2-mavzu: ilmiy-tadqiqiy va nazariy-falsafiy konsepsiya
Download 37.93 Kb.
|
2-mavzu uchun material
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strukturaviy tilshunoslik
- So‘z gavharedurki, rutbasinin Sharhidadur ahli nutq ojiz. Andinki erur xasis muhlik, Ko‘rguzguchidur Masih mo‘jiz.
2-MAVZU: ILMIY-TADQIQIY VA NAZARIY-FALSAFIY KONSEPSIYA Konsepsiya (lot. conceptio — majmua, tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 2) adabiyotda — biror asarning asosiy gʻoyasi. K. badiiy asar mohiyatini, ijodkorning "meni"ni ifoda etadi. Biroq badiiy asar K.si ayrim holatlarda muallifning subʼyektiv qarashlaridan keng qamrovli bulishi mumkin. Baʼzan muallif moʻljaliga zid holat yuz bersa ham, mohiyat eʼtibori bilan asar oʻz K.siga koʻra muallifning badiiy-estetik olamiga tegishli boʻladi. Oʻquvchining maʼnaviy-ruhiy saviyasi, tarixiy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda badiiy asar K.si alohida taʼkidlanib, ochiq-oydin ifoda etiladi. Inson va borliq mohiyatiga koʻra, K. bir butunlikni tashkil etadi. Masalani muayyan ijodkorning oʻz K.si yoki alohida olingan haqiqiy sanʼat asarining K.si tarzida qoʻyish ham mumkin. Boshqa jihatdan, badiiy asar K.si unda tasvirlangan badiiy-estetik, obrazli dunyo orqali hayotni anglash mexanizmi — usuli boʻlib ham maydonga chiqadi. Umuman, K. badiiy asarning sanʼat, adabiyot va madaniyat tarixidagi oʻrnini hamda oʻquvchilar ommasiga taʼsir etish darajasini belgilaydi. Strukturaviy tilshunoslik — tilshunoslik yoʻnalishlaridan biri; tilga nisbatan ilmiy karashlar va uni tadqiq etish usullari majmui. Tilni anik, ajralib turadigan struktur (tarkibiy) elementlar (lisoniy birliklar, ularning turkumlari va boshqalar)ga ega boʻlgan belgilar tizimi tarzida tushunish va tilni qatiy (aniq fanlarga oʻxshatib) formal tavsiflashga intilish mazkur karashlar va usullar asosini tashkil etadi. St. oʻz nomini til strukturasiga boʻlgan alohida eʼtibori tufayli olgan. Til strukturasi (tuzilishi) esa, odatda, lisoniy tizimning muayyan sathlar doirasida iyerarxik (pogʻonali) bogʻlanishda joylashgan va tartibga solingan elementlari oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Tilni struktur jixatdan tavsiflash aniq bir matndan umumlashgan invariant (oʻzgarmas) birliklar (ran qoliplari, morfemalar, fonemalar)ni ajratish va ularni anik, nutk,iy boʻlaklar bilan munosabatini qatʼiy qoʻllanish qoidalari asosida aniqlashga imkon beruvchi taxlilni talab qiladi. St. gʻoyalari asosida strukturaviy (formal) grammatika yuzaga keldi, mashina tarjimasi bilan bogʻliq masalalar kun tartibiga olib chiqildi va maʼlum darajada oʻz yechimini topdi, tilshunoslikda matematik tadqiqot usullarining keng qoʻllanishiga imkon tugʻildi. St. garchi 20-asrning 20— 30y.larida alohida yoʻnalish sifatida shakllangan boʻlsada, uning dastlabki kurtaklari qad. hind tilshunosi Panini asarlarida, oʻrta asrlardagi universal grammatikalarda, R.Dekart va G.V.Leybnitsningfalsafiylingvistik grammatikalarida uchraydi. Strukturaviy tilshunoslikning paydo boʻlishida I.A.Boduen de Kurtene, F.F.Fortunatov, E.Sepir, L.Blumfild, ayniqsa, F.seSossyurning ilmiy izlanishlari va amaliy faoliyati muhim roloʻynagan. Strukturaviy tilshunoslik ning konsepsiya va metodlari uning ayrim maktablari (Praga lingvistik toʻgaragi — funksional tilshunoslik; Kopengagen maktabi — glossematja; Amerika maktabi — deskriptiv tilshunoslik) hamda bu maktablarga mansub boʻlmagan E.Benvenist, A.Martine, L.Kurilovich, Ye.D.Polivanov va boshqa olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. Strukturaviy tilshunoslikning 50y.largacha boʻlgan rivojlanish bosqichida tilni formal tavsiflash, uning mazmun jihatini inkor qilish, til tizimini matematik tizim sifatida tushunish ustunlik qilganligi sababli Strukturaviy tilshunoslik qatgaq tanqidga uchragan. 50y.lardan keyin esa lisoniy maʼnoni oʻrganish kuchayadi, maʼnomazmunni tavsiflashning struktur usullari ishlab chiqiladi. Bu davrda fonologik tahlil usullari grammatika va semantikaga koʻchiriladi. Strukturaviy tilshunoslikning oʻzi esa yangi yoʻnalishlarga kushilib ketib, 70y.larda alohida yoʻnalish sifatida barham topadi. Strukturaviy tilshunoslik ishlab chiqqan usullar adabiyotshunoslik, etnologiya, psixologiya, antropologiya, sanʼatshunoslik kabi ijtimoiygumanitar fanlarda boshka usullar bilan yonmayon qoʻllanmoqda. Darhaqiqat, Alisher Navoiyning so‘z va nutq, til va jamiyat rivoji yo‘lidagi xizmatlari beqiyosdir. So‘z dahosiga adoqsiz ehtirom va inja sezgi bilan munosabatda bo‘lgan shoir o‘z asarlarining aksariyatida, xususan, “Xamsa” dostonlarida, “Mahbub ul-qulub”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Nazm ul-javohir” va boshqa ko‘plab risolalarida so‘zning buyuk qudrati va nutq mahoratining xosiyatiga oid betakror fikrlarni bayon etgan. Alisher Navoiyning lingvistik konsepsiyasi to‘liq va batafsil bayon etilgan asar “Muhokamat ul-lug‘atayn”dir. Ushbu asar Navoiyning o‘z davrining qomusiy olimi va eng ilg‘or mutafakkirlaridan biri bo‘lganini ko‘rsatadi. Uning tilga oid qarashlari buni yaqqol tasdiqlaydi. Ulug‘ adibning ushbu asardagi qarashlari so‘z va tilni ham adabiyotshunoslik, ham tilshunoslik aspektlarida o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tilimizning imkoniyatlari va boyligini isbotlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yar ekan, Navoiy bunda eng samarali usul – qiyosiy tadqiqot uslubini tanlaydi. Navoiy bu o‘rinda tilshunoslikning asosiy sathlarini (leksika, semantika, morfologiya, sintaksis, stilistika) qamrab olgan holda to‘laqonli qiyosiy tahlilni amalga oshirgan. Shu ma’noda uni qiyosiy tilshunoslikning asoschilaridan biri, deyish mumkin. Asarda Navoiyning zabardast tilshunos olim ekani, til hodisalarini to‘g‘ri idrok etib, baholay olishi yaqqol namoyon bo‘ladi. Navoiy birinchi navbatda fe’llarni, ot turkumiga mansub so‘zlardan, avvalo, qarindosh-urug‘chilik atamalarini, hayvonlar va qushlar nomlarini, tabiat hodisalarini qiyoslaydi. Ya’ni, u tilning shunday qatlamini tanlaydiki, unda tilning o‘z so‘zlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Va bu – eng to‘g‘ri yo‘l. Zero, u yoki bu tilga xos xususiyatlar ham aynan ana shu qatlamda yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Tilning boshqa qatlamlarida, xususan, ilmiy, madaniy qatlamlarda o‘zga tillardan kirgan so‘zlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. “Muhokamat ul-lug‘atayn”da aytilishicha, so‘z go‘yoki bir durdir, durning doimiy makoni dengiz tubi bo‘lsa, so‘zning makoni ko‘ngildir. Dur g‘avvos tarafidan dengiz tubidan chiqarilib, jilvalantirilsa va uning qiymati javhariga ko‘ra baholansa, so‘z “sohibi ixtisos” tomonidan ko‘ngildan tashqariga olib chiqiladi va notiqning qiymati so‘z qo‘llash mahoratiga, uni jilvalantirish qobiliyatiga qarab belgilanadi. Boshqacha aytganda, dengiz tubida harakatsiz yotgan qimmatbaho durlar g‘avvos tomonidan harakatga keltiriladi, ko‘ngil tubida turgan sehrli so‘zlar esa so‘zlovchi tomonidan nutqiy jarayonga olib kiriladi va o‘z jilvasini namoyon etadi. Alisher Navoiy bu fikrlarini davom ettirib yozadi: “So‘z durrining tafovuti mundin dog‘i beg‘oyatroq va martabasi mundin ham benihoyatroqdur. Andoqki, sharafidin o‘lgan badang‘a ruhi pok yetar, kasifidin hayotliq tang‘a zahri halok xosiyati zuhur etar.
(Mazmuni: “So‘z shunday gavhardirki, martabasini aniqlashdan nutq egalari ojizdir: martabasi – yomon so‘zning halok qiluvchiligidan tortib, yaxshi so‘z bilan Isoning mo‘jiza ko‘rsatishiga (odam tiriltirishiga) qadar boradi”). “Insonni so‘z ayladi judo hayvondin” degan g‘oyasining dalolati sifatida Alisher Navoiy nutq odobi, so‘zga sohiblik, so‘zning orqa-o‘ngini va uning nutqdagi hamda muloqotdagi o‘z o‘rnini bilish kabi fazilatlarni inson axloqining tamallaridan biri deb hisoblagan, buni jamiyatga anglatish borasida ham amaliy, ham nazariy fikrlarni ilgari surgan. Ma’lumki, til tilsimining qudratini teran tasavvur etish va bu qudratni tugal ishga solish uchun muntazam mahorat va malaka talab qiladigan narsa tilning o‘z mohiyatida mavjud. Til mohiyatan bitmas-tuganmas, unda cheksiz-chegarasiz ifoda imkoniyatlari mujassam. Alisher Navoiy betakror iste’dodi bilan bu qudratni o‘ziga buysundira olgan alloma sifatida ayni imkoniyatlarni ichdan ko‘ra va ko‘rsata bilgan. Shu bois u tildagi mavjud ifoda imkoniyatlaridan nutq vaziyati va maqsadiga eng muvofig‘ini tanlash oson emasligini, so‘zlovchi bu borada mahoratini oshirishga har vaqt e’tibor bilan qaramog‘i shartligini ta’kidlagan. Zamonaviy tilshunoslikdagi eng muhim va keng e’tirof etilgan nazariy qarashlardan birining mohiyati shundan iboratki, til va nutq bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, ammo ayni paytda bir-biridan farqlanishi kerak bo‘lgan hodisalardir. Tilsiz nutq, nutqsiz til bo‘lishi mumkin emas. Til va nutqning farqli hodisalar ekanini asoslash, til va nutq tushunchalarining mohiyatini belgilash, bu ikki hodisaga xos xususiyatlarni ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish mashhur shveytsar tilshunosi Ferdinand de Sossyur nomi bilan bog‘liq deb qaraladi. To‘g‘ri, bu muammo Sossyur tomonidan batafsil o‘rganilgan. Uningcha, “til tushunchasi nutqiy faoliyat tushunchasi bilan teng emas; til – nutqiy faoliyatning muayyan bir, albatta, eng muhim qismi”, til so‘zlovchining faoliyati emas, u tayyor mahsulot, ijtimoiy hodisa, nutq esa individual faoliyat, so‘zlovchining o‘z fikrini ifodalash maqsadida til belgilaridan foydalangan holda reallashtirgan kombinatsiyasi mahsulidir. Til shu qadar mutlaqo o‘ziga xos narsaki, so‘zlash qobiliyatini yo‘qotgan odam ham tilni saqlaydi, ya’ni u eshitadigan til belgilarini bemalol tushunaveradi”. Sossyur to‘g‘ri ko‘rsatganiday, til tuganmas imkoniyat, nutq esa ayni shu imkoniyatning real voqelanishidir. Ammo bunday fikr tamoman yangi emas, bu atoqli olimgacha ham shunday fikr, bir qadar soddaroq bo‘lsa-da, aytilgan. Xususan, Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida so‘zning sharafli sifatlari haqida so‘zlash asnosida til va nutq munosabati xususida quyidagi nazariy fikrni bayon etadi: “Til muncha sharaf bila nutqning olati (quroli)dur va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo‘lsa, tilning ofatidur”. Demakki, til nutq uchun qurol, bu quroldan foydalanib nutq tuziladi, nopisandlik, e’tiborsizlik qilinsa, nutq maqbul bo‘lmaydi va bu tilning ofati bo‘ladi. Til va nutqning bir-biri bilan bog‘liqligi, biri ikkinchisiga hamisha ta’sir etishini til qonuniyatlarini teran bilgan Alisher Navoiy aniq sezgan. Lekin, taassufki, til va nutq munosabatiga bag‘ishlangan ishlarda ham, Navoiyning til xizmatini ko‘rsatishga qaratilgan tadqiqotlarda ham ul zotning ayni shu masaladagi behad nozik qaydi tilga olinmaydi. G‘arb dunyosi “Antik yunon falsafasida bugungi fanlarning deyarli barchasi kurtak holida mavjud edi”, degan gapni bot-bot ta’kidlab keladi. Ayni paytda shuni ham tan olish kerakki, Alisher Navoiyning lisoniy qarashlarida til va nutq muammosi “kurtak holida” emas, balki naqd meva shaklida ochiq bo‘y ko‘rsatib turibdi. Buni e’tirof etish eng qadimiy fanlardan bo‘lmish tilshunoslik va uning vakillari bo‘ynidagi burchdir. Mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy ona tilimizning asoslarini mustahkamlagan, bu mustahkamlikka betakror badiiy va ilmiy durdonalari bilan boqiylik baxsh etgan, ardoqli tilimizning metin qonuniyatlarini tadqiq qilish yo‘llariga chiroq tutgan donishmand sifatida asrlar osha xalqimiz qalbida yashab kelmoqda. Istiqlol sharofati, Prezidentimiz tashabbusi bilan ulug‘ bobomizning benazir merosini har tomonlama o‘rganish va targ‘ib qilish, undagi nodir durlardan bahramand bo‘lishning mislsiz imkoniyatlari yuzaga keldi. Bugun bu ulkan xazina jahon badiiyati ganjinasining to‘rida qo‘r to‘kib turibdi, uni nafaqat yurtimiz olimlari, balki butun dunyo katta ishtiyoq bilan o‘rganmoqda. Bu daho so‘z san’atkoriga munosib ehtiromning yorqin ifodasidir. Download 37.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling