Xalqaro savdoni moliyalashtirish


Download 122.5 Kb.
bet1/9
Sana24.12.2022
Hajmi122.5 Kb.
#1059992
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
XALQARO SAVDONI MOLIYALASHTIRISH


XALQARO SAVDONI MOLIYALASHTIRISH

Reja:
1. Xalqaro savdoni amalga oshlrishda to`qnash bitimlar
2.O`zbekiston respublikasida eksport-import operatsiyalarini moliyalashtirish mexanizmi
3. O`zbekiston xalqaro savdo va xalqaro kredit munosabatlari muhitida
4. Eksport operatsiyalarini davlat tomonidan kreditlash
5. Xalqaro savdoning rivojlanishi — iqtisodiy o`sishning asosi






1. XALQARO SAVDONI AMALGA OSHIRISHDA TO`QNASH BITIMLAR
Xalqaro savdoni moliyalashtirish har doim ham yetkazib berilgan tovar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun pulli hisob-kitob yordamida amalga oshirilavermaydi. Xalqaro savdoning bunday shakllari (kurinishlari) uchun tuknash bitimlar qo’llaniladi. Nazariya va amaliyotda «tuknash bitimlar» tushunchasi barcha bitimlar ko’rinishini o’z ichiga oladi, bunda tovarlar yoki xizmatlarni eksport qiluvchi, import qiluvchi (yoki import qiluvchi mamlakatning boshqa mol yetkazib beruvchisi)ning tovarlarni (yoki xizmatlarini) qabul qilib olish majburiyatini oladi. Shunday qilib, eksportga mol yetkazib berishlar, qisman yoki to’liq moliyalashtiriladi, yani kompensatsiyalanadi. Shu sababli «kompensatsiyalar» tushunchasi ko’pincha tuknash bitimlarning barcha ko’rinishlari uchun umumlashtiruvchi (jamlovchi) birlik sifatida ishlatiladi. Umuman tuknash bitimlar 4 guruhga ajratiladi:
1) barter - bu ikkita sherik, masalan, mol yetkazib beruvchi (eksport qiluvchi) va sotib oluvchi (import qiluvchi) o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) tovar ayirboshlashdir.
2) kompensatsiya - bu o’zi yetkazib bergan mol uchun, qisman yoki to’liq tovar (yoki xizmat) bilan to’lashga roziligidir (bu erda, uchinchi sherik yoki bir necha flrmalar qo’shilishi ham mumkin. Va ularga, kompensatsiya bo’yicha mol yetkazib berish majburiyati yuklatiladi):
• to’liq;
• qisman.
3) tuknash xaridlar (counterpurchase) (bir-biriga mol yetkazib berishlar, parallel, o`zaro bog’liq, majburiyat yuklaydigan, majburiyatli ikki tomonlama bir-birini takozo qiluvchi bitimlar). Bu yerda mol yetkazib beruvchi, eksport qiluvchi belgilangan muddatda o’zi yetkazib bergan tovarlar qiymatining muayyan foizi miqdoridan tovarlarni o’zi yoki uchinchi shaxsorqali sotib olish majburiyatini oladi.

Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling