Mavzu: Xalq hunarmandchik turlari Reja: Kashtachilik san’ati Zargarlik Gilamdoʻzlik
Download 6.5 Kb.
|
Taqdimot (1)
Mavzu:Xalq hunarmandchik turlari Reja: 1.Kashtachilik san’ati 2.Zargarlik 3.GilamdoʻzlikKashtadoʻzlik, kashtachilik — kashta tikish kasbi, amaliy sanʼatning qad. Sohalaridan biri. Arxeologik topilmalar Kashtadoʻzlikning deyarli barcha xalklarda qad.ligini, iqlim, tabiiy sharoit, mu\it bilan bogʻliq holda har bir xalqning madaniyati, sanʼati, kasb-hunar turlari bilan birga, ularning taʼsirida rivoj topganini koʻrsatadi. Kashtadoʻzlikning paydo boʻlishi teridan qilingan kiyimlarda bogʻlam va choklarning yuzaga kelishi bilan bogʻliq. Davrlar davomida toshdan suyak bigizlarga, undan metall bigizlarga oʻtish b-n, shuningdek, toʻqish, mato toʻqish, boʻyash va b. Ishlar bilan bogʻliq. Kashtadoʻzlik taraqqiyotini Qad. Osiyo, Yevropa, Amerika madaniy yodgorliklari, adabiy manbalardagi kashtalar tasvirida, shuningdek, saqlanib qolgan Kashtadoʻzlik namunalarida kuzatish mumkin.Oʻrta Osiyoda, ayniqsa, oʻzbek, turkman, tojik ayollari urtasida Kashtadoʻzlik keng tarqalgan. Kiyimlar oilada tayyorlangan, badiiy buyumlar (soʻzana, kirpech, dorpech, choyshab, oynaxalta, choyxalta va b.)ning asosiy qismlari har bir xonadonning oʻzida tayyorlangan. Kashta choklari, kashta tikish va uslublarining turli-tumanligi oʻzbek kashtadoʻzlarining katta sanʼatidan dalolat beradi. Mas, Nurota, Buxoro, Samarqand Kashtadoʻzlik mahsulotlari koʻproq yoʻrma chok b-n, Shahrisabzda yoʻrma, kandaxayol, iroqi, Toshkentda esa koʻproq bosma chok bilan tikilgan. Ijtimoiy hayotda roʻy bergan oʻzgarishlar Kashtadoʻzlik anʼanalariga, mahsulotning turlariga taʼsir koʻrsatgan.Yevropada Kashtadoʻzlik Uygʻonish davrida yuqori pogʻonaga koʻtarildi. Davrning buyuk rassomlari (mas, Perujino, Bottichelli va b.) kashtaduzlar uchun andazalar tayyorlab berishgan, bu esa kashtalarning badiiyligini oshirgan. Kashtadoʻzlikda qimmatbaho toshlardan ham foydalanilgan, ip, jun, ipak, zar va kumush suvi berilgan iplar ishlatilgan. 18-asr da Yevropada aslzodalar kiyimini bezashda kashtalardan foydalanib tayyorlangan Kashtadoʻzlik buyumlari keng tarqalgan.Zargarlik sanoati – yuksak badiiy ishlov berish yoʻli bilan nodir metallar va qimmatbaho toshlardan, shuningdek, boshqa metallardan buyumlar, taqinchoqlar ishlab chiqaradigan sanoat tarmogʻi. Z.s.da xom ashyo sifatida qimmatbaho va rangli metallar (platina, oltin, kumush va b.), ularning qotishmalari, qimmatbaqo va yarim qimmatbaho toshlar (feruza, fionit, olmos, aqiq, zumrad, yoqut), tabiiy toshlar, plastmassa, suyak, emal, shisha va b. Ishlatiladi.Oʻzbekistonda Z.s. Korxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasi huzuridagi “Fonon” ilmiy i. Ch. Birlashmasi tarkibida. Ularning yiriklari: “1Toshkent zargarlik korxonasi”, “2sonli zargarlik zavodi”, “Hyp” davlat badiiy zargarlik markazi, “3sonli zargarlik zavodi”, “Kumush” Oʻzbekiston-AQSH qoʻshma korxonasi, “EyshnReyz” Oʻzbekiston-AQSH qoʻshma korxonasi (Toshkent sh.), Shaxrisabz zargarlik korxonasi (Shahrisabz sh.), Burchmulla zargarlik zdi (Burchmulla qishlogʻi). 1992 yilda ishga tushgan Zarafshon shahridagi Navoiy zargarlik zdi (avvalgi “Zarispark” Oʻzbekiston-AQSH qoʻshma korxonasi) respublikadagi yetakchi zargarlik korxonasi hisoblanadi.Gilamchilik —gilam toʻqish kasbi, badiiy hunarmandlik sohasi. Qadimdan chorvachilik bilan shugʻullanadigan koʻchmanchi qabilalar orasida keng tarqalgan. Oʻsimlik (paxta, zigʻir, jut) tolasi, jun (qoʻy, echki, tuya juni) dangina tayyorlangan. Gilam toʻqish uchun qirqilgan junlar yuvilib tozalanadi, temir taroqlarda taraladi, taralgan junlardan ip yigiriladi. Iplar turli tabiiy boʻyoqlar bilan boʻyaladi. Shuning uchun gilam ranglari oʻzgarmaydi va oʻzining sifatini yoʻqotmaydi. Hozirda sunʼiy tolalardan ham toʻqilmoqda. G. Yer bagʻirlab yotiq (gorizontal) va tik (vertikal) oʻrnatilgan dastgohlarda toʻqiladi.
Qoʻlda gilam toʻqish Oʻrta Osiyoda, ayniqsa Turkmanistonda keng rivojlangan. Qoʻlda gilam toʻqish nihoyatda sermashaqqat ish, toʻquvchidan qunt, did va mahorat talab qiladi. Patli gilamlarni toʻqish ayniqsa murakkab. Qoʻlda toʻqilgan gilam pati, naqsh mujassamoti asos ipiga rangli iplardan tugib bandlar hosil qilib yaratiladi, tugun uchi matoning yuza tomoniga chiqarib tekis qirqiladi, har bir qatordan soʻng arqoq ipi oʻtkazib maxsus temir taroqqa urib avvalgisiga mahkamlanadi. Tayyor gilam maxsus kimyoviy moddalar yordamida yuviladi. Gilamlar turli hajmlarda tayyorlanadi. 20-asr 30-yillaridan keyingina pat bogʻlaydigan maxsus dastgohi korxonalar paydo boʻldiDownload 6.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling