Mavzu: Vrachning xatosi


Download 0.83 Mb.
bet2/5
Sana17.12.2022
Hajmi0.83 Mb.
#1025579
1   2   3   4   5
Bog'liq
Vrachning xatosi Slayd namoishi

Diagnostik xatolar
Klinik tashxisni shakllanishi muhim murakkab va ko'p komponentli vazifa bo'lib, buni yechish, birinchidan, vrachlardan kasalliklar va patologik jarayonlarni etiologiyasi, patogenizi, klinik va patomorfologik ko'rinishlarini o'rganishga qaratilgan bo'lsa, ikkinchidan, kasalliklarni kechishida aniq bemorning individual hususiyatlari ham hisobga olinadi. Diagnostik xatoliklarning eng ko'p sabablaridan biri kasalliklarni ob’yektiv qiyinligi va ba'zan erta tashxis qo’yishning qiyinligidir.
Ko'pgina kasalliklar jarayoni latentlik davrining vaqtiga nisbatan uzoqqa cho'zilishi va belgilarsiz o'tishi mumkin. Bunga yomon sifatli o'smalar (yoshlarda), surunkali zaharlanishlar, shuningdek bachadon nayidagi homiladorlik va boshqalar kiradi. Ayrim kasalliklar to'lqinsimon tez o'tganida kattagina diagnostik qiyinchiliklar tug’ilishi mumkin. Yuqorida aytilganidek, ob’yektiv sabablariga kasallikning atipik o'tishi, bir odamda ikki yoki undan ortiq kasalliklarning uchrashi, bemorni og’ir hushsiz holatda bo'lishi va tashxis qo’yish uchun vrachga vaqt yetishmasligi kiradi. Bemorning mastlik holatida bo'lishi ham tashxis qo’yishni anchagina qiyinlashtiradi, chunki bu holat ko'pincha kasallik yoki jarohatlanishlar belgilarini yashiradi yoki noto’g’ri izohlashga sabab bo'ladi.
Anamnestik ma'lumotlarni baholay olmaslik yoki noto’g’ri baholash, bemorning shikoyati, laboratoriya va instrumental usullari natijalarini noto’g’ri talqin qilinishi ham diagnostik xatoliklarning sababchisi hisoblanadi. Biroq bunday sabablarni ob’yektiv deb bo'lmaydi, chunki ular vrachning malakasi va tajribasi yetishmovchiligiga borib taqaladi.
Diagnostik hatoliklarning ayrimlariga misollar keltiramiz.
10 yoshli o’g’il bolaning qornida og’riq paydo bo'lib, ko'ngli ayniydi, qaytalama qusish va suvdek suyuq axlat paydo bo'ladi. Ikkinchi kuni axlatida shilimshiq modda aralashganligi, harorati +38C ga ko'tariladi. O’g’il bola va uning ota-onasi oshxonadan ovqat yeganligi bilan bog’laydilar. Ikki kundan keyin bola kasalxonaning bolalar bo'limiga yotqiziladi. U qornida og’riq rivojlanayotganligidan shikoyat qiladi. Bolani ko'zdan kechirishda qorinning barcha bo'limi taranglashgan bo'lib, qorin pardasining taranglashishi kuzatilmaydi. Ich ketgach, qorni yumshab, og’riq ichakning yuqoriga ko'tariluvchi va pastga tushuvchi qismiga tarqaladi.
Qonda leykotsitoz (leykotsitlar soni 16500), SOE esa 15mm/soatni tashkil qiladi. Bemorga qo'yidagicha tashxis qo'yiladi: o'tkir gostroenterit va konservativ davolash belgilanadi. Keyinchalik bolaning ahvoli yaxshilanmay, kasallikning 3-kuni, kasalxonada davolanayotganida uni xirurgga ko'rsatilganida unda o'tkir xirurgik kasalliklar yo'qligini xirurg tasdiqlasa-da, biroq kelgusi kuni bemorni xirurgiya bo'limiga o'tkazilishini tavsiya qiladi
Bolaning ahvoli og’irlashib, unda tarqaluvchi peritonit belgilari paydo bo'ladi. Laporatomiya operatsiyasi qilinadi. Qorin bo'shlig’ida suyuq yiring topiladi. Peritonit manbai gangrenozli appenditsit ekanligi aniqlaniladi. Bolani qutqarishni imkoniyati bo'lmaydi. Uning tarqalgan peritonitdan organizmning umumiy zaharlanishi tufayli o'lganligi ma'lum bo'ladi.
Boshqa holatda 76 yoshli ayolda atrofdagi to'qimalarga infil’trativ tarqalgan yiringli appenditsit xato holda ko'richakning saraton o'smasi sifatida talqin qilinadi. Bunga o'rtacha atipik o'tuvchi kasalliklar imkon tug’dirishi; qaytalama qusishlar, bemorni ozib ketishi, appenditsit uchun harakterli belgilarning bo'lmasligi, biroq paypaslab ko'rilganda o'ng yonbosh qismida o'smasimon tugunchaning paydo bo'lishi va ichaklar tutilish holatining bo'lishi tufayli saraton kasalligiga shubha tug’diradi. Ayolni ikkinchi marta operatsiya qilinadi. Birinchi operatsiya palliativ operatsiya bo'lib, bemorga ileostom qo'yiladi. Ikkinchi operatsiya esa radikal operatsiya bo'lib, yo'g’on ichak o'sma bo'lgan joyi bilan kesib olib tashlanadi. Olingan biopsiya materiali tekshirilgach to’g’ri tashxis qo'yiladi. Murdani tekshirib ko'rilganda bemor ayolning tarqalgan yirigli peritonitdan (ikkinchi radikal operatsiyadan keyin rivojlangan) o'lganligi ma'lum bo'ladi.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling