Режа: Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va o‘ziga xosligi. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi. Ishlab chiqarishning natijalari. Ishlab chiqarish funksiyasi


Download 36.69 Kb.
bet1/9
Sana23.11.2023
Hajmi36.69 Kb.
#1795369
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari-fayllar.org


Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari
ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNING NATIJALARI

РЕЖА:
1. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va o‘ziga xosligi.
2. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi.
3. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi.
4. Ishlab chiqarishning natijalari. Ishlab chiqarish funksiyasi.
5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko‘rsatkichlari.



  1. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va o‘ziga xosligi

Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilarning iste’moli uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvo- fiq faoliyatidir. Iqtisodiy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko‘rsatish jarayoni kishilar faoliyatining asosiy tomoni, chunki bu jarayonda kishilar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlar boshqa hamma sohalarda (ayriboshlash, taqsimot va iste’mol sohalarida) ro‘y beradigan munosabatlarning xususiyatlarini va yo‘nalishini belgilab beradi.


Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko‘rinishini o‘zining iste’moli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan faoliyatdan iboratdir. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng avvalo, tabiatga, uning kuchlari va ashyolariga ta’sir ko‘rsatish orqali bir-birlari bilan o‘zaro ma’lum munosabatda bo‘ladilar. Ishlab chiqarish jarayonida bo‘ladigan bu munosabatlarning xarakterini, shakllarini va xususiyatlarini o‘rga- nish va ularni bilgan holda ishlab chiqarishni ongli tashkil etish cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanilgan holda kishilarning o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga eri- shishning birdan-bir yo‘lidir. Кo‘pchilik iqtisodchilar mehnat kishilar yashashining umumiy asosidir deb ta’riflaydilar. Demak, 45mehnat kishilarning yashashi uchun hech qanday ijtimoiy shakllarga bog‘liq bo‘lmagan holda abadiy tabiiy zaruriyatdir. Mehnat bo‘lmaganda kishi bilan tabiat o‘rtasida modda almashinuvi ham mumkin bo‘lmas edi. Кishilar o‘zlarining ongli maqsadga muvofiq mehnati bilan tabiat moddalarining shakllarini o‘zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo‘lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasida moddalar almashinuvi ro‘y berishi bilan birga insonning o‘zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni ular o‘zining mehnatga bo‘lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qo‘llash imkoniyatini kengaytirib boradi. Shunday qilib, mehnat jarayoni naflilikni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi iste’moli uchun o‘zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o‘rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir. Shuning uchun bu jarayon uzoq tarixga ega bo‘lib, oddiy tosh va yog‘och qurollardan foydalanib, eng sodda ovchilik va dehqon- chilik qilishdan tortib, to hozirgi zamon murakkab zamonaviy texnologiyaga asoslangan robotsozlik, samolyotsozlik, kompyuter
texnikalarini, zamonaviy radio va televidenie vositalarini ishlab chiqarishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Iqtisodiy ne’mat va vositalarning tabiatda mavjud materiallardan yaratilgan qismi moddiy ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ularning tabiat materiallaridan foydalanilmasdan yaratilgan qismi nomoddiy ne’matlar yoki xizmatlar hisoblanadi. Shu ma’noda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari farqlanadi. Ular iqtisodiyotning real sektori ham deyiladi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish, savdo, kommunal xo‘jaligi, maishiy xizmat, 46ovchilik, baliqchilik, dorivor o‘simliklarni yig‘ish kabilar iqtisodiyotning real sektori sohalarini tashkil qiladi. Xizmat ko‘rsatish sohalarida nomoddiy ne’matlar (ma’naviy qimmatlik) yaratiladi hamda nomoddiy xizmatlar (sog‘liqni saqlash, ta’lim, ilmiy maslahat va boshqalar) ko‘rsatiladi. Bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog‘langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Ayni vaqtda ular umumiy jihatlarga ham ega. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni bir tomondan, naflilikni vujudga keltirish, ikkinchi tomondan, qiymatning o‘sish jarayoni hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayoni har doim jamiyatda, ijtimoiy mehnat taqsimoti sharoitida amalga oshiriladi, ayni vaqtda har bir ishlab chiqaruvchi boshqalari bilan ko‘plab xo‘jalik rishtalari orqali o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Masalan, avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yirik kompaniyasi “Jeneral Motors” 137 ming yetkazib beruvchilar xizmatidan foydalanadi. Ishlab chiqarishdan maqsad iste’mol, lekin bozor xo‘jaligida pirovard maqsad bilan tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi mos kelmasligi mumkin. Pirovard maqsad iste’mol, ya’ni ehtiyojni qondirish bo‘lsa, tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi xarajatlarni qoplab, foyda olishdir. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulot to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molga kelmasdan bozorda ayriboshlanadi va keyin iste’molga kelib tushadi.
2. Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi
Iqtisodiy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko‘rsatish inson hayoti, uning yashashi va kamol topishi uchun moddiy asosdir. Shuning uchun ishlab chiqarishning to‘xtovsiz takrorlanishi va uni rivojlantirish har doim eng muhim obyektiv zaruriyatdir. Har qanday jamiyatda ishlab chiqarishning amalga oshishi, eng avvalo, uning ro‘y berishi uchun bu jarayonda qatnashadigan re- surslar, ya’ni uning omillari mavjud bo‘lmog‘i lozim. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishning hamma sohalari uchun umumiy bo‘lgan omillar: yer, ishchi kuchi, kapital va tadbirkorlik layoqati bo‘lishi shart.

Download 36.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling