Mavzu: WordPressda maqsadga yo’naltrilgan veb-sayt yaratish reja
Download 146.5 Kb.
|
WordPressda maqsadga yo’naltrilgan veb-sayt
XULOSAInternet texnologiyalari qo’llanilayotgan sohalarni bugun har yerda, har qadamda uchratish mumkin. Elektron magazin, elektron kassa, elektron ma‘lumotnomalar, elektron e‘lonlar doskasi va hokazolar kundalik turmushimizga kirib keldi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda o’quvchiyoshlarni internet tizimida faol ishlashga o’rgatish, ularda o’z faoliyat sohasida internet manbalaridan foydalana olish ko’nikma va malakalarini hosil qilish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Informatika va uni o’qitish metodikasi bo’yicha nazariy va amaliy darslarni tashkil qilish jarayonida o’quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar, portallar, ta‘lim muassasalarining elektron kutubxonalari resurslaridan foydalanish o’rganilayotgan mavzuning yana keng qamrovli tushinib olishiga bilim ko’nikma va malakalarning mustahkamlanishiga olib keladi. Bunday sayt va portallardan darslarda foydalanish uchun ishlarni quyidagi bosqichlarda tashkil qilish tavsiya etiladi: Ta‘lim muassasasi uchun yaratilgan saytlarning umumiy tuzilishi, ma‘lumotlarning ierarxik xaritasi bilan avvaldan tanish bo’lish. Talabalarga internet tizimida ―harakatlanish‖ning oddiy qoidalarini tushuntirish, internetga bog’lanish usullari xaqidagi amaliy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish. Informatika nazariy va amaliy darslarini o’tish jarayonida multimediya texnologiyalari (proektorlar)dan foydalanilgan holda ta‘lim muassasalari uchun yaratilgan saytlarni o’quvchilar o’rtasida muhokamasini tashkil qilish. Topshiriqlar va uy vazifalari berishda ta‘lim muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanish bo’yicha alohida topshiriq va ko’rsatmalarni ishlab chiqish hamda nazariy va amaliy darslarda keng foydalanish. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkin, ta‘lim muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanish darslarning mazmunli tashkil etilishi va talabalarda o’zlashtirish ko’rsatkichlarini oshirish hamda mustahkam bilim olishlariga yordam beradi. Download 146.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling