Mavzu: Vektorli grafik muharrirda polygon uskunasi bilan ishlash. Maqsad


Download 402.63 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.10.2023
Hajmi402.63 Kb.
#1704747
Bog'liq
1-Vektorli grafik muharrirda polygon uskunasi bilan ishlash. 2



Mavzu: Vektorli grafik muharrirda polygon uskunasi bilan ishlash. 
Maqsad: Talabalarda polygon uskunasi yordamida ko‘pburchak chizishga oid 
malakalarini oshirish 
   Nazariy qism: 
Ko‘pburchak CorelDRAW dasturida eng murakkab grafik shakl hisoblanadi. 
Ko‘pburchakni loyiha oynasida chizish uchun grafik uskunalar panelidagi 
Многоугольник bo‘limi yoki loyiha oynasida sichqonchaning o‘ng tugmasini 
bosish orqali konteksli menyudan Создать объект bo‘limidan Многоугольник 
bandi tanlanadi. Bundan so‘ng, chap tomondagi tugmani tutib turib sichqoncha 
ko‘rsatkichi surilib, rasmda ko‘rsatilgandek besh qirrali ko‘pburchaklik hosil 
qilinadi: 
1-rasm. 
Ko‘pburchak tayyor bo‘lganidan so‘ng, uni xohlagancha o‘zgartirish 
mumkin. Ko‘pburchakning parametrlari, uni chizishdan oldin ham berilishi 
mumkin.
Многоугольник bo‘limida ko‘pburchak bilan birga ko‘plab shakllar va 
jadvallar hosil qilishda ham foydalanish mumkin:


2-rasm. 
Ushbu bo‘limda quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin: 
1. Звезда – besh qirrali yulduzcha hosil qilish; 
2. Спирал – yoysimon shakl hosil qilish; 
3. Стандартные фигуры – parallelogram shaklini hosil qilish; 
4. Инструмент «Динамика» – bir nuqtadan chiquvchi ko‘p sonli chziq 
chizish; 
5. Разлинованная бумага – ko‘p sonli kvadratlar chizish. 
Keltirilgan shakllarni loyiha oynasida hosil qilingandan so‘ng, ularning aniq 
o‘lchamlarini ko‘rsatishda menyular satridan ham foydalanish mumkin: 
 
3-rasm. 
Mazkur menyudan shaklni o‘lchamlarini o‘zgartirish bilan birga, uning 
chetki chiziqlarini yo‘g‘on va ingichka qilish, nuqta va uzuq chiziqli holatlarga 
o‘tkazish mumkin. Shuningdek, shaklni turli holatda taqdim etishda foydalaniladi. 
Hosil qilingan shakllarga rang berish uchun dastur oynasining o‘ng yoki 
quyi qismida joylashgan ranglar palitrasidan foydalaniladi:


4. a.-rasm. 
4. b.-rasm. 
Keltirilgan shakllar yordamida loyiga oynasida turli bannerlar, reklamalar 
tayyorlash, manzaralar chizish, infografik ma’lumotlarni hosil qilishda foydalanish 
mumkin. 
Yuqorida keltirilgan nazariy ma’lumotlar asosida quyida amaliy 
topshiriqlarni ko‘rib chiqamiz. 
Savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar 
1. Grafik uskunalar panelining bo‘limlarining imkoniyatlarini tushintirib 
bering. 
2. CorelDRAW 21 dasturida kubni chizing. 
3. CorelDRAW 21 dasturida Parallelepipedni chizing. 
4. CorelDRAW 21 dasturida quyidagi shakllarni hosil qiling: 


5. CorelDRAW 21 dasturida quyidagi shakllarni hosil qiling: 
6. CorelDRAW 21 dasturida quyidagi shakllarni hosil qiling: 
7. 
CorelDRAW 21 dasturida quyidagi shakllarni hosil qiling: 



Download 402.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling