Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
7-moddasida Ta’lim turlari keltirilgan.
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
Qonunga asosan, ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi. Nodavlat ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.
Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi. Ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ta’lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin. Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmuilariga hamda o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli. ―Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 9-moddasida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan. Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar);
tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar);
o‘rta ta’lim (X — XI sinflar).
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
Tayanch o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, malaka va ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi deb ko‘rsatilgan. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiy xisoblanadi. Ta’lim muassasalarida ta’lim berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinishi aloxida qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasining ―Ta’lim to‘g‘risidagi qonunining 14- moddasida maktabdan tashqari ta’lim, 15- moddasida ta’lim olish shakllari, 16- moddasida masofaviy ta’lim, 17- moddasida dual ta’lim, 18- moddasida oilada ta’lim olish va mustaqi ta’lim olish, 19- moddasida kata yoshdagilarni o’qitish va ularga ta’lim berish, 20- moddasida inkyuziv ta’lim, 21- moddasida eksternat tartibidagi ta’lim xususida ma’lumot berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |