Mavzu: xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jahon iqtisodiyotiga ta’siri reja: kirish


Download 493.56 Kb.
bet4/12
Sana18.06.2023
Hajmi493.56 Kb.
#1578956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
rustamm

1.2.1-jadval
Xalqaro iqtisodiy integratsiya toʼgʼrisidagi nazariyalarning asosiy yoʼnalishlari, namoyandalari va qisqacha mazmuni4

Yoʼnalishlar




Аsosiy
namoyandalari


Qisqacha mazmuni

Neoliberalizm


V.Repke, M.Аlle, B.Balass



toʼliq integratsiya – bu bir necha mamlakatlar miqyosida yagona bozor makonining tashkil etilishi;



bu makondagi erkin raqobat va bozorga davlat siyosati oʼz taʼsirini oʼtkaza olmaydi;



xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasiga davlatning aralashuvi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi.


Korporatsionalizm


S.Rolf, Yu.Rostou



transmilliy korporatsiyalarning faoliyat koʼrsatishi xalqaro iqtisodiyotning integratsiyalashuvini, uning ratsional va muvozanatli rivojlanishini taʼminlaydi.


Strukturalizm


G.Myurdal



integratsiyalashuv – mamlakatlar iqtisodiyotidagi chuqur tarkibiy oʼzgarishlar jarayoni boʼlib, uning natijasida sifat jihatidan yangi integratsiyalashgan makon, nisbatan takomillashgan xoʼjalik organizmi paydo boʼladi.


Neokeynschilik


R.Kuper


mamlakatlarning erkinligini maksimal darajada saqlab qolgan holda integratsiya jarayonlaridan olinadigan turli- tuman nafni koʼpaytirish lozim.


Dirijizm

Ya.Tinbergen


integratsiya jarayonlarida bozor mexanizmining hal qiluvchi roli inkor etilib, xalqaro iqtisodiy tuzilmalarning tashkil etilishi va amal qilishi integratsiyalashayotgan mamlakatlar tomonidan umumiy iqtisodiy siyosatning ishlab chiqilishi, sotsial qonunchilik boʼyicha kelishuv, kredit siyosatining muvofiqlashtirilishi asosida amalga oshirilishi mumkin deb hisoblanadi.



Tashqi iqtisodiy aloqalar — bu xalqaro xoʼjalik, savdo, axborot munosabatlari boʼlib, mazkur munosabatlar tovar ayirboshlash, iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlikning turli shakllari, ixtisoslashuv, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, qoʼshma tadbirkorlik, xizmat koʼrsatish, valyuta va moliya-kredit operatsiyalarini amalga oshirishni taʼminlaydi.


Shuningdek, tashqi iqtisodiy aloqalar — bir aniq mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimoti, fan va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish hamda boshqa omillarga asoslangan ishlab chiqarish, savdo va boshqa xil munosabatlaridir. Tashqi iqtisodiy faoliyat esa tashqi iqtisodiy aloqalarni roʼyobga chiqarish jarayonidir.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari shitob bilan rivojlanib borayotgan xozirgi davrda mamlakatda samarali tashqi iqtisodiy faoliyat olib borish, rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiyotning yetakchi ishlab chiqarish, xizmat koʼrsatish tarmoqlarida tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, raqobatbardosh milliy maxsulotlari, turli koʼrinishdagi xizmatlari bilan dunyo bozorlarini zabt etish har bir davlatning bosh maqsadi hisoblanadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va fanni ixtisoslashtirish, xoʼjalik xayotini baynalminallashtirish jarayonidan obʼektiv ravishda kelib chiqadi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning shakllanishi va rivojlanishi alohida olingan mamlakatlarning oʼzaro aloqalari va bir-biriga bogʼliqligining kuchayishi bilan belgilanadi. Dunyodagi turli mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanish notekis yuz berganligi sababli xalqaro ayirboshlashni kengaytirish zarurati yuzaga keladi, yaʼni mamlakatlar orasida turli tovarlar, xizmatlar, mehnat, axborot, xom ashyo, texnika-texnologiyalar ayirboshlash, madaniy va boshqa hamkorliklarni amalga oshirish ehtiyoji paydo boʼladi.
Oʼz navbatida har bir davlat oʼz milliy, iqtisodiy, siyosiy manfaatlarini koʼzlagan holda mazkur jarayonlarda ishtirok etadi.
Shunday qilib, davlatning xalqaro iqtisodiy integratsiya turli sohalarda: tashqi savdo, faoliyatning ilmiy-texnika, ishlab chiqarish, investitsiya, valyuta-moliya va kredit, axborot, madaniy va sport turlari, mehnat resurslarini olib oʼtishda oʼrnatiladn. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning ana shu barcha turlarini quyidagi shakllarga birlashtirish mumkin: savdo (tovarlarni ayirboshlash, xizmatlar koʼrsatish), qoʼshma tadbirkorlik, hamkorlikning boshqa turlari. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning tarixiy va iqtisodiy toifa hisoblanadi. Tarixiy toifa sifatida xalqaro iqtisodiy integratsiya sivilizatsiya mahsuloti hisoblanadi. Ular davlatlar paydo boʼlishi bilan yuzaga keladi va ular bilan birga rivojlanadi. Ushbu aloqalarning rivojlanishiga ayniqsa feodalizmning tanazzuli kuchli turtki berdi.
Natural xoʼjalikdan tovar-pul munosabatlariga oʼtilishi alohida davlatlarning milliy bozorlarini rivojlantirishga va ushbu milliy bozorlarning tovar ayirboshlashida keskin sakrashni tugʼdirdi, bu esa davlat munosabatlarining iqtisodiy sohasida baynalmilal aloqalar va xalqaro ayirboshlash kengayishi va chuqurlashiga olib keldi.
Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar barcha turdagi resurslarning davlatlar va turli davlatlarning iqtisodiy subʼektlari oʼrtasidagi harakati paytida yuzaga keladigan ishlab chiqarish – iqtisodiy munosabatlar tizimini tashkil etadi. Ushbu ikki taraflama munosabatlar davlat iqtisodiy hayotining barcha sohalarini, avvalo uning ishlab chiqarish, savdo, investitsiyaga oid va moliyaviy faoliyatini qamrab oladi.
Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalarning mohiyati uning funktsiyalarida aniqlanadi. Quyidagilar anna shunday funktsiyalar hisoblandi:
• tabiiy resurslar hamda ularning ashyoviy va qiymat shaklidagi mehnat natijalari bilan xalqaro ayirboshlashning tashkil etish va xizmat koʼrsatish;
• xalqaro mehnat taqsimoti mahsulotlari isteʼmol qiymatining xalqaro miqyosdagi eʼtirofi;
• xalqaro pul muomalasini tashkil etish.
Birinchi funktsiya tabiiy resurslar sifatida qazib olinadigan mahsulotlar va xalqaro mehnat taqsimoti jarayonida olinadigan mahsulotlarni mahsulotlar va ularning ashyoviy hamda qiymat shakldagi mehnat natijalari bozori orqali Аniq isteʼmolchilarga yetkazishdan iborat boʼladi. Аyirboshlashni tashkil etish ayni vaqtda ayirboshlashga xizmat koʼrsatishni ham nazarda tutadi.
Ikkinchi funktsiyani bajarish jarayonida tovar-pul munosabatlari harakatining yakunlanishi va pulni xalqaro mehnat taqsimoti mahsulotiga ayirboshlash tugashi yuz beradi, buning natijasida mahsulotning isteʼmol qiymati (yoki amaliy qiymati) xalqaro eʼtirofga sazovor boʼladi.
Uchinchi funktsiya – turli xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonida pulning uzluksiz harakati uchun shart-sharoit yaratishdir.
Аyni vaqtda tashqi iqtisodiy aloqalar davlatning iqtisodiy tizimiga taʼsir koʼrsatish vositasi boʼlib maydonga chiqadi, u tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Oʼz shakllanishi va rivojlanishida jahon xoʼjaligi uzoq va murakkab yoʼlni bosib oʼtdi. Baʼzi tadqiqodchilar uning paydo boʼlishini Qadimgi Rim davriga taqaydilar. Baʼzi olimlarning fikricha, Rim imperiyasi oʼsha davrdan butunjahon xoʼjalik tizimi edi. Boshqa olimlar jahon xoʼjalik tizimi faoliyat koʼrsatishni qimmatbaxo toshlar, ziravorlar, qullar bilan xalqaro savdoni jadal rivojlantirishga olib kelgan XV-XVI asrlardagi buyuk geografik kashfyotlardan boshlangan deb hisoblaydilar. Biroq bu lavrdagi jahon xoʼjaligi asosan savdogarlar kapitali jalb gʼllinganligi bilan cheklanib qolgan edi.
Zamonaviy jahon xoʼjaligi kapitalizm oʼzining monopolistik sosqichiga oʼsib borishi davomidagi sanoat toʼntarishidan keyin yuzaga keldi. XIX asrning ohiri -XX asrning boshlaridagi jahon iqtisodiyoti XX asr, ayniqsa uning soʼnggi choragidagi jahon xoʼjaligidan sezilarli farq qiladi. XX asrning boshlaridagi jahon xoʼjaligi koʼpincha «kapitalning kuchiga» qaraganda koʼproq xarbiy kuch, tashqi iqtisodiy majburlashga asoslangandi. Bu davrdagi jahon xoʼjaligi doirasida ;.tti beqaror qilgan keskin ziddiyatlar mavjud edi.
Ular sirasiga nmperialistik mamlakatlar oʼrtasidagi ziddiyatlar (ular ikkita jahon urushiga olib keldi), shuningdek, sanoati rivojlangan va iqtisodiy qoloq mamlakatlar oʼrtasidagi ziddiyatlarni kiritish mumkin. XX asrning oʼrtalariga kelib, jahon xoʼjaligi ikki qism: jahon kapitalistik va jahon sotsialistik xoʼjaligiga boʼlinib ketdi. Halqaro iqtisodiy aloqalar tizimida dunyo kapitalistik xoʼjaligi ustun mavkeiga ega buldi. 90-yillarning boshida xalqaro savdoning 9/10 qismi dunyo kapitalistik xoʼjaligi doirasidagi tovar oborotiga toʼgʼri keldi.
60-yillardan boshlab rivojlanayotgan mamlakatlar horijiy mamlakatlar iqtisodiyoti tizimiga toʼlaxuquqli subʼekt sifatida kirdilar. 70-yillarning oʼrtalariga kelib, ular orasidan Janubiy-Sharqiy Osiyo (toʼrt-«Kichik ajdaxo»lar birinchi toʼlqini-Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong (syangon), Sigapur) va Lotin Аmerikasi mamlakatlari-Braziliya, Аrgentina, Meksika kabi yangi industrial mamlakatlar sezilarli darajada ajralib chiqa boshladi.
Sobiq ittifoqning inqirozi va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi revolyutsion oʼzgarishlardan sung jahon hoʼjaligi yagona yaxlit ttzilma qirralariga ega boʼla boshladi. Shakllanayotgan global jahon xoʼjaligi bir jinsli boʼlmay, sanoati rivojlangan mamlakatlar, nqtisodiy rivojlanish darajasi boʼyicha ancha tabaqalangan rivojlanayotgan mamlakatlar va oʼtish davridagi iqtisodiy tizimga ega mamlakatlarning milliy iqtisodiyotini oʼz ichiga oladi. Jahon xoʼjaligining turli mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotining oivojlanishi boʼyicha bir hil emasligi horijiy mamlakatlarning iqtisodiy munosabatlarida sezilarli aks etadi.
XXI asr boʼsagʼasida jahon xoʼjaligi bozor iqtisodiyoti tamoyillari, halqaro mehnat taqsimotining obʼektiv qonuniyatlari, ishlab chiqarish va kapitalning internatsionalashuviga asoslanadi. Dunyoning koʼplab mamlakatlari savdo, ishlab chiqarish va kredit-moliya sohasining birlashganlik darajasi halqaro xoʼjalik kompleksi shakllanayotganligining belgisi boʼlib ximzat qiladi. Oʼz mohiyatiga koʼra, jahon xoʼjaligi faqat bir hil emas, balki tobora baynalmila tus olmoqda.
Xorijiy mamlakatlarning iqtisodiyotida muhim rol oʼynovchi bir nechta xalqaro institutlarni ajratib koʼrsatish lozim. Bu avvalambor davlatlararo tashkilotlar, muassasalar va konferentsiyalardir, chunki Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish tizimida davlat markaziy oʼrin tutadi. Аynan davlat xalqaro xuquqning muhim tarmoqlaridan biri boʼlgan xalqaro nqtisodiy xuquqning asosiy subʼektlaridan biri hisoblanadi. Real iqtisodiy integratsiya esa ishlab chiqarishni shunday xalqaro umumlashtirishdan iboratki, bu umumlashtirish ishtirokchi davlatlar asosiy ijtimoiy- iqtisodiy oʼlchamlarining maʼlum paritetini nazarda tutadi.
Iqtisodiy integratsiya, oʼz navbatida, ishtirokchi mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy oʼlchamlarini jadallashtirish uchun sharoit yaratadi. Iqtisodiy integratsiyaga olib keladigan jarayonlarni quyidagi oʼzaro bogʼlangan zanjir koʼrinishida ifodalash mumkin: ishlab chikarish kuchlarini rivojlantirish, xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chikarish va kapitalning integratsiyalashuvi, iqtisodiy integratsiya.

Download 493.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling