Mavzu: Xalqaro mehnat tashkilotining faoliyatini tashkil etilishi
O’zbekistonda Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarining ijro etilishi muvofiqlashtiriladi
Download 172.27 Kb.
|
Xalqaro mehnat tashkiloti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalangan adabiyotlar: Q.K. Abdurahmanov “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”
- Foydalangan internet saytlari: Wikipedia.org Arxiv.uz Hozir.org Ziyonet.uz
O’zbekistonda Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarining ijro etilishi muvofiqlashtiriladi.
1992 yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi XMTning to‘la huquqli a'zosi bo‘ldi. Hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston XMTning 13 ta Konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Mamlakatimizda XMTning boshqa Konvensiyalarini ratifikatsiyalashga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 10-moddasiga binoan agar XMTning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyasida xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilangan bo‘lsa, konvensiyaning qoidalari qo‘llaniladi. Shuningdek, XMTning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarining qoidalari mehnatga oid munosabatlar bevosita qonun xujjatlari bilan tartibga solinmagan hollarda ham qo‘llaniladi. 2014 yil 27 may oyida Vazirlar Mahkamasining 132- sonli qarori bilan O‘zbekiston tomonidan MHT konvensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi. Xususan, ushbu xujjat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - milliy qonunchilikni ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalari bilan muvofiqlashtirish; - Bolalar mehnati va majburiy mehnat bo‘yicha ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalarini bajarish; - XMT bilan birga ishlash, hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; - XMT ning O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy sheriklarini qobiliyatini oshirish; - Ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalari haqida ma’lumot berish-tushuntirish ishlari. 2014 yil 28 may-12 iyun kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi, Belgiyadagi O‘zbekiston Respublikasi Elchisi V.Norov, Kasaba Uyushmalari Kengashi raisi T.Norboyeva va SSP raisi A.Shayxov tarkibida, Jeneva shahrida Xalqaro Mehnat Tashkilotining 103-y sessiyasida qatnashdilar. 2014 yil 23– sentyabrda, Kasaba Uyushmalari Kengashi, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo XMT Byurosi ko‘magida, Xalqaro Kasaba Uyushmalari konfederatsiyasiga (XKUK) a’zo bo‘lish uchun xujjatlar tayyorlab, jo‘natdi. 2014 yil dekabr oyida, MKP ning 14-Bosh Kengashi, O‘zbekiston Kasaba Uyushmalarining HMT ga a’zo bo‘lish haqidagi talabnomasini muhokama qilib, Konfederatsiya Sekretariatiga 2015 yil aprel oyida O‘zbekistonga tanishuv safarini uyushtirish uchun missiya jo‘natib, safar paytida mamlakatdagi Kasaba Uyushma harakatlari, Kasaba Uyushma Federatsiyasi va uning faoliyati haqida ma’lumot yig‘ib, shu yig‘ilgan ma’lumotlar asosida Konfederatsiyaning kelgusi yig‘ilishiga hisobot tayyorlashni topshirdi. 2015 yil 14-15 yanvar kunlari XMT Bosh direktorning maxsus maslahatchisi K.Tapiolaning O‘zbekistonga tashrifi tashkil qilindi. Tashrif paytida, K.Tapiola ijtimoiy sheriklarga XMT ekspertlari Komiteti 2014 yil noyabr-dekabr oylaridagi yig‘ilishida, O‘zbekistonning XMT bilan majburiy va bolalar mehnati masalalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tarafdorligi borligi yuqori baholangani haqida ma’lumot berdi. Yana shunday ma’lumot qabul qilindiki, Xalqaro Mehnat Tashkilotining 104 - sessiyasida mehnatkashlar Guruhi va Ish bilan ta’minlovchi Guruh, O‘zbekiston bilan bog‘liq masalani alohida holat sifatida ko‘rib chiqishni taklif qilmaganlar. K.Tapiola qishloq xo‘jaligida ishga olish va mehnat sharoitlarini o‘rganish natijalarini muhokama qilish uchun, Halqaro Mehnat Tashkiloti milliy va xalqaro ekspertlar bilan “davra suhbati” o‘tqazish rejalari borligini ta’kidlab o‘tdi. 2015 yil fevral oyiga kelib kollektiv shartnomalar 111562 korxonalar bilan tuzilgan va bu korxonalarda 4 mln. 225 ming 725 ishchini xuquqlari va haqlari himoya qilinadi. 2014 yil natijasiga ko‘ra, O‘zbekistonda korxonalar bilan tuzilgan kollektiv shartnomalar 98,1% ni tashkil qildi. Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi rahbar xodimlarini malakasini oshirishning barcha kurslariga, Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyalari, ayniqsa bolalar va majburiy mehnat Konvensiyalari haqida kurslari kiritildi. Ushbu Konvensiyalarni chuqur o‘rganish Davlat Boshqaruvi Akademiyasida viloyat, shahar va tuman hokimlarini o‘qitishda, hamda ta’lim, sog‘liqni saqlash, prokuratura xodimlarini malakasini oshirish o‘quv kurslarini tashkil qilishda, Ichki Ishlar Vazirligi, Xotin Qizlar Komiteti, “Maxalla” Fondi, «Kamolot» yoshlar harakati va boshqa tashkilotlarda yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu maqsadlarda, Kasaba Uyushmalari metodik va prezentatsiya materiallari ishlab chiqib, o‘qituvchilarni milliy va mahalliy darajada o‘qitishga tayyorladilar. 2015 yil 3-5 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va O‘zbekiston Kasaba Uyushmalar Federatsiyasi Kengashida XMT vakillari M.Kok, X.Taligoy bilan, Jahon Banki vakillari M.Vudvard, Ye.Romanova va V.Neagu bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv davomida qayta ma’lumot berish (QMB) va uchinchi taraf tomonidan monitoring o‘tqazish (UTTM) mexanizmlarini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi. Xususan, QBM va UTTM XMT tomonidan O‘zbekistondagi mutaxassislarni jalb qilish, moliyalashtirish esa Jahon Banki tomonidan amalga oshirilishi kelishib olindi. 2015 yil 5 fevral kuni Toshkent shahrida yuqorida qayd etilgan tashkilotlar bilan davra suhbati o‘tqazildi. Uchrashuvdan maqsad – qishloq xo‘jaligida tadqiqot o‘tqazish masalasini ko‘rib chiqish. O‘zbekistondagi mutaxassislarni takidlashicha, respublikadagi qishloq xo‘jaligida mehnat aloqalari masalalari bo‘yicha mas’ul davlat va nodavlat tashkilotlar o‘rtasida to‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishga juda katta e’tibor qaratilyapti. Birgalikda amalga oshirilgan harakatlar natijasida, XMT doirasida ratifikatsiya qilingan konvensiyalar va Jahon Banki bilan qishloq xo‘jaligi loyihalarini moliyalashtirish sohasidagi olingan majburiyatlar to‘liq bajarilyapti. Ta’kidlab o‘tildiki, O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklar (Mehnat Vazirligi, Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi va SSP) XMT bilan birgalikda aholini, ishchilar va ish beruvchilar, hamda fermerlarni majburiy va bolalar mehnati masalalarida xabardorligini oshirish bo‘yicha aniq ishlar amalga oshirishdi. Mehnat Vazirligi O‘rta Maxsus va professional ta’lim Markazi bilan birgalikda normativ xujjat ishlab chiqishmoqda. Ushbu xujjat o‘rta maxsus professional ta’lim studentlari uchun mehnat xuquqlari to‘g‘risidagi majburiy kurslarni kiritishga mo‘ljallangan. 2015 yil 6 mayda O‘zbekiston Kasaba Uyushmalar Federatsiyasi binosida XMT vakillarining ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi va ushbu davra suhbatining mavzusi:” XMT indikatorlari asosida majburiy mehnatning amaliy aniqlanishi”. O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi, Kasaba Uyushmalari Kengashi raisi, Savdo va Sanoat Palatasi Raisi va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi davlat xuquqiy inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i tarkibida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 may 387-F sonli Qaroriga binoan Jeneva shahrida (Shveysariya) 2015 yil 31 maydan 9 iyungacha Halqaro Mehnat Tashkilotining 104- sessiyasida qatnashdilar. O‘zbekiston tomonidan Konvensiyaning №10582 nizomini bajarishda erishgan yutuqlarini, hamda O‘zbekistonning XMT bilan bolalar va majburiy mehnat masalalarida hamkorligining rivojlanishini e’tiborga olib, O‘zbekiston, besh yil ichida birinchi marotaba, XMT va XKUK fikricha, HMT konvensiyalarini ba’zi – bir nizomlarini bajarishda sezilarli muammolar bor deb o‘ylagan 50 ta davlat qatoriga kiritilmadi. (ma’lumot uchun: 2014 yilda O‘zbekiston Komitet tomonidan standartlarni qo‘llash bo‘yicha HMT yig‘ilishlarida faoliyatni ko‘rib chiqiladigan 25 davlatlarning ro‘yxatidan chiqarib tashlangan edi). 2015 yil 3 iyunda Komitetning XMT moliyaviy masalalari yig‘ilishida, O‘zbekistonning HMT byudjetiga a’zolik badallari to‘lash va qarzlarini restrukturizatsiya qilish, XMT da ovoz berish xuquqini qayta tiklash bo‘yicha murojatnomasi ko‘rib chiqildi. (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 2015 yil 15.05, 01-09-1749 sonli xati). Muhokamalarning natijasida, O‘zbekistonning taklifini qondirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Shunday qilib, XKUK ning 104-sessiyasida, O‘zbekiston o‘z ovoz berish xuquqini qayta tiklab oldi. 2018-2020 yillarda Xalqaro mehnat tashkilotining O`zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikasiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikasiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish bo`yicha Respublika idoralararo komissiya tuzildi. Komissiyaga Bosh vazir o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisi rahbarlik qiladi. Komissiya Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari normalarini ijro etish bo`yicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi. Qaror bilan shuningdek Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikasiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish bo`yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi. Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Xalqaro mehnat tashkilotiga 1992 yildan a`zo bo`lib, bugungi kungacha ushbu Tashkilotning 14 ta konvensiyasini ratifisikasiya qilgan: Majburiy Mehnat to`g`risida Konvensiya (S29) - 13.07.1992 y; Qirq soatlik ish haftasi haqida Konvensiya (S47)-13.07.1992 y; Bayram kunlariga haq to`lash haqida Konvensiya (S52)- 13.07.1992 y; Birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish xukukini himoya kilish tugrisida Konvensiya (S87) - 17.06.1948 y; Birlashish erkinligi haqida Konvensiya (S98) - 13.07.1992 y; Bajarilgan Mehnat uchun bir xil maosh to`lovi haqida Konvensiya (S100) - 13.07.1992 y; Onalikni himoya qilish haqida Konvensiya (S103) - 13.07.1992 y; Majburiy Mehnatni yo`qotish to`g`risida Konvensiya (S105)15.12.1997 y; Diskriminasiya haqida Konvensiya (S111) - 13.07.1992 y; Bandlik siyosati haqida Konvensiya (S122) - 13.07.1992 y; Mehnatkashlarning vakillari haqida Konvensiya (S135) - 15.12.1997 y; Kollektiv shartnomalar haqida Konvensiya (S154)- 15.12.1997 y; Ishga olishda minimal yosh haqida Konvensiya (S138) – 03.2008 y; Bolalar mehnatini eng yomon formalarini ta`qiqlash va zudlik bilan choralar ko`rish haqida Konvensiya (S182) – 03.2008 y. Xulosa Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, Xalqaro Mehnat Tashkilotidagi konsepsiya va dasturlar: mojarolar va falokatlar yuz beradigan mamlakatlarda ish o'rinlarini yaratishga qaratilgan bo'lib, yoshlar va ayollarni ish bilan ta'minlashga qaratilgan. Institutlarni qurish, ijtimoiy muloqot va ishda asosiy printsiplar va huquqlarni o'rnatish orqali erishmoqchi bo'lgan uning asosiy maqsadlari quyidagilardir: To'g'ridan-to'g'ri ish o'rinlarini yaratish va daromadlar xavfsizligini ta'minlash Ishga joylashish qobiliyatini oshirish O'z-o'zini ish bilan ta'minlash, korxonalar va kooperativlarni qo'llab-quvvatlash Ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklifni ko'paytirish. Foydalangan adabiyotlar: Q.K. Abdurahmanov “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” SHOYUSUPOVA N.T., BAKIЕVA I.A. “Mehnat iqtisodiyoti” Darslik. 2011 Xolmo`minov Sh.R. Zokirova N.Q “Personalni boshqarish” Darslik 2008 Foydalangan internet saytlari: Wikipedia.org Arxiv.uz Hozir.org Ziyonet.uz Mehnat.uz Download 172.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling