Mavzu: xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jahon iqtisodiyotiga ta’siri reja: kirish


Xalqaro iqtisodiy integratsiya toʼgʼrisidagi turlicha nazariy qarashlar


Download 493.56 Kb.
bet3/12
Sana18.06.2023
Hajmi493.56 Kb.
#1578956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
rustamm

1.2.Xalqaro iqtisodiy integratsiya toʼgʼrisidagi turlicha nazariy qarashlar.

Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi alohida olingan davlatlarni xalqaro xoʼjalik aloqalariga muntazam ravishda jalb etishga olib keladi, bu esa yagona jahon iqtisodiyotini barpo etishga imkon yaratadi. Dunyodagi barcha mamlakatlar umumiy iqtisodiy qonunlarga koʼra rivojlanadi, ular xalqaro munosabatlar iqtisodiy xarakterining ustuvor boʼlishini shartlaydi. Xususan, globallashuv sharoitida jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonini amalga oshirish mamlakat kelajagini, iqtisodiyot rivojini taʼminlovchi muhim omil boʼlib hisoblanadi. Globallashuv (lotinchi globus – yer kurrasi) – bu jahon xoʼjaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmogʼining tashkil topishi va rivojlanishidir. Uning quyidagi 4 ta asosiy yoʼnalishlari quyidagilardir:


Birinchi yoʼnalish – mulkchilik munosabatlarining globallashuvi. Hozirda mulkiy oʼzlashtirishning mamlakatlar hududidan chetga chiquvchi, koʼplab davlatlarning ishtiroki asosida roʼy beruvchi koʼrinishlari amal qilmoqda. Bularga transmilliy korporatsiyalar (TMK), shuningdek TMKning xalqaro birlashmalarini misol keltirish mumkin.
Yevropa ittifoqi tajribasi shuni koʼrsatadiki, mintaqaviy integratsiyalashuv milliy tuzilmalardan yuqori turuvchi organlarni tarkib toptirishi mumkin. Bu organlar YeIga aʼzo davlatlarning mulkchilik munosabatlarini ham maʼlum darajada tartibga soladi.
Ikkinchi yoʼnalish – kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga oʼtish. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hozirgi zamon murakkab mehnat kooperatsiyasiga xos boʼlgan xoʼjalik oʼzaro aloqalarining juda katta tarmogʼiga kirishib ketganlar. Eng mukammal texnika vositalarini yaratishda turli mamlakatlardan yetkazib beriluvchi koʼplab butlovchi qismlardan foydalaniladi. Masalan, АQSh “Boing” samolyotini ishlab chiqarishda butlovchi qism va detallarni mingga yaqin xorijiy firmalardan oladi.
Uchinchi yoʼnalish – xoʼjalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo boʼlishi va rivojlanishi. Аxborot tarqatishning globallashuvi jarayonlari:
a) butun jahonni toʼliq kompьyuterlashtirishni taqozo etuvchi global axborot tizimlarining (Internet singari) yanada rivojlanishi;
b) sunʼiy yoʼldoshlar imkoniyatlaridan foydalanish orqali taʼminlanuvchi global aloqaga oʼtish;
v) insoniyatning ochiq axborotlashgan jamiyat tomon intilishi;
g) Internet orqali savdo tizimining keng rivojlanishi. Jahonda xoʼjalik aloqalarini tashkil etish shakllarining tubdan oʼzgarishi koʼp jihatdan axborot tarqatishning globallashuvi bilan bogʼliq. Jumladan, yangi asrimizning dastlabki davri uchun quyidagi jarayonlar xos boʼladi: a) butun jahonni toʼliq kompьyuterlashtirishni taqozo etuvchi global axborot tizimlari (Internet singari) yanada rivojlanadi; b) sunʼiy yoʼldoshlar imkoniyatlaridan foydalanishning yangi tizimi uyali telefon aloqasidan yoʼldoshlar orqali taʼminlanuvchi global aloqaga oʼtish imkonini beradi; v) insoniyat ochiq axborotlashgan jamiyat tomon intiladi; g) Internet orqali savdo tizimi keng rivojlanadi.3
Toʼrtinchi yoʼnalish – xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni tartibga soluvchi rolining rivojlanishi.
Jahon xoʼjaligi subʼektlarining oʼzaro aloqasi hamda oʼzaro bogʼliqligining kengayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora koʼproq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etadi. Bu muammolarning murakkablashuvi ularning oʼz vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishida hukumatlararo va nohukumat (ishlab chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqa tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining faoliyatini zaruriyatga aylantiradi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini tadqiq etish, unda vujudga kelishi mumkin boʼlgan muammolarni hal etish va mazkur jarayonning eng samarali shakllarini koʼrsatib berishga intilish bu boradagi turli nazariyalarning paydo boʼlishi va rivojlanishiga olib keldi. Bunday nazariyalar qatorida neoliberalizm, korporatsionalizm, strukturalizm, neokeynschilik, dirijistlik yoʼnalishi kabilarni ajratib koʼrsatish mumkin.
O’rta neoliberalizm (1950-1960 yillar) vakillari V.Repke va M.Аlle toʼliq integratsiya deganda bir necha mamlakatlar miqyosida yagona bozor makonining tashkil etilishini tushunib, bu makonda erkin raqobat va bozorning stixiyali kuchlari amal qilib, davlat siyosati unga oʼz taʼsirini oʼtkaza olmaydi. Bu olimlarning fikricha, xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasiga davlatning aralashuvi inflyatsiya, xalqaro savdo va toʼlov nisbatlarining buzilishi kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi.
Biroq, davlat ishtirokidagi mintaqaviy davlatlararo ittifoqlarning shakllanishi asosidagi xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi erta neoliberallarning fikrining asossiz ekanligini koʼrsatdi. Shunga koʼra, keyingi neoliberalizm vakili B.Balass iqtisodiy integratsiya davlatning iqtisodiy hayotdagi ishtirokining faollashuviga olib kelishini tadqiq etdi.
Korporatsionalizm (namoyandalari S.Rolf, Yu.Rostou) XX asrning 60- yillarida paydo boʼlib, bozor mexanizmi va davlat tomonidan tartibga solishga qarama-qarshi holda transmilliy korporatsiyalarning faoliyat koʼrsatishi xalqaro iqtisodiyotning integratsiyalashuvini, uning ratsional va muvozanatli rivojlanishini taʼminlashga qodirligi toʼgʼrisidagi gʼoyalarni ilgari surdi.
Strukturalizm (asosiy vakili G.Myurdal) yoʼnalishi tarafdorlari tovarlar, kapital va ishchi kuchi harakatining toʼla liberallashuvi gʼoyasiga qarshi chiqib, bozor mexanizmining erkin amal qilishi ishlab chiqarishning rivojlanishi va joylashuvida maʼlum nomutanosibliklarni, daromadlardagi tengsizlikning chuqurlashuvini keltirib chiqaradi, deb hisoblaydilar. Bu oqim vakillari iqtisodiy integratsiyaga integratsiyalashayotgan mamlakatlar iqtisodiyotidagi tarkibiy oʼzgarishlarning chuqur jarayoni sifatida qarab, buning natijasida sifat jihatidan yangi integratsiyalashgan makon, nisbatan takomillashgan xoʼjalik organizmi paydo boʼlishini taʼkidlaganlar.
Neokeynschilik (asosiy vakili R.Kuper) yoʼnalishi xalqaro iqtisodiy hamkorlikning markaziy muammosini mamlakatlarning erkinligini maksimal darajada saqlab qolgan holda integratsiya jarayonlaridan olinadigan turli-tuman naflikni koʼpaytirishga asosiy eʼtibor qaratgan. Neokeynschilar xalqaro integratsiyani rivojlantirishning mumkin boʼlgan ikkita variantini ilgari surdilar: birinchisi – iqtisodiy maqsad va siyosatni muvofiqlashtirgan holda milliy erkinlikni yoʼqotish asosidagi integratsiya; ikkinchisi – milliy musatqillikni imkon qadar saqlab qolish shartiga asoslangan integratsiya. Bu variantlarning hech biri sof holda mavjud boʼlmasligini anglagan holda, ular integratsiyalashuvchi tomonlarning ichki va tashqi siyosatlarini muvofiqlashtirish yoʼli bilan bu variantlarni uygʼunlashtirish zarurligini koʼrsatganlar.
Neokeynscha yoʼnalishning yana bir koʼrinishi dirijizm (asosiy vakili Ya.Tinbergen) boʼlib, uning namoyandalari integratsiya jarayonlarida bozor mexanizmining hal qiluvchi rolini inkor etadilar. Ular xalqaro iqtisodiy tuzilmalarning tashkil etilishi va amal qilishi integratsiyalashayotgan mamlakatlar tomonidan umumiy iqtisodiy siyosatning ishlab chiqilishi, sotsial qonunchilik boʼyicha kelishuv, kredit siyosatining muvofiqlashtirilishi asosida amalga oshirilishi mumkin deb hisoblaydilar.
Yuqoridagi turli-tuman nazariyalarning umumiy tavsifi shuni koʼrsatadiki, ularning har biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning maʼlum jihatlarini ochib berishga, bu boradagi muammolarni hal etish va yangi gʼoyalarni rivojlantirishga qaratilgan. Mazkur nazariyalarning toʼgʼri va ilmiy asoslangan tomonlaridan foydalangan holda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni yanada takomillashtirishga intilish iqtisodchi olimlar oldidagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Yuqorida kelitrilgan turlicha nazariyalarni tahlilini umumlashtirishga harakat qilamiz.(1.2.1-jadvali)
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning koʼrinishlari shu qadar koʼpligi bois, ushbu tushunchani izohlashdagi mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan iqtisodiy integratsiya tushunchasini izohlashda qarashlarning ham turlicha boʼlishiga sababchi boʼlgan.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya moddiy, moliyaviy, zakovat boyliklarining mamlakatlar oʼrtasidagi almashinishining turli yoʼnalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir. Bu istalgan mamlakat iqtisodiyotidagi eng murakkab soha boʼlib, oʼz rivojlanishi uchun atroflicha yondashishni taqozo etadi. Shuningdek, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv, Oʼzbekistonning dunyo mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalar oʼrnatilishi orqali ham nomoyon boʼladi.

Download 493.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling