Tadbir ishlanmasi
Download 380.25 Kb.
|
ohangaron tumani
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Tashkiliy qism
- Bugungi darsimizning shiori
- 3.Yangi mavzu bayoni
- Aytingchi,qanday yo’l belgilarini bilasiz
- Sizningcha belgilardagi ranglar nimani bildiradi
- Dam olish daqiqasi
- 4.Yangi mavzuni mustahkamlash
OHANGARON TUMANIIDAGI 45-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABINING BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI TO’LAGANOVA MALOHATNING “ONAJONLAR SIZGA TA’ZIM “ MAVZUSIDAGI TADBIR ISHLANMASI
2021-2022-O’QUV YILI 2-SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI Sana:20-aprel Dars mavzusi: Yo’l qoidasi-umr foydasi Darsning maqsadi: ta’limiy:o’quvchilarning yo’l qoidasi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish,mavzu yuzasidan suhbat uyushtirish,yo’l mbelgilari bilan tanishtirish. FK2: Kognetiv kompetensiya Tarbiyaviy:o’quvchilarga yo’llarda yurish qonun qoidalarini muntazam o’rgatib borish.hayotda tartiblilik,ehtiyotkorlik qoidalariga amal qilishni tushuntirish. TK5: Milliy va umuminsoniy kompetensiya. Rivojlantiruvchi:o’quvchilarda matn bilan ishlash ko’nikmasini rivojlantirish.Rasm asosida hikoya yozish ko’nikmasini shakllantirish. TK:3 o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyalar. Dars metodi:yangi bilim beruvchi. Dars turi: noan’anaviy dars Dars jihozi: darslik,tarqatmalar,texnik vositalar,mavzuga oid ko’rgazmalar,svetafor maketi. DARSNING BORISHI 1.Tashkiliy qism:salomlashish.Hozir darsimiz ona tili va o’qish savodxonligi darsida faol ishtirok etib,bilimli,zukko o’quvchi ekanligingizni namoyish etishingizga ishonaman. O’quvchilar birgalikda ,,DARS-MUQADDAS’ she’rini aytadilar. Navbatchi axboroti:Sinfda men navbatchi Hamma gapdan xabarchi Bugun aprel oyining 20-kuni Havo iliq,kam bulut,muborak kun chorshanba Sinfxona ozoda,stol-stul bir tekis Doska toza,bo’r tayyor, Kitob daftar shay bari Barchamiz darsga tayyor. Bugungi darsimizning shiori:Barkamol avlod bo’lib,el-yurtga xizmat qilish Kitobga oshno bo’lib doim olg’a intilish. 2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash.Biz o’tgan darsda 11-bo’lim ,,Yo’l qoidasi –umr foydasi “ mavzusi bilan tanishgan edik.Qani kim aytadi uyga vazifa nima topshiriq berilgan edi? O’quvchilardan harakat va holatni bildiruvchi so’zlar haqidagi qoida hamda rasm asosida tuzgan gaplari so’rab baholanadi. Mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga bir nechta yo’l harakatiga oid rasmlar ko’rsatiladi.O’quvchilar shu rasmning qanday belgi ekanligini aytib,o’sha gapidagi harakatni bildirgan so’zni topishi kerak bo’ladi. Faol qatnashgan o’quvchilar birdan rag’batlantirib boriladi. 3.Yangi mavzu bayoni : Yo’l qoidasi-umr foydasi Mavzuni boshlashdan avval o’quvchilarga ,,Yo’llarda yurish qoidalari” haqida qisqa videorolik qo’yib beriladi.hamda bugungi o’tadigan darsimiz ,,Yo’l belgilari” haqida ekanligi tushuntiriladi.Ko’rgazmali qurollardan foydalangan holda bir nechta yo’l belgilari haqida tushuncha beriladi.Svetafor haqida ham tushuncha berib o’tiladi. Aytingchi,qanday yo’l belgilarini bilasiz?O’quvchilar qo’llaridagi yo’l belgilarini ko’targan holda yo’l belgilariga oid she’rlar aytadilar. TEZ YORDAM BELGISI YER OSTI YO’LI BELGISI Yo’lning ustida Qodir, Ko’rsang agar yo’l bo’ylab Falokat bo’lsa sodir Zinapoya belgisin Ikki ko’zi bo’lib nam Xavfsizligingni o’ylab Bu belgidir : Tez yordam. Pastga tushaver sekin. XAVFDAN OGOH QILUVCHI BELGI YO’L NOSOZLIGI BELGISI Budir undov belgisi, Agar sen yurar yo’lda Xavfsizlikka undaydi! Sozlash ishlari ketsa Uchrab qolsa yo’lingda Bu belgi ma’nosini Jim turmaydi undaydi Uqib ol aqling yetsa. Keling, bolalar darslikdagi yo’l belgilari bilan tanishamiz va birgalikda bajaramiz. Sizningcha belgilardagi ranglar nimani bildiradi? Odatda qizil rang ta’qiqlovchi belgilarda,havorang ko’rsatuvchi,yo’naltiruvchi belgilarda,sariq rang esa ogohlantiruvchi belgilarda qo’llanadi. Doskaga darslikda berilgan belgilar chizilgan plakat ilinadi.O’quvchilar pastda berilgan so’zlar bilan moslashtirish uchun navbat bilan chiqadilar.Moslashtirgan belgining vazifasini ham aytib o’tadilar. Dam olish daqiqasi: O’quvchilar ijrosida ,,SVETAFOR’’ qo’shig’I kuylanadi. SVETAFOR Uch og’ayni botirmiz Hamjihatmiz doim biz Uch xil rangda nodirmiz Chorrahalar joyimiz Qizil,sariq yashilmiz Vaqti bilan nur sochar Kuch qudratga qodirmiz Uchta to’lin oyimiz. 4.Yangi mavzuni mustahkamlash.3-topshiriq.O’quvchilar o’zlariga yoqqan 4 ta belgini tanlab,berilgan namunadagi kabi izoh yozishlari kerak. Namuna: 2-belgi:Velosipedda harakatlanmang. Yozgan izohlarini o’qib,xato va kamchiliklari tuzatiladi va baho qo’yiladi. Shundan so’ng xonaga Yo’l patrul xodimini taklif qilamiz.Biz tayyorlagan Sho’rchi tumani maketini o’quvchilarga tushuntirib ,yo’l belgilari,yo’llarda yurish qoidalari haqida o’quvchilarga tushuncha beradi. 5.Darsga yakun yasash va o’quvchilarni baholash.Prezidentimiz tomonidan 1-maydan kuchga kirayotgan yo’l harakatiga oid yangi qoidalar haqida ham qisqacha aytib o’tiladi.O’quvchialr rag’batlantiriladi. 6.Uyga vazifa :Yangi kuchga kirayotgan qoidalardan 4 tasini ota onalarimiz yordamida topib daftarga yozib kelish.yo’l belgisini chizib kelish. Download 380.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling