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling