Mavzu: volyebol o’yin usullari (texnikasi). Topni qabul qilish usullari va o’rgatish uslubiyoti. Voleybol o’yin texnikasi usullari mundarija: kirish I bob. Voleybol o’yini kelib chiqishi va tarixi


Download 355 Kb.
bet10/11
Sana19.04.2023
Hajmi355 Kb.
#1365156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Volyebol o’yin usullari (texnikasi). Topni qabul qilish usullari va o’rgatish uslubiyoti. Voleybol o’yin texnikasi usullari

Chaqqonlik - turli murakkab xarakatlarni tez va aniq ijro etilishi demak. Voleybolda ushbu sifat voleybolchining maydonda muayyan vaziyatga nisbatan tug’ri, tez va aniq xarakat qilishi zarurligini anglatadi. Bu sifat keng mazmunli tushuncha bo’lib, o‘z ichiga tezkorlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik kabi sifatlarni qamrab olgan.
Chaqqonlikni bolalik davridan boshlab rivojlantirish maqsadga muvofiq. Mazkur sifatni tarbiyalashda mashqlarning eng oddiysidan boshlab, sekin - asta murakkab mashqlarga o’tish zarur.
Chaqqonlikni rivojlantirishda gimnastika, akrobotika, sport va milliy o’yinlar juda qo‘l keladi.
Egiluvchanlik - bu tana bug’imlarining maksimal amplitudada bukilishi va yozilishidir. Bu sifat aksariyat mushaklar tolalari elastikligi (chuziluvchanlikligi) va tonusiga bogliq. Egiluvchanligini o’stirish, birinchi navbatda muntazam muvofiq mashqlar bilan shug’ullanishga bog’lik.
Egiluvchanlik sifatini rivojlantirishga boshlang’ich maktab yoshidan boshlangani maqsadga muvofiq. Chunki bu yoshdagi bolalarning organizmi - suyaklari, mushak va bug’inlari egiluvchan - plastik xususiyatiga ega bo’ladi.
Mazkur sifatni rivojlantirishda sekin sur’atda bajariladigan xar xil yo'nalishlarga oid bo'lgan va katta doirali amplutudada ijro etiladigan mashqlar qo‘l keladi. Bundan tashqari egiluvchanlikka xos elementlari bulgan xarakatli o'yinlar va sport o'yinlari yaxshi natija beradi. Gimnastika, akrobatika mashqlari bilan sho'gullanish ham ayni muddao. Zikr etilgan mashqlar muntazam uzoq vaqt va qayta - qayta bajarilishi lozim.
Chidamlilik deb organizmning uzoq vaqt charchamasdan faoliyat ko’rsatish yoki biron-bir xarakatni yuqori samarada o’zoq vaqt ettira olish qobiliyatiga aytiladi.
Chidamkorlik sifatini tarbiyalash trenirovka jarayonining asosiy vazifalaridan biridir. Bu sifatning yuqori darajada rivojlanganligi sport maxoratining samarali o’sishiga, o’zoq vaqt davomida egallangan texnik va taktik malakalarining musobaqa jarayonida faol ijro etilishiga zamin bo’ladi.
Chidamkorlik sho’gullanuvchi sportchilarning yoshiga, tayyorgarligiga malakasiga qarab tarbiyalanishi kerak bo’ladi. Bunda harakatli va sport o’yinlari, estafetalar, turli og’irliklar bilan bajariladigan mashqlar, chopish-krossdan foydalanish qo‘l keladi.
Umumiy chidamkorlik o’zoq masofaga chopish, suzish, velosepedda uchish kabi vositalar yordamida rivojlantirilishi mumkin.
Voleybolchilarga xos maxsus chidamkorlikni tarbiyalash o’zoq vaqt davomida voleybol va o’zga sport o’yinlari, harakatli o’yinlar, xar xil yo’nalishlarga o’zgaruvchan yo’nalishlarga qayta-qayta chopish, charchash holatida turli mashqlarni bajarish asosida amalga oshiriladi.
XULOSA
Zamonaviy voleybol shug’ullanuvchilar organizmining funksional holatiga, jismoniy sifatlariga yuqori talabalarni qo’yadi. Chunki, voleybol mashg’uloti paytidagi jismoniy yuklama juda yuqori bo’lib, unga yaxshi tayyorgarlik ko’rilmasa muntazam va qat’iyatlilik bilan mashq qilinmasa, natija kutilgandek bo’lmaydi. Voleybol o’yini vaqtidagi umumiy maqsadga, erishishga intilish, o’yinchini jamoa uchun jonkuyar bo’lishiga, hamkorlikka, o’zaro yordamga o’rgatib, hamdo’stlik va birodarlikni tarbiyalaydi.
Voleybol o'yini ko'proq hujum va himoya texnikasiga asoslanadi. O'yin paytrida hujumga ham, himoyada ham turish va siljish, to'pni uzatish va qabul qilib olish, to'pni bir yoki ikki qo'llab olish va qaytarib, to'pni to'sish kabilardan foydaniladi.
Voleybol o'yini davomida o'yinchi maydon bo'ylab harakatda bo'lib siljiydi. Maqsad -to'pni qabul qabul qilib olish va boshqa usullar bilan uni uzatishdir.
O'yinchi sport holatda turganda muhimi siljishgq doim tayyor bo'lib turishdir To'g'ri holatda bo'lish boshlovchi voleybolchi uchun muhum ahamiyatga ega. O'yinchi turish holatida oyoqlari elka kengligida va bukilgan bir oyoq bir oz oldinda tana oldiniga egilganroq . O'yin davom ettirish maqsadida sherikka yoki raqib tomonga yuborilgan to'pni o'tkazish uzatish usuli hisoblanadi. To'pni oldinga yuqoriga va orqaga o'tkazish usuilari o'z aro farqlanadi. T'pning uchish traektoryasiga qarab butun maydon bo'ylab uzun qo'shni maydonga qisqa va o'z maydoniga o'ta qisqa uzatish usuli amalga oshiriladi. To'p4. Mustaqil ish O'quvchilarga oyoqda sakrash va qo'lda bajariladigan mashqlar mustaqil ish qilib berish.


Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling