Mavzu: Vrachning xatosi


Davolash usullarini tanlash va davolashdagi xatolar


Download 0.83 Mb.
bet3/5
Sana17.12.2022
Hajmi0.83 Mb.
#1025579
1   2   3   4   5
Bog'liq
Vrachning xatosi Slayd namoishi

2. Davolash usullarini tanlash va davolashdagi xatolar
Bu diagnostik xatoliklarga qaraganda bir necha marta kam uchraydi. Ayrim hollarda ular noto’g’ri yoki kechikib tashxis qo'yilishi tufayli sodir bo'lishi mumkin. Biroq to’g’ri va o'z vaqtida tashxis qo'yilganida ham davolashda xatoliklar (masalan, davolash usuli noto’g’ri tanlanilganda, davolashni o'z vaqtida boshlanilmaganida, operativ muolaja usullari va hajmini noto’g’ri tanlanganda) uchrashi mumkin. Shunday hollar bo'ladiki, davolashning o'z vaqtida boshlanmasligi va to’g’ri tanlanishida ham xirurgik operatsiyaning texnikasida ba'zan xatoliklarga yo'l qo'yilishi mumkin.
Davolash usullarini tanlash va amalga oshirishdagi xatoliklarga misollar keltiramiz.
63 yoshli erkak 8 soat ichida siydigi o'tkir to'xtalishi va siydigida ko'p qon bo'lishi tufayli urologik statsionarga olib kelinadi. Bu davrda bemorning ahvoli qoniqarli bo'lib, qon bosimi 120/80mm simob ustuniga tengligi aniqlaniladi. Tezlikda tsistoskopiya qilinganida siydik pufagi devorining orqa qismida 3x4 smli qon ketuvchi o'sma borligi aniqlaniladi. Shunga asoslanib siydik pufaginig orqa devori rakidan qon ketish belgisi tashxisi qo'yiladi. Biroq operatsiya paytida bu jarayon topilmagan.
Operatsiyadan keyingi davrda tarqalgan infeksiyali pielonefrit bilan asoratlanish tufayli o'lim kuzatilgan. Noto’g’ri davolanganligi to’g’risida qarindoshlarining shikoyati bo'yicha sud tibbiyoti ekspertizasi o'tkazilgan. Ekspertiza komissiyasining hulosasida siydik pufagining raki noto’g’ri qo'yilganligi, bu bemorni to’lig’icha tekshirilmaganligi bilan bog’langanligiga asoslanilgan. Birgina tsistoskopiya va tsistografiya usullari to’lig’icha bir-biriga to’g’ri kelmaydi, chunki bunday kasallikning diagnostikasi uchun bu yetarli emas. Aftidan, siydik pufagining shilliq pardasiga yopishuvchi qon bo'lishi, o'smani eslatishi mumkindir. Noto’g’ri tanlash natijasida operatsiya qilinganligi, ammo bunga bemorning ehtiyoji yo'qligi ma'lum bo'ladi.
Boshqa holatda 24 yoshli ayolda tibbiy abort paytida bachadon devorining teshilishidan gemotoma natijasida bachadonning peremetriya qavatida yiringlanish bilan asoratlanganligi ko'zga tashlanadi. Shuning uchun ham bachadonni qin yuqorisidan amputatsiya operatsiyasi qilinib, yallig’langan o'ng Follopiev nayi bilan birgalikda olib tashlanadi va qorin bo'shlig’iga naycha qo'yiladi. Ayol kishi 1,5 oydan keyin sepsisdan o'ladi.
Yuqoridagi holatni ekspert komissiyasi tahlili natijalari ushbu operatsiyani ayolda to’liq hajmda o'tkazilmaganligini tasdiqlaydi
Perimetriyada yiringlovchi gematomaning bo'lishligi anchagina muhim operatsiyani qilinishi va keyinchalik faqat qorin bo'shlig’inigina emas, balki perimetriya qavatini drenaj qilinishiga ham sababchi bo'ladi. Bu o'z navbatida yallig’langan perimetriyadan yiringni oqib chiqishi va imkoni boricha, infeksiyani tarqalishini oldini olishga imkoniyat yaratadi. Uchinchi holatda xirurgiya klinikasiga M. ismli 28 yoshli fuqaro juda og’ir holatda tananing chap yonbosh qismida sanchib-kesilgan yaralanish bilan olib kelinadi. Bemorning qon bosimi umuman aniqlanilmaydi, ko'z qorachig’i yorug’likka reaksiya bermaganligi ma'lum bo'ladi.
Tez oqadigan qon quyilish natijasida o'tkaziladigan reanimatsiya muolajalaridan keyin yarani sinchiklab ko'rilganida yelka nervi jarohatlanganligi ko'zga tashlanib, qo'ltiq ostida operatsiya qilinganligi nervi tikilib, qon tomiriga chok qo'yilganligi ko'zga tashlanadi.
Operatsiyadan keyin bemorni ahvoli og’irlashib, aktiv reanimatsiya tadbirlariga qaramasdan 9 soatdan keyin o'lim sodir bo'ladi. Murdani sud tibbiyoti usulida tekshirishda xirurglar tomonidan yo'l qo'yilgan texnik xato aniqlaniladi. Bunda qo'ltiq osti arteriyasining periferik qismini jarohatlangan yelka venasining markaziy qismi bilan birgalikda tikib qo'yilganligi ma'lum bo'ladi
Bundan ko'rinib turibdiki, yarani taftish qilishda tashxis to’liqicha qo'yilmagan. Bunda arteriyani kesilganligi aniqlanilgan bo'lsa ham venaning jarohatlanishiga ahamiyat berilmagan. Aniq tashxis qo'yilmaganligining og’ir oqibati tufayli vrach texnik xatoliklarga yul qo'ygan.
  • Tibbiy yordamni tashkil qilishdagi xatoliklar.

  • Bu xatoliklar aniq bo'lmagan yoki tibbiy yordamni tashkil qilishda yetarli o'ylanilmagan holatlar bilan bog’liq hollarda kuzatilishi mumkin. Bunday xatoliklarning sababi ayrim sog’liqni saqlash muassasalari bo’g’ini rahbarlari kasbiy darajasi saviyasining yetarlicha bo'lmasligi, yoki ayrim davolash-profilaktika tashkilotlari ishida noqulay sharoitlarning yaratilganligidir.
    Tibbiy yordamni tashkil qilishdagi xatoliklar natijasida ayrim regionlarda tibbiy yordam ko'rsatish masalasida qiyinchiliklardan tashqari, bemorlar ham azoblanadilar. Bunda davolash-profilaktika muassasalari vrachlari rahbarlarining aybi bilan xatoliklarga yo'l qo'yiladi.

Tibbiy yordamni tashkil qilishdagi xatoliklarni sodir bo'lishi mumkinligining ayrim sharoitlarini ko'rsatish mumkin. Agar ish teatr garderobxonasidan boshlansa, davolash muassasasining ishi esa ko'pincha tibbiy yordamning o'z vaqtida ko'rsatilishi bilan bog’liq bo'ladi. Ayniqsa urgent (shoshilinch) holati kasalliklar, jarohatlanishlar va zaharlanishlarda shoshilinch yordam talab qilinadigan paytlarda ko'zga tashlanadi. Shuning uchun ham qabul bo'limining ishi sinchiklab o'rganilib yaxshi tashkil qilingan bo'lishi kerak. Bu o'z navbatida tibbiyot muassasalari rahbarlarining doimo e'tiborini talab qiladi. Qabul bo'limining hodimlari uchun qo'pollik va e'tiborsizlik holati yo’l qo'yib bo'lmaydigan hodisa bo'lib, u bemorlarga juda salbiy ta'sir ko'rsatib, ularda tibbiyot muassasasi hodimlariga nisbatan negativ munosabatlarning shakllanishini sababchisi bo'ladi. Bu o'z navbatida davolashning oqibatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Tibbiy yordamni tashkil qilishdagi xatoliklarga misollar keltiramiz.
66 yoshlik K. ismli ayol zamburug’dan tayyorlangan ovqatni iste'mol qilgach o'tkir zaharlanadi. Holsizlanish, qusish alomatlari paydo bo'lib, keyinchalik ko'pincha qornidagi og’riq chap chov sohasiga beriladi
Markaziy tuman kasalxonasining qabul bo'limiga mustaqil holda o'zi keladi. Navbatchi fel’dsher bemorni ko'rmasdan poliklinikaga murojaat qilishlikni tavsiya qiladi. Ayol kishi poliklinikaga kechroq boradi, ammo u er yopiq bo'lgani uchun ayol kishi yana qabul bo'limiga qaytib keladi va vrachni chaqirishni so'raydi. Navbatchi fel’dsher vrachning og’ir kasal bilan ishlayotganligi va hali tezda bo'shamasligini aytib, poliklinikaga ertasi kuni ertalab kelishini maslahat beradi. Kelgusi kuni uni tez tibbiy yordam mashinasida shu qabul bo'limiga siqilgan son dabbaligi va boshlanuvchi peritonit tashxisi bilan olib kelinadi. Shoshilinch ravishda operatsiya qilinadi, ammo qutqarishni imkoniyati bo'lmaydi va bemor 8 kundan keyin yiringli tarqalgan peritonitdan vafot etadi.
Boshqa holatda 29 yoshli A. ismli fuqaro Markaziy tuman kasalxonasi qabul bo'limiga keltirilgach, 45 minutdan keyin unda ko'krak qafasining o'q otar qurollari bilan jarohatlanish borligi aniqlaniladi. Tez tibbiy yordam vrachi yaralanish plevra bo'shlig’iga o'tishi tufayli anchagina gemotoraks va teri osti emfizemasi rivojlanganligini tahmin qiladi. Bemorning umumiy ahvoli o'rtacha og’irlikdaligi ko'zga tashlanadi.
Navbatchi vrach operatsiya xonasida boshqa bemor bilan band bo'lgani uchun ham bemorni birdaniga ko'ra olmaydi. 4 soatdan keyin operatsiyadan chiqqanida bemor hamon qabul bo'limida yotar edi. Bemorning ahvoli progressiv og’irlashgani uchun ham shoshilinch reanimatsion muolajalar talab qilinar edi. Operatsiyadan keyin 1,5 soat o'tgach o'lim holati kuzatiladi.
Keltirilgan ikkala misol ham qabul bo'limi navbatchi hodimlarining bemorga nisbatan sitqidildan yondoshmaganliklarini ko'rsatib, bu bo'lim jamoasi orasida tarbiyaviy ishlarni yetarlicha tashkil qilinganligini ko'rsatadi. Dam olish va bayram kunlarida navbatchi tibbiyot hodimlari ish sistemasining yaxshi o'ylangan holda tashkil qilinmagani ham xatoliklar manbalaridan biridir. Bunday hollarda faqatgina kasalxonada davolanuvchi bemorlargina emas, balki shoshilinch yordam talab qiluvchi jabrlangan bemorlar ham qiynalishi mumkin.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling