Режа: Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va o‘ziga xosligi. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi. Ishlab chiqarishning natijalari. Ishlab chiqarish funksiyasi


Ishlab chiqarishning natijalari. Ishlab chiqarish funksiyasi


Download 36.69 Kb.
bet6/9
Sana23.11.2023
Hajmi36.69 Kb.
#1795369
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari-fayllar.org

4. Ishlab chiqarishning natijalari. Ishlab chiqarish funksiyasi
Har bir ishlab chiqarish bo‘g‘inida turli omillarning birgalikda ishlatilishi natijasida mahsulot, ya’ni tovar va xizmatlar yaratiladi.
Ular qiymat o‘lchovida korxonalar darajasida yalpi mahsulotni milliy iqtisodiyot ko‘lamida milliy mahsulotni tashkil qiladi.
Maqsadli ishlatilishi, ishlab chiqarish yoki shaxsiy iste’mol vositasi bo‘lib xizmat qilishiga muvofiq turli darajadagi mahsulot o‘zining natural buyumlashgan shakli bo‘yicha ikki qismdan: ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlaridan tashkil topadi. Кeyingisi o‘z navbatida iste’mol buyumlaridan va aholiga ko‘rsatilgan turli xizmatlardan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarish omillari bilan uning natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlik ishlab chiqarish funksiyasi deb ataladi. Masalan, ishlab chiqarish omillari Yer /E/, kapital /К/ va ishchi kuchi /V/dan olingan mahsulotni /M/ dan iborat deb olsak, ishlab chiqarish funksiyasi M=f (E. К. V) ko‘rinishni oladi.
Ishlab chiqarish funksiyasi jalb qilingan omillarining, ya’ni sarflarning har birligi evaziga olingan mahsulot hajmini bildiradi va e’tiborni kam resurs sarflab, ko‘proq mahsulot olish imkoniyatini qidirishga qaratadi. Bundan tashqari, mazkur ko‘rsatkich mahsulot hajmini ishlab chiqarishga qancha resurs sarfi talab qilinishini aniqlash imkonini beradi.
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil resurslar sarfini birdaniga yoki ularning ayrim turlarini ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot hajmini oshirish mumkin. Lekin boshqa omillar va sharoitlar teng bo‘lgani holda ayrim resurslar sarfini oshirish yo‘li bilan mahsulotni cheksiz ko‘paytirib bo‘lmaydi. Masalan, ishlab chiqarish binolari, mashina, stanok va boshqa asbob-uskunalar soni va sifati o‘zgarmagan holda ishchilar sonini va xomashyoni ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulotni ma’lum miqdorda oshirib borish mumkin. Bunda bino va asbob-uskunalardan foydalanish darajasi oshiriladi, ya’ni ular to‘xtovsiz ishlatiladi, ilgari bir smenada ishlayotgan bo‘lsa endi ikki yoki uch smenada ishlatishga erishiladi. Ammo ma’lum darajaga borgandan keyin qo‘shimcha jalb qilingan ishchi kuchi yoki xomashyolar samarasi kamayadi. Ikkinchidan, ishlab turgan ishchilar soni o‘zgarmagan holda ularni yangi texnika va texnologiyalar bilan qurollantirish, ya’ni har bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kapital miqdorini oshirish hisobiga ham mahsulotni ko‘paytirishga erishish mumkin. Iqtisodiyotning barcha darajasida resurslardan foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulotni uch xil o‘lchamda aniqlash mumkin: umumiy mahsulot, o‘rtacha mahsulot va qo‘shilgan mahsulot.
Umumiy mahsulot jalb qilingan asosiy kapital, ishchi kuchi, xomashyo va materiallardan foydalanish evaziga olingan mahsu- lotning mutlaq hajmidir.
O‘rtacha mahsulot (O‘M) esa jalb qilingan ishchi kuchi (V) yoki kapitalning (К) bir birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulotga aytiladi. Bu esa umumiy mahsulot (M) miqdorini umumiy resurs (ishchi kuchi yoki kapital) miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. O‘M=M/V. (yoki O‘M=M/K)
Qo‘shilgan mahsulot deb, eng keyingi qo‘shilgan (o‘sgan) ishchi kuchi yoki kapital miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan qo‘shilgan omil, ya’ni qo‘shilgan kapital yoki qo‘shilgan ishchi kuchi unumdorligi aniqlanadi.
Har bir qo‘shilgan resurs evaziga olingan qo‘shilgan mahsulot esa qo‘shilgan resurs unumdorligi deb aytiladi.
Yuqorida aytganimizdek, alohida olingan resurs evaziga qo‘shilgan mahsulot ma’lum darajaga borgandan keyin kamaya boshlaydi. Mana shu qo‘shilgan resurs unumdorligining pasayib borishini hisobga olib, marjinalistlar unumdorlikning kamayib borish qonunini kashf qilishgan.
Ularning g‘oyasi bo‘yicha har bir keyingi qilingan xarajat yoki resurs oldingisiga qaraganda kamroq samara beradi va oqibatda uning hisobiga olingan o‘rtacha mahsulot ham pasayib boradi.

Download 36.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling