Mavzu: xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jahon iqtisodiyotiga ta’siri reja: kirish
Oʼzbekistonning Yevrosiyo xalqaro iqtisodiy tashkilotiga aʼzo boʼlishining ijobiy va salbiy tomonlari
Download 495.35 Kb.
|
rustamm
2.3.Oʼzbekistonning Yevrosiyo xalqaro iqtisodiy tashkilotiga aʼzo boʼlishining ijobiy va salbiy tomonlari.
Soʼnggi kunlarda turli davralarda mamlakatimizning Yevro-Osiyo ittifoqiga kirishi masalasi qizgʼin muhokama va munozaralarga sabab boʼlmoqda. Fikr-mulohazalar turli-tuman, kimlardir mazkur ittifoqqa kirishimizni yoqlayapti, boshqa birovlar esa bunga mutlaqo qarshi. Shu sabab men ham Oʼzbekistonning Yevro-Osiyo ga kirish masalasining ijobiy va salbiy jihatlari haqidagi fikrlarim bilan oʼrtoqlashmoqchiman. 2014 yil 29 mayda Ostona shahrida imzolangan “Yevro-Osiyo iqtisodiy itttifoqi haqida”gi Shartnomaning 4-moddasida uni tuzishning asosiy maqsadlari quyidagicha belgilangan: - aʼzo-davlatlar aholisining turmush darajasini oshirish maqsadida ular iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish; - Ittifoq doirasida tovarlar, xizmatlar, kapital va mehnat resursla-rining yagona bozorini shakllantirishga intilish; - global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarni har taraflama modernizatsiya , kooperatsiya qilish va ular raqobatbardoshligini oshirish. Mazkur Ittifoq tuzishning maqsadlari 2016 yil sentyabrь oyidan boshlangan Oʼzbekiston Respublikasi yangi iqtisodiy siyosatining asoslarini belgilab bergan “Harakatlar Strategiyasi” maqsadlariga toʼgʼri kelayotganligi koʼrinib turibdi. Demak, Yevro-Osiyo va bugungi Oʼzbekiston iqtisodiy siyosatlarining asosiy maqsadlari bir-biriga mos keladi. Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston va Аrmaniston davlatlarining umumiy maydoni 20,3 million kvadrat kilometrni tashkil etadi, aholisining soni 186 million kishi, YaIM hajmi 1, 9 trillion АQSh dollariga teng. Koʼrinib turibdiki, Yevro-Osiyo ittifoqi – hajmi jihatidan juda katta bozor va bu bozorning teng huquqli aʼzosi boʼlish Oʼzbekistonga ulkan imkoniyatlar yaratib beradi. Oʼzbekiston uzoq yillar mobaynida Yevro-Osiyo davlatlari bilan Sobiq Ittifoq nomli bitta davlat tarkibida boʼlgan va shu bois mazkur davlatlar bilan juda yaqin iqtisodiy aloqalar bilan bogʼlangan. Birgina qoʼshni davlatlarni olib qaraylik. Markaziy Osiyoda joylashgan beshta davlatning asosiy hududi uzoq asrlar davomida yagona davlat tarkibida boʼlgan. Toʼgʼri, beshta davlat maydonida bir paytning oʼzida bittadan koʼp davlat ham hukm surgan davrlar ham boʼlgan. Masalan, chor Rossiyasi istilosidan oldingi asrlarda hudud uchta davlatga boʼlinib ketgan edi. Lekin qadimda Markaziy Osiyo davlatlari bitta davlat tarkibida boʼlganmi yoki 3 ta davlat boʼlib yashaganmi, bundan qatʼiy nazar, ular iqtisodiyotlari asrlar mobaynida tabiiy-iqlim, yer-suv, aholining koʼchmanchi yoki oʼtroq holda yashashi kabi turli omillar taʼsiri ostida bir-birini toʼldirib turadigan yagona hududiy kompleks holida shakllangan. Sobiq Ittifoq parchalangunga qadar Markaziy Osiyo davlatlari yagona hududiy kompleks sifatida saqlanib turgan. 1992-2016 yillar mobaynida beshta davlatning iqtisodiy aloqalari susaydi, oʼrtada sunʼiy toʼsiqlar paydo boʼldi. Bu davlatlarning hammasiga salbiy taʼsir koʼrsatdi. Mamlakatimizning yangi rahbari Shavkat Mirziyoev darhol tashqi siyosatni butkul oʼzgartirib, hamma davlatlar, ayniqsa, qoʼshni davlatlar bilan aloqalarni kengaytirish yoʼlini boshladi. Iqtisodiy aloqalarning kuchayishi Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotlariga sezilarli darajada ijobiy taʼsir koʼrsata boshladi, tobora kamayib borayotgan oʼzaro savdo aylanmasi hajmlari oxirgi yillarda yana osha boshladi. Misollarga murojaat qilaylik. Аyni vaqtda Oʼzbekiston hududida Rossiya kapitali ishtirokida 950 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, Rossiyada esa Oʼzbekistonning iqtisodiy subʼektlari ishtirokida 550 dan ortiq korxona mavjud. Ikki mamlakatning mintaqalararo hamkorligi ham yanada kengaymoqda va bugun Oʼzbekistonlik tadbirkorlar Rossiyaning 70 ga yaqin hududlaridagi korxonalar bilan hamkorlik qilishmoqda. Belorussiya bilan mashinasozlik, elektrotexnika, toʼqimachilik, oziq-ovqat sanoati sohasida hamda mahalliylashtirishni kengaytirishda hamkorlikni rivojlantirish boʼyicha loyihalar amalga oshirilyapti. Oʼzbekistonda Qozogʼiston Respublikasi kapitali ishtirokida 200 dan ortiq korxona, Qirgʼiziston investorlari ishtirokida esa 96 ga yaqin kompaniya faoliyat koʼrsatmoqda. Oʼz navbatda, Qozogʼiston hududida 150 ga yaqin Qozogʼiston-Oʼzbekiston qoʼshma korxonasi, Qirgʼiziston hududida esa 200 dan ortiq Qirgʼiziston-Oʼzbekiston qoʼshma korxonalari faoliyat koʼrsatmoqda. 2016-2019 yillarda Yevro-Osiyo davlatlari bilan hamkorlikning kuchayishi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klasterlar, sanoat va savdo zonalarini tashkil etishda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatini yanada kengaytiradi, tuman va shaharlarni industrial rivojlantirish maqsadida hududlarga chet el investitsiya resurslarini jalb qilish imkoniyatini oshiradi. Download 495.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling