Mavzu: Video kаrtа qurilmаsini o’rnаtish vа sozlаsh


Download 162 Kb.
bet1/5
Sana03.02.2023
Hajmi162 Kb.
#1149074
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12 - Video kаrtа qurilmаsini o’rnаtish vа sozlаsh xxx


Mavzu: Video kаrtа qurilmаsini o’rnаtish vа sozlаsh

Hozirgi kunda videoo’yinlar ishlab chiqaruvchilarining qo’yadigan talablari borgan sari oshib bormoqda va ushbu masalada videoadapterlar asosiy omil hisoblanmoqda. Videochiplarda amalga oshirilayotgan texnologiyalar karta resurslaridan samarali foydalanishga, ko’rsatkichlarini aniq sozlash esa ularning mahsuldorligini oshirishga imkon beradi. Videokartalar narxlari chegarasi juda keng. Deyarli har yarim yilda yangi seriyalari paydo bo’lmoqda va ularga yetib olishga barcha ham erisha olmaydi. Turli qo’shimchalardan foydalanish uchun videokartani to’g’ri sozlash zarur.
Kompyuterning imkoniyatlari yaxshi o’yinlarni bemalol o’ynash uchun yetarli bo’lmaganida qimmatbaho videokartani sotib olish bilan muammo hal bo’lmaydi. Buning sabablari bir necha bo’lishi mumkin: kompyuterning boshqa jamlovchi qismlari videokartaning imkoniyatlarini to’la ochib berishga imkon bermaydi. Aynan mana shu-ning uchun videokartani kuchaytirishdan avval bo’lajak yangi videoadapterni to’la ishga solishga hozirda foydalanayotgan prosessorning imkoniyati yetishini puxta o’ylab olish kerak. Zamonaviy videoo’yinlar uchun to’g’ri moslashtirilgan odatiy konfiguratsiyalar berish uchun geymerlar sistemalarini shartli ravishda to’rt toifaga ajratish mumkin:
Quyi narxli sistemalar — bu prosessorlar va videokartalar ma’naviy eskirib borishi bilan ba’zida kichik apgreydlarni amalga oshiruvchi foydalanuvchilar uchun mos. Ushbu toifa foydalanuvchilari ko’pincha zamonaviy o’yinlarni past zichliklarda o’ynaydilar, videografika bo’sh sozlashlaridan foydalanadilar va videokartalarni ikki yilda bir marta almashtirishlari mumkin. O’rta narxli sistemalar — so’nggi yangiliklarga ega bo’lishga harakat qiluvchi, biroq o’rtacha narxli kartalarni tanlovchi foydalanuvchilar uchun mos keladi. Ushbu yuzerlar videoadapterlarni bir yilda bir marta almashtirishlari mumkin. Yuqori narxli sistemalar — so’nggi o’yinlar grafikasidan huzur olishni xohlovchi, ko’pincha har yarim yilda qimmatbaho videokartani sotib olishga tayyor geymerlarga to’g’ri keladi. Oliy narx sistemalar — ishlab chiqaruvchilar taklif etadigan SLI va Crossfire kabi eng so’nggi zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan eng kuchli o’yinlar uchun mo’ljallangan.
Bunday turlarga ajratish hech ham aniq bir videoadapterga bog’liqlikni anglatmaydi. U faqatgina shaxsiy kompyuterning imkoniyatlarini to’g’ri tushunib olishingizga yordam beradi. Videoadapterni to’g’ri tanlashda ko’pincha zamonaviy videokartalar uchun kuchli prosessorlar zarurligi bilan bog’liq bo’ladi. Misol uchun bir yadroli AMD Athlon 64 uchun NVIDIA GeForce 8600 yoki 8800 seriyali videokartani sotib olishdan foyda yo’q. Chunki ularning mahsuldorligi ushbu prosessor imkoniyatlariga borib taqaladi.

Download 162 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling