Mavzu: xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jahon iqtisodiyotiga ta’siri reja: kirish


O`zbekiston Raspublikasining 2017-2019 yillardagi import tarkibi dinamikasi9


Download 495.35 Kb.
bet10/13
Sana18.06.2023
Hajmi495.35 Kb.
#1582795
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
rustamm

O`zbekiston Raspublikasining 2017-2019 yillardagi import tarkibi dinamikasi9


Tarkib


2017 y.


2018 y.


2019 y.


Jami


100


100


100


shu jumladan:






Oziq-ovqat mahsulotlari


9,1

8,1

7,8

Kimyo mahsulotlari va buyumlari

15,3

13

13,2

Energiya manbalari va neft mahsulotlari

5,3

4,5

3,8

Qora metallar va ulardan yasalgan buyumlar

8,1

8,1

7,6

Rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar

1

1

1,1

Mashina va asbob-uskunalar

36,1

43

43,8

Xizmatlar

14,1

10,9

10

Boshqalar

11

11,2

12,7


Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob-uskunalar hamda ularning qismlari (43,8 %), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,2 %) hamda xizmatlar (10,0 %) hisobiga toʼgʼri keldi.


Yuqori hajmlarda import qilingan mahsulotlar tarkibida mamlakat ichida mahalliylashtirilishi mumkin boʼlgan mahsulotlar ham mavjud.
Importning oʼsishiga taʼsir etgan asosiy omillardan biri bu mamlakatga kiritilayotgan investitsiyalarning asosiy qismi boʼlgan mashina va asbob-uskunalar importining oshishi natijasida, uning jami importdagi ulushi 43,8 %ga yetdi (soʼnggi uch yildagi importdagi ulushining oʼsishi 7,7 foiz punkt).
Respublikamiz eksporti va importining tovar va geografik tarkibini takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirish bir qator vazifalarning amalga oshirilishini taqozo etadi.
Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, yoki ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish mumkin boʼlgan mahsulotlarga boʼlgan talabni oʼrganish, bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish eksport qilinayotgan tovarlar sonini va mamlakatlar geografiyasini kengaytirishga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. “Bu borada yangi bozorlar, yangi transport yoʼlaklarini topish, bir soʼz bilan aytganda faol marketingga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat yurgizish zarur”.
Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining raqobatbardoshligini taʼminlashda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi:

  • eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xarajatlarini kamaytirishda koʼmaklashish;

  • ularni tashqi bozor konʼyunkturasidagi oʼzgarishlar, istiqbolli bozorlar, raqobatchilar toʼgʼrisida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish;

  • transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish;

  • yangi transport yoʼlaklarini ochish orqali transport xarajatlarini kamaytirish va h.k.

Mamlakatimiz qishloq xoʼjaligi tarmogʼining bugungi kundagi salohiyati va sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ham eksport borasida gʼoyat katta imkoniyatlar borligini koʼrsatmokda. Shu bilan birga, qishloq xoʼjaligi mahsulotlari eksport qilinayotganda uning tovar koʼrinishiga, tarasi va dizayniga jiddiy eʼtibor qaratish zarur. Chunki ular, bir tomondan, mahsulotimizga boʼlgan talabni koʼpaytirishga, ikkinchi tomondan, aynan shunday mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi boshqa davlatlar bilan ragʼbatlashuvda katta rolь oʼynaydi.
Shuningdek, qishloq xoʼjaligi mahsulotini eksport qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar mahsulotini tashishda transport vositalari bilan taʼminlash xam eksport hajmini oshirishning taʼsirchan vositasidir.



Download 495.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling