Mavzu: Vodorod atomining Bor nazariyasi. Atomning energetik satxlari


Download 407 Kb.
bet4/8
Sana02.01.2022
Hajmi407 Kb.
#199219
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4 maruza

3. Bor postulatlari
Daniyalik Nils Bor o’z oldiga juda katta vazifani qo’ydi. U bir yo’la uchta vazifani hal qilishga kirishdi. Spektroskopiyadagi chiziqli spektrlarni, yorug`likni kvantlardan tuzilganligini va Rezerfordni yadro modelini bir nuqtai nazardan tushuntira bera oladigan nazariya yaratishni maqsad qildi. Turlicha bo’lgan tajriba natijalarni yagona ilmiy nuqtai nazardan tushuntirish uchun klassik fizikani kuchi etmas edi. Bu masalani hal etish uchun yangicha fikr, yangicha tasavvur kerak edi. Buni anglagan Bor tez orada o’zining postulatlarini berdi.

1911 yilda Nils Bor Kopengagenda doktorlik unvoniga sazovor bo’ldi. O’z ilmiy ishlarini davom ettirish maqsadida u Angliyaga keldi. Uning ilmiy ishlariga J.Tomson va Ernest Rezerford rahbarlik qildi. Bor Rezerfordni planetar modelini darrov qabul qildi va tez orada atomning yangi modelini yaratdi. Bu modelni asosi sifatida qo’yidagi postulatlarni asos qilib oldi. Planetar modelni tuzatish uchun Bor postulatlari:



  1. Elektron vodorod atomining protoni atrofida Kulon kuchlari ta’sirida va Nyutonning ikkinchi qonuniga mos ravishda doiraviy orbitada tekis harakat qiladi.

  2. A


    tomda elektron istalgan orbitalarda ham harakat qilavermaydi. Mumkin bo’lgan orbitalardan faqat elektronning impuls momenti

(8)

shartiga bo’ysungan orbitalargina ruhsat etilgandir, bunda .

  1. Ruxsat etilgan orbitada harakat qilayotgan elektron uchun, atom o’zidan energiya chiqarmaydi.

  2. Energiyasi bo’lgan orbitadan energiyasi bo’lgan orbitaga elektron o’tganda atom chastotasi

(9)

ga teng bo’lgan foton chiqaradi. Masalan 2-rasmda elektron orbitadan orbitaga (AV o’tish) o’tganda chastotaga ega bo’lgan foton chiqaradi.

Bu chiqarish spektrini diskretligini xarakterlaydi. Aksincha elektron orbitadan orbitaga o’tganda (SD o’tish) atomi energiyaga ega bo’lgan fotonni yutadi. Yutilish spektri shunday tushuntiriladi.

Download 407 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling