Tibbiyot buyumlari sohasida davlat siyosatini shakllantirish, muammolarini hal etishda etakchi o’rinlardan birini YAngi tibbiy texnika Qo’mitasi egallaydi. Qo’mita Bosh boshqarmaning tuzilmaviy bo’g’ini bo’lib, tibbiy texnika va tibbiy buyumlar xamda tashxis vositalari sifatini nazorat qilish va standartlash bo’yicha yagona davlat siyosatini ta’minlashga da’vat etilgan. - Tibbiyot buyumlari sohasida davlat siyosatini shakllantirish, muammolarini hal etishda etakchi o’rinlardan birini YAngi tibbiy texnika Qo’mitasi egallaydi. Qo’mita Bosh boshqarmaning tuzilmaviy bo’g’ini bo’lib, tibbiy texnika va tibbiy buyumlar xamda tashxis vositalari sifatini nazorat qilish va standartlash bo’yicha yagona davlat siyosatini ta’minlashga da’vat etilgan.
- Mamlakatimiz hududida mahalliy va xorijiy davlatlar tibbiy texnika va tibbiyot buyumlarini tibbiy maqsadlarda qo’llashga ruxsat berish ushbu Qo’mitaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
- Qo’mita xalqaro qoidalarga va standartlarga, shu jumladan Standartlash bo’yicha xalqaro kengash (ruscha: ISO) va Xalqaro elektr texnikasi komissiyasi (ruscha: MEK) talablariga amal qilib, tibbiy texnikaning qayd sinovlarini tashkil qiladi hamda muvofiqlashtiradi, yangi tibbiy texnika va tibbiy buyumlarni tibbiyot amaliyotida qo’llanishi to’g’risida qaror qabul qiladi, tegishli shahodatnoma beradi hamda uni tibbiy texnika va tibbiyot buyumlari Davlat Reestri ro’yxatiga kiritish to’g’risida qaror qabul qiladi
O’zbekiston Respublikasida mahalliy va xorijiy tibbiyot texnikasi hamda tibbiyot buyumlarini ro’yxatga olish tartibini ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi, mamlakatga tibbiy uskunalar hamda tibbiy buyumlarni olib kirishda oddiy tartib o’rnatish imkoniyatini yaratdi. - O’zbekiston Respublikasida mahalliy va xorijiy tibbiyot texnikasi hamda tibbiyot buyumlarini ro’yxatga olish tartibini ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi, mamlakatga tibbiy uskunalar hamda tibbiy buyumlarni olib kirishda oddiy tartib o’rnatish imkoniyatini yaratdi.
- “Tibbiyot amaliyotidaqo’llashaga ruhsat etilgan dori vositalarining, tibbiy buyumlarning ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi”.(Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati” to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. 3-modda. 1997yil 25 aprel ).
- DV va tibbiy texnika, tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish tizimiga kiradigan tashkilotlar dori vositasi yoki tibbiy texnika, tibbiy buyumlar sifatini tavsiflovchi zarur standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga egadir: farmakopeya maqolalari(FS), vaqtinchalik farmakopeya maqolalari(VFS), tarmoq standartlari, texnik shartlar(TU), Amerika Farmakopeyasi(USA Pharmacopoeia), Britaniya ( The British Pharmacopoeia), Hindiston (The India Pharmacopoeia), Germaniya, Evropa, YAponiya, Xalqaro standartlar(ISO-ISO), Xalqaro elektrotexnik ha’ati (MEK) va boshq.alar.
Do'stlaringiz bilan baham: |