Mavzu: Vrachning xatosi


Vrachlik amaliyotida baxtsiz hodisalar


Download 0.83 Mb.
bet5/5
Sana17.12.2022
Hajmi0.83 Mb.
#1025579
1   2   3   4   5
Bog'liq
Vrachning xatosi Slayd namoishi

Vrachlik amaliyotida baxtsiz hodisalar
Ayrim hollarda bemorga o'z vaqtida to’g’ri tashxis qo'yilganida va kerakli
davolanganida ham tibbiy yordamning oqibati nohush bo'lishi mumkin. Bunday holatga tibbiyot amaliyotida baxtsiz hodisalar deyiladi
Tibbiyot amaliyotidagi baxtsiz hodisalarning tipik turiga qo'yidagilar kiradi:
1) ayrim dorivor moddalarni bir marta yuborilganda ham ko'taraolmaslikdan (masalan, antibiotiklar va sul’fanilamidlar) anafilaktik shokdan to'satdan o'lim sodir bo'lishligi misol bo'ladi;
2) metalloosteosintez operatsiya paytida bemorni yog’ emboliyasidan o'limi;
3) ko'rsatmasi to’g’ri bo'lgan va to’g’ri bajarilgan operatsiyada narkoz paytida bemorni operatsiya stolida o'limi;
4) operatsiyadan ko'p kun o'tgach va bemor kasalxonadan chiqarilgandan keyin operatsion chandiqning yirtilishidan o'lim;
5) operatsiya vaqtida bemorni yuragini to'xtab qolishi va boshqalar.
Tibbiyot amaliyotida baxtsiz hodisalarni vrachlarning xatosidan farqi shundaki, baxtsiz hodisalarni xatto vrachni o'z kasbiga sidqidildan yondashib adashganida ham ko'rishni imkoniyati bo'lmaydi.
Shuning uchun ham tibbiyot hodimlarining amaliy faoliyatida baxtsiz hodisalar sodir bo'lganida ularning ustidan jinoiy ish qo'zg’atilmaydi va ular jinoiy javobgarlikka tortilmaydilar.
Bunday baxtsiz hodisaga misol keltiramiz.
P. ismli 30 yoshlik fuqaro kasalxonaning xirurgiya bo'limiga “o'tkir appenditsit” tashxisi bilan kasallikning 2-kuni keltiriladi. Klinik kuzatish va kerakli laboratoriya tekshiruvidan keyin 12 soat vaqt o'tgach, bemorning umumiy ahvoli qoniqarli holda laparotomiya operatsiyasi o'tkazilib, yiringlab ketgan chuvalchangsimon o'simta olib tashlanadi. Kuchli hayajonlangan bemorda operatsiyani (fentanil-teopental ditinil narkozi) umumiy vena ichi anesteziyasi orqali amalga oshiriladi.
Operatsiya jarayoni 40 minut davom etadi. Narkozdan keyin bemor hushiga kelgach bir necha so'z aytadi va juda tezlikda hushini yo'qotib, pul’si yo'qoladi. Tezlikda aktiv reanimatsion muolajalar o'tkaziladi va bu 20 soat davom etadi. Biroq bu foyda bermasdan bemor o'ladi.
Aniqlanishicha, operatsiyadan bir yil oldin P. ismli fuqaro bosh miyaning lat yeyishi shaklida og’ir kalla miya jarohatlanishi o'tkazgan va operatsiya yo'li bilan subdural gemotoma olib tashlanganligi ma'lum bo'ladi. Jarohatlanishdan keyin unda yuqorida keltirilgan emotsional beqarorlik rivojlanganligi ko’zga tashlanadi.

Murdani kesib ko'rilgach va gistologik tekshiruv o'tkazilganda uning bosh miyasida anoksiyadan keyingi entsefalopatiya tufayli nafas olishning to'xtalishi, shuningdek qon aylanishning chuqur buzilishi: stazdan oldingi holat, stazlar, qon quyilishi, miya shishi tufayli va boshqa miyaning siljishi natijasida ensa teshigiga miyachaning bodomcha qismini siqilib qolishi, hujayralarning kuchli distrofik o'zgarishlari va nekroz, kamqonlik kuzatiladi.
Sud tibbiyot ekspertizasi komissiyasining ko'rsatishicha, yuqorida keltirilgan anchagina o'zgarishlar bosh miyada jarohatlanishi xarakteriga ega bo'lib, P. ismli fuqaroni vena ichi orqali o'tkazilgan narkoz tufayli sezuvchanligini oshib ketishidan depressiya holati yuzaga kelib, nafas olishning to'xtashidan o'lim sodir bo'lganligini tasdiqlaydi.
Yuqorida keltirilgan kuzatishlarni “tibbiyot amaliyotida baxtsiz hodisalar” kategoriyasiga kiritishda shuni unutmaslik zarurki, bemordan kasalxonaga tushgunicha bir yil avval og’ir kalla-miya jarohatlanishi haqidagi ma'lumotni olinishi va operativ usul bilan bosh miyadan gematomani olib tashlanishida vrach-xirurg va anesteziologlar yuqoridagilarni narkoz uchun noqulay fon ekanligini tasavvur qilishlari lozim edi
Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling