Mavzu: Windows Formsda boshqaruv elementlari bilan ishlash. Reja: Kirish. Asosiy qism. 1-§. Windows Formsga kirish. 2-§. Button elementi bilan ishlash. 3-§. Label va LinkLabel elementlari bilan ishlash


Button xossalari (Properties Button)


Download 412.27 Kb.
bet4/15
Sana13.03.2023
Hajmi412.27 Kb.
#1265659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Qayumjonova Muazzamxon ATD Kurs ishi

Button xossalari (Properties Button)
Button komponentasi asosiy xossalari quyidagilar:
Backcolor- ushbu xossa orqali tugmachaning orqa rangini tanlashimiz mumkin.
BackgroundImage- bu xossa orqali tugmachaning orqa foniga rasm tashlash imkoni mavjud. Ammo tanlangan rasm o’z o’lchamini o’zgartirmasdan tashlanadi.
BackgrounImageLayout- bu xossada orqa fonga tashlangan rasmni xajmini sozlashimiz mumkin. Tugmacha o’lchamiga rasm o’lchamini mos qilib olishimiz uchun Tile ni tanlash kerak bo’ladi.
Font – ushbu xossada tugmachaning fontini shriftini va shrift o’lchamini o’zgartirishimiz mumkin.
ForeColor- Matnning rangini o’zgartirish.
Flat style- Tugmachaning stilini tanlash. Bunda tugmacha stili ancha chioyli tusga kiradi.
Image- rasm tanlash. Bunda tugmacha ichiga rasm tushadi.
Text- Button1 tugmachasining ko’rinish nomi- agar text nomi o’zgartirilsa, dasturda chiquvchi tugmacha nomi o’zgaradi.
Name- Button1 komponentasining nomi, bunda dasturning kod qismiga o’tganimizda, button1 nomi bilan emas, balki uning yangi qo’yilgan nomidan foydalanishimiz mumkin.
Dock- bunda tugmacha joylashgan o’rnini o’zgartirish mumkin. Uning o’rnini ekrannning istalgan burchagiga joylashtirish yoki (fill) butun ekranni egallab qo’yadigan qilsa bo’ladi.



Visible- tugmachaning ko’rinishi. Visible funksiyasi faqat true va false (rost va yolg’on) qiymatni qabul qiladi. Agarda true ya’ni rost qiymat qabul qilingan bo’lsa, u holda tugmacha ekranda ko’rinib turadi, agarda false qiymat bo’lsa ekranda ko’rinmaydi.
Button komponentasi hodisalari
Click – Qachonki sichqoncha tugmasi bosilganda hodisa sodir bo’lishi.
Enter – Agarda tugmacha faol holatga o’tgan bo’lsa, u holda kiritish tugmasini bosishda sodir bo’luvchi hodisa.
KeyPress – Ushbu hodisada klaviaturani imkonini cheklashda foydalanish mumkin. Ya’ni kerakli klavishlarni faol qilib, qolganlarini ishlatmasdan qoldirish mumkin.
Agarda button tugmasi ustida sichqonchani ikki marta chertilsa, unda oynaning source (Kod) qismiga o’tiladi, va quyidagi kodl figurali qavslar ichiga yoziladi.
private: System::Void button1_Click_1(System::Object^ sender, System::EventArgs^ e)
{
/*ushbu joyga button button1 tugmasi bajaradigan amalning buyrug’i yoziladi.

}



Download 412.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling