Mavzu: xalqaro iqtisodiy tashkilotlar kirish I. Bob. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining mohiyati, zaruriyati va funksiyalari


Islom taraqqiyot banki va a’zo mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari


Download 445.61 Kb.
bet10/13
Sana18.06.2023
Hajmi445.61 Kb.
#1572051
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
diyorbek

2.2. Islom taraqqiyot banki va a’zo mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari

Islom Tarraqqiyoti Banki (ITB) ba'zi manbalarda Islom Rivojlanish Banki - ko'p tomonli moliya instituti hisoblanib, 1 -Islom Konferensiyasi Tashkiloti (hozirda Islom Hamkorlik tashkiloti) tomonidan arab mamlakatlari Moliya vazirlari tomonidan ta'sis etilgan.


Islom taraqqiyot banki 1973-yil Jiddada Islom konferensiyasi tashkilotining a’zo-davlatlari deklaratsiyasi imzolanganidan keyin 1974-yilda tashkil qilindi, o’z faoliyatini rasmiy ravishda 1975-yil 20-oktabrdan boshlagan. Tashkilotga 56 ta mamlakat a'zo bo'lib, quyidagi davlatlar bankni asosiy moliyalashtiradigan mamlakatlar hisoblanadi:



2.2.1-rasm Islom taraqqiyot bankig a’zo davlatlar
Bankning moliyaviy resurslari ustav kapitali va qo’shimcha moliyaviy vositalaridan iborat. Moliyaviy faoliyatlarning kengayishi natijasida bank qo’shimcha manbalar bilan ta’minlandi:
 1980-yilda sarmoya-depozit rejasi ishga tushgan. Bu reja sarmoyadorlar uchun bankka moliyaviy yordam berishda qatnashish orqali qisqa muddatli sarmoyalarni amalga oshirish uchun islom muqobilini beradi. Ushbu tizim asosida bank nafaqat yakkaholdagi omonatchidan, balki tashkilotlardan ham „Importga moliyaviy yordam berish operatsiyalari“ dasturini amalga oshirish uchun depozitlar qabul qiladi.
 1987-yilda „Islom banklari portfeli“ tashkil qilingan. Ushbu tashkilot a’zo bo’lgan davlatlararo savdo-sotiq moliyaviy qo’llab quvvatlash uchun sarmoyadan foydalanish, hamda qimmatbaho qog’ozlar va lizing bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida ochilgan. Shariat normalariga asosan bunga naqd pul va qarzlar kirmaydi.
 1988-yildan savdo-sotiqqa uzoq muddatli moliyaviy yordam berish rejasi amalga oshirila boshladi. Ushbu reja importga moliyaviy yordam berish programmasini to’ldiradi va IKTga a’zo bo’lgan davlatlarning an’anaviy bo’lmagan tovarlari eksportini kengaytirishda ko’mak beradi. Bu esa IRBga a’zo bo’lgan davlatlardan eksport qilish uchun kerakli moliyaviy vositalar bilan 6 oydan 60 oygacha bo’lgan muddatga jalb qilish orqali amalga oshiriladi.
 1989-yilda alohida investitsion fond tashkil qilingan. Uning maqsadi qo’shimcha moliya resurslarini jalb qilish va ularni shariatga asoslangan holda sarmoyalashtirish. Tashkilotning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning, shariatga asoslangan musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sir o’tkazishdan iborat.
Islom taraqqiyot banki quyidagi vazifalarni o’z oldiga qo’yadi: 5
 aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish;
 ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish;
 a’zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa shakllarda moliyaviy yordam berish;
 aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish; (nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular jumlasidan)
 moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo’naltirish va depozitlarini qabul qilish;
 a’zo davlatlarga texnik yordam ko’rsatish;
 musulmon davlatlarning rivojlanishi bo’yicha tashkilot a’zolarini o’qitishda xizmatlar ko’rsatish;
 bepul kreditlar berish.
Yuqorida ta’kidlangandek, Islom taraqqiyot banki tarkibiga 56 ta mamlakat kiradi va ular ITB guruhini tashkil qiladi. Islom taraqqqiyot banki guruhi tarkibi ITB guruhi keng ko'lamli ixtisoslashtirilgan va integratsiya faoliyati bilan shug'ullanib, ularga quyidagilar kiradi:

2.2.2-rasm ITB guruhi tarkibi

 Davlat va xususiy sektor loyihalarini moliyalashtirish;


 Qashshoqlik kamaytirishga ko’maklashish;
 Salohiyatni oshirish uchun texnik yordam ko’rsatish;
 A'zo mamlakatlar o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yish;
Savdoni moliyalashtirish;
 Kichik va o’rta biznesni mliyalashtirish;
 Resurslardan oqilona foydalanish;
 Islom moliya institulariga to’g’ridan – to’g’ri investitsiyalarni jalb qilish;
 Investitsiya va kredit eksportini muhofaza qilish;
 Tashkilotga a’zo mamlakatlar va a’zo bo’lmagan musulmon davlatlariga maxsus yordam ko’rsatish;
 Favqulodda yordam ko’rsatish;
 A’zo mamalakatlarda xususiy va davlat tashkilotlariga maslahatlar berish.9
Islom taraqqiyot banki guruhi bosh ofisi Saudiya Arabistonining Jedda shahrida joylashgan bo’lib, uning to’rta davlatda filiallari joylashgan. Ular quyidagilar:



2.2.3-rasm ITB guruhi filiallari
Bundan tashqari a’zo mamlakatlarning 15 tasida bankning vakillari bor. Xususiy sektorni rivojlantirish bo’yicha hamda investitsiyalar va eksportni sug’urtalash bo’yicha Islom korporatsiyalarining ham Dubay va BAA da filiallali mavjud. Dastlabki ikkita filial 2012 yilda Turkiya va Indoneziyada keyinchalik 2013 yilda Bangladesh, Nigeriya va Misrda ochilgan. 1975 yildan, ya’ni ITB ochilishidan boshlab unga Ahmad Muhammad Ali Al - Madani boshchilik qiladi. Uni faoliyati jamiyat va uning a’zolari hayot farovonligini oshirishga qaratilgan.
Ijrochi direktorlar kengashi bankning barcha operatsiyalari va siyosati uchun javobgar hisoblanadi. Hozirgi paytda IDK 18 ta a’zodan tashkil topgan bo’lib, ulardan to’qqiztasi asosiy aksionerlar bo’lgan davlatlardan, qolgani esa boshqa a’zo mamlakatlar ichidan saylanadi va IDK ning vakolat muddati uch yil hisoblanadi.
Mamlakatlar bankka aksiyador sifatida a’zo bo’lib kiradi. Bankda davlatlarning ulushi turlicha bo’lib, eng katta ulushga eg a’zolar arab davlatlari hisoblanadi. Ular quyidagi jadvalda ko’rsatib o’tilgan.

Download 445.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling