Mavzu: Vitaminlar
A vitamini — kimyoviy tuzilish bo’yicha yaqin bo’lgan moddalar guruhi, ular retinol
Download 57.45 Kb.
|
OLIY VA O.docx vitamin
- Bu sahifa navigatsiya:
- KASHF ETILISHI TARIXI 1906-yilda ingliz biokimyogari Frederik Xopkins
- Kazimir Funk
- Elmer Makkollum
- Jek Sesil Drammond
- Rut Korbet
A vitamini — kimyoviy tuzilish bo’yicha yaqin bo’lgan moddalar guruhi, ular retinol (A1 vitamin A, akserofitol) va o’xshash biologik faollikka ega bo’lgan boshqa retinoidlar: degidratoretinol (vitamin A2 ), retinal (retinen, A1 vitamini aldegidi) va retin kislota. Provitamin A`ga A vitaminining metabolik o’tmishdoshlari bo’lgan karotinoidlar kiradi; ular orasida eng muhim β- karotin hisoblanadi. Retinoidlar hayvonotdan kelib chiqishli, karotinoidlar esa o’simlikdan kelib chiqishli oziq-ovqatlarda uchraydi. Bu moddalarning barchasi qutbsiz organik erituvchi (masalan, moylarda) juda yaxshi, suvda esa yomon eriydi. A vitamini jigarda zaxiralanadi, to’qimalarda to’planishi ham mumkin. Peredozirovka holatlarida zaharli hisoblanadi.
Vitamin A 1913-yilda kashf etilgan. 1931-yilda uning tuzilmasi tasvirlangan, 1937-yilda uni kristallashga muvaffaq bo’lingan. A vitamini odamlar va hayvonlar organizmida ko’plab muhim biokimyoviy vazifalarni bajaradi. Retinal — bu asosiy ko’rish pigmenti — rodopsinning tarkibiy qismi hisoblanadi. Retin kislota shaklida vitamin o’sish va rivojlanishni rag’batlantiradi. Retinol hujayra membranlarining tuzilmaviy tarkibiy qismi bo’lib, organizmning antioksidant himoyasini ta’minlaydi. A vitamini yetishmovchiligida epiteliyning turli shikastlanishlari rivojlanadi, ko’rish yomonlashadi va shox pardaning namlanishi buziladi. Shuningdek, immun funktsiyasining pasayishi va rivojlanishning sekinlashuvi ham kuzatiladi. KASHF ETILISHI TARIXI 1906-yilda ingliz biokimyogari Frederik Xopkins oziq-ovqatda oqsillar, yog’lar, uglevodlardan tashqari, inson organizmi uchun zarur bo’lgan boshqa moddalarni ham saqlanadi deb taxmin qildi va ularni «oziqlanishning qo’shimcha omillari» deb atadi. 1912-yilda Kazimir Funk ularga lotin so’zlari vita — hayot va amine — amin (u barcha vitaminlar o’z ichiga azot olgan deb xato hisoblagan) so’zlaridan olingan «vitamin» degan yangi nom berdi. A vitaminining kashfiyoti 1913-yilda sodir bo’lgan. Ikki guruh olimlar — Viskonsin universitetidan Elmer Makkollum (1859-1929) va Margaret Devis (1887-1967) va Yels universitetidan Lafayette Mendel (1872-1935) bir-biridan mustaqil ravishda bir qator tadqiqotlar natijasida tovuq tuxumining sarig’i va sariyog’ normal hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan ba’zi muhim moddalarni o’z ichiga olgan degan xulosaga keldi. Tajribalarida faqat kazein, yog’, laktoza, kraxmal va tuzning kombinatsiyasi bilan oziqlangan sichqonlar ko’z yallig’lanishi va diareyadan aziyat chekib, taxminan 60 kundan keyin nobud bo’lgan. Ratsioniga sariyog’, treskaning jigari yog’i yoki tuxum kiritilganda, ular normal holatga qaytishgan. Bu hayot uchun faqat yog’ mavjudligi emas, balki boshqa moddalar ham kerakligini anglatardi. Makkolum ularni ikkita sinfga ajratdi — «yog’da eruvchan omil A» (aslida A, E va D vitaminlari) va «suvda eruvchan omil B». 1920-yilda Jek Sesil Drammond (1891-1952) vitaminlarning yangi nomenklaturasini taklif qildi va bundan keyin vitaminar zamonaviy nomga ega bo’ldi. Xuddi shu yili, Xopkins oksidlanish yoki kuchli isitish vaqtida A vitamini parchalanishini ko’rsatdi. Shveytsariyalik kimyogar Paul Karrer (1889-1971) 1931-yilda A vitaminining kimyoviy tuzilishini tasvirlab berdi. Uning muvaffaqiyati 1937-yilda kimyo bo’yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi . 1937-yilda Garri Xolms (1879-1958) va Rut Korbet A vitamini kristallashdi. 1947-yilda David Adrian van Dorp (1915-1995) va Yozef Ferdinand Arens (1914-2001) vitamin A`ni sintezlashdi. Otto Isler (1920-1992) 1947-yilda sintez qilishning sanoat usulini ishlab chiqdi. A vitaminining ko’rishda ishtirok etishi biokimyogar Jorj Uold (1906-1997) tomonidan kashf etilgan, bu uchun u 1967-yilda fiziologiya va tibbiyot bo’yicha Nobel mukofoti olgan. Download 57.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling