Mavzu: Vrachning xatosi
Tibbiyot hujjatlarini tulg’azishdagi xatolar
Download 0.83 Mb.
|
Vrachning xatosi Slayd namoishi
4. Tibbiyot hujjatlarini tulg’azishdagi xatolar.
Bunday xatoliklar kasallarga noto’g’ri tashxis qo'yilishi, VTEK ning noto’g’ri qarorga kelishi va reabilitatsion muolajalarning yetarlicha asoslanmaganligining sababchisi bo'lishi mumkin. Shunday qilib, vrachlar xatosini barcha turlarining tahlili bu xatoliklarni oldini olish va vrachlar malakasini oshirishda muhim o'rin egallashligini ko'rsatadi. Bu tahlil asosan kasalxonaning kliniko-anatomik konferensiyasida ko'rib chiqiladi. Mamlakatimizda davolash muassasalarida kliniko-anatomik konferensiya avvaldan yaxshi odatlardan biri hisoblanadi. U birinchi marta amaliyotga 1930 yili buyuk sovet patologoanatomi I.V.Davidovskiy tomonidan kiritilgan bo'lib, 1935 yildan barcha davolash muassasalari uchun majburiy hisoblanadi. Klino-anatomik konferensiyaning asosiy vazifalari: 1. Davolash profilaktika tashkilotlaridagi vrachlarning malakasini oshirish, klinik va seksion ma'lumotlarining tahlili hamda birgalikdagi muhokamasi orqali bemorlarni klinik diagnostikasi va davolash usullari sifatini oshirishda hizmat qiladi. 2. Tibbiy yordamning barcha etaplarida bemorlarni diagnostikasi va davolashdagi xatoliklarni sabablari va manbalarini aniqlash; o'z vaqtida kasalxonaga yotqizilishida qo'shimcha tekshiruv usullari (rentgenologik, laboratorik, funksional diagnostika) kamchiliklarini aniqlash. Vrachlarning xatosi va tibbiy yordam ko'rsatishdagi kamchiliklarni tahlili faqat patologoanatomnigina emas, balki sud tibbiyoti ekspertining ham muhim burchi ekanligini ko'rsatadi. Bunday tahlil sud tibbiyoti ekspertizasi byurosi va davolash - profilaktika muassasalari faoliyatining eng muhim burchlaridan biri hisoblanadi. Vrachlar xatosi to’g’risidagi masalani tugallar ekanmiz, shuni aytib o'tish zarurki, bunda vrachlarning harakatida hech bir qasddan jinoyat sodir qilishlik yoki e'tiborsizlik holatlari kuzatilmaydi. Bunday xatoliklar uchun vrach jinoiy javobgarlikka tortilmaydi va ularning ustidan jinoiy ish qo'zg’atilmaydi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling